12-variant Banklarni nazorat qilish va bank auditini o’tkazishning huquqiy normalari


O`zbekiston tijorat banklari depozitlari tarkibi


Download 216.34 Kb.
bet6/11
Sana29.12.2022
Hajmi216.34 Kb.
#1072367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
LABfI5I8ZCsWHBYJLwfo4MEbxi iQJ2w

O`zbekiston tijorat banklari depozitlari tarkibi 

Depozitlar 

2016-yil 

1 yanvar 

2017 yil 

1 yanvar 

2016 yil 

1 yanvar 


Mln.so`m 

Ulushi (%) da 

Mln.so`m 

Ulushi (%) da 

Mln.so`m 

Ulushi (%) da 

Talab qilib olungunch depozitlar 

11 220 168 

63% 

11 716 495 

59% 

14 832 020 

58,5 

Jamg`arma depozitlar 

1 724 928 

10% 

2 093 411 

11% 

2 873 914 

11,3 

Muddatli depozitlar 

4 845 601 

27% 

5 893 309 

30% 

7 643 282 

30,2 

Berilgan 2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, mamlakatimiz tijorat banklari jalb qilgan mablag‘lari orasida depozitlarning turlari bo‘yicha miqdori va ulushi bo‘yicha bir nechta tijorat banklari ishtirok etgan analitik tahlil natijalari bo‘yicha eng kam ulushni jamg‘arma depozitlar tashkil qiladi. Depozitlarning 58 % va undan ortiq qismini har uch yilda ham talab qilib olinguncha resurslar tashkil qiladi. Bu esa tijorat banklari uchun nobarqaror resurs sanaladi. Aslida talab qilib olinguncha depozitlarning eng optimal ulushi 30-36 % ni tashkil qilishi lozim.9 Muddatli depozitlarning ulushi uch yil mobaynida 27% dan 30,2% gacha oshgan va 2016 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 7 643 282 mln. so‘mni tashkil qilgan. Demak, tijorat banklarimizda umumiy olganda nobarqaror resurslarning ko‘pligi xalqaror Bazel qo‘mitasi tomonidan qo‘yilgan talablarga nisbatan birmuncha yuqori ulushni tashkil qiladi.
Tijorat banklari resurslarining asosiy qismini jalb qilingan mablag‘lar tashkil etadi. Har bir tijorat banki faoliyatida jalb qilingan mablag‘lar muhim ahamiyat kasb etadi, chunki tijorat banklarining o‘z mablag‘lari asosan bankni tashkil qilish va shakllantirish bilan bog‘liq vazifani amalga oshirsa, jalb qilingan mablag‘lar esa, bankning barkaror daromad olish imkoniyatini ta’minlab turadi. Shu boisdan ham, bank tizimining asosiy xususiyatlaridan biri, ya’ni o‘z mablag‘lari hisobiga o‘zining faoliyatini amalga oshirib keladilar. Shuning uchun ham, har bir tijorat bankining jalb qilingan mablag‘larini doimiy tahlil qilib borish bankning barqarorligini ta’minlash imkonini beradi.
Yuqoridagi jadval malumotlaridan bank depozitlari oxirgi besh yilda 2 barobar o‘sganligin ko‘rishimiz mumkin. 2013 yilda jami depozitlar miqdori 14249 ga teng bo‘lib o‘tgan 2012 yilga nisbatan 7 % ga o‘sgan. 2014 va 2015 yillar davomida esa mos ravishda 25 va 10 % ga o‘sgan. Barcha yillarda depozitlarning tarkibida o‘rtacha 70% ni yuridik shaxslarning ulushi tashkil etadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari depozit bazasining barqarorlik darajasini oshishida jismoniy va yuridik shaxslarning bank muassasalariga jalb qilingan depozitlari hajmining yuqori o‘sish tendensiyasiga ega ekanligi muhim rol o‘ynamoqda. Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2011-2015 yillar mobaynida respublikamiz tijorat banklarining jismoniy va yuridik shaxslardan jalb qilingan depozit mablag‘larning miqdori yuqori o‘sish sur’atiga ega bo‘lgan.

Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki depozit sertifikatlari va uzoq muddatli obligatsiyalar 2012 yilda 628 mlrd. so‘m miqdorida chiqarilgan bo‘lsa bu ko‘rsatkich 2016 yilda kelib 952.1 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Ohirgi besh yilda bu ko‘rsatkichimiz 1.5 barobarga o‘sgan.
Aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning banklardagi depozitlari hajmining o‘sishini rag‘batlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar, jumladan, doimiy ravishda jozibador omonat turlarini taklif qilish, uzoq muddatli bank depozit sertifikatlarini va obligatsiyalarini muomalaga chiqarish hamda bu borada joriy etilgan imtiyozlar va qulay shart-sharoitlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.
2016 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan va joylashtirilgan depozit va jamg‘arma sertifikatlari 703,4 mlrd. so‘mni hamda obligatsiyalar 247,8 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Umuman olganda, amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida jalb qilingan depozitlarning umumiy hajmi 2016 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, 35,6 trln. so‘mni tashkil etib, 2015 yil boshiga nisbatan 28,0 foizga oshdi.

O‘zbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) o‘rtasida tuzilgan «Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish» loyihasini ko‘p transhli moliyalashtirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha Hadli bitimga muvofiq 2015 yilda ishtirok etuvchi tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan qarzning 100,0 mln AQSh dollarigacha bo‘lgan uchinchi transhini o‘zlashtirish belgilangan.
Shuningdek, Islom taraqqiyot banki (ITB) Direktorlar Kengashi tomonidan 2015 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar va ular bilan birga infratuzilma ob’ektlari qurilishini moliyalashtirish uchun ITBning 100,0 mln AQSh dollari miqdoridagi moliyaviy mablag‘lari ajratilishi ma’qullangan.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, mazkur strategik muhim vazifani amalga oshirishda ko‘plab nufuzli xalqaro moliya institutlari ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, 2011 yilda Osiyo taraqqiyot banki tomonidan jami 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi «O‘zbekistonda qishloq joylarida uy-joylar qurishni rivojlantirish» loyihasini ko‘p transhli moliyalash dasturi ma’qullandi va bugungi kunda Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan 362,4 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar «Qishloq qurilish bank» ATB tomonidan o‘zlashtirilib, uy-joylar qurilishini moliyalashtirishga yo‘naltirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 7 yanvardagi PQ-2282-sonli Qarori bilan 2015 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar, tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalari, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob’ektlarini qurish Dasturi ma’qullangan bo‘lib, ushbu qarorga asosan 2015 yilda respublikamiz hududlarida 12 mingta uy-joy qurilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur Dastur doirasida namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joylar qurilishini moliyalashtirishda joriy yilda ham bankning faol ishtirok etishi ta’minlanadi.
Shu bilan birga, xorijiy moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni davom ettirgan holda namunaviy loyihalar asosida uy-joy qurilishini moliyalashtirish maqsadlari uchun Osiyo taraqqiyot banki tomonidan joriy yilda ajratilayotgan 100,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi uchinchi transh qarz mablag‘larini o‘zlashtirishda uy-joy qurilishini moliyalashtirishda ishtirok etuvchi boshqa banklar qatorida «Qishloq qurilish bank»ning ham izchil ishtiroki maqsad qilingan.

Download 216.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling