12-variant Banklarni nazorat qilish va bank auditini o’tkazishning huquqiy normalari


Ipoteka krediti bilan bog‘liq muammolar va ularni yechimi


Download 216.34 Kb.
bet7/11
Sana29.12.2022
Hajmi216.34 Kb.
#1072367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
LABfI5I8ZCsWHBYJLwfo4MEbxi iQJ2w

Ipoteka krediti bilan bog‘liq muammolar va ularni yechimi.
Basharti uy yoki kvartira ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma yoxud qonun asosidagi ipoteka bo‘yicha bank, boshqa kredit tashkiloti yoki yuridik shaxs tomonidan shunday uy yoki kvartira olish yoxud kurish uchun berilgan kredit yoki aniq maqsadli qarz qaytarilishini ta’minlash uchun garovga ko‘yilgan bo‘lsa, ipotekaga oluvchining undiruvni garovga ko‘yilgan uy yoki kvartiraga qaratishi va uni realizatsiya qilishi bunday uyda yoki kvartirada birgalikda yashayotgan ipotekaga ko‘yuvchining va uning oila a’zolarining, shu jumladan sobiq oila a’zolarining foydalanish huquqi tugatilishiga asos bo‘ladi.
Undiruv garovga qo‘yilgan uy yoki kvartiraga sud tartibida ham, suddan tashqari tartibda ham ushbu Qonunda belgilangan qoidalarga rioya etilgan holda qaratilishi mumkin.
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha garovga ko‘yilgan hamda undiruv qaratilgan uy yoki kvartira ushbu Qonunda belgilangan tartibda realizatsiya qilinadi. Garovga qo‘yilgan uy yoki kvartirani bo‘shatib berish qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ipoteka sohasidagi nizolar qonun xujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi Ipoteka to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Agar shartnomada yoki qonun xujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, mulkiy majmua sifatidagi butun korxonaning ipotekasida garov huquqi uning tarkibiga kiruvchi barcha mol-mulkka (ko‘char va ko‘chmas mulkka), talab kilish huquqi va mutlak huquqini qo‘shgan xolda, shu jumladan ipoteka davrida olingan shunday huquqlarga nisbatan xam tatbik etiladi.
Xususiy mulkka asoslangan mulkiy majmua sifatidagi butun korxonani ipotekaga qo‘yish mulkdor yoxud u vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi.
To‘liq xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan mulkiy majmua sifatidagi butun korxonaning ipotekasi mulkdorning roziligi bilan korxona tomonidan amalga oshiriladi.
Ipotekaga qo‘yuvchi korxona ipotekaga oluvchining talabiga binoan unga o‘zining yillik hisobotini takdim etishi shart.
Mulkiy majmua sifatida butun korxona ipotekasi bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, ipotekaga oluvchi korxonaning moliyaviy axvolini sog‘lomlashtirish yuzasidan ipoteka shartnomasida nazarda tutilgan chora tadbirlarni ko‘rishga, shu jumladan korxonaning boshqaruv organlariga ishlab chiqarilgan maxsulotni xamda korxonaning boshqa mol-mulkini tasarruf etish huquqi cheklangan vakillar tayinlashga xaqli.
Ipotekaga ko‘yuvchi garovga ko‘yilgan korxonaga nisbatan mazkur korxonaga tegishli mol-mulkni sotish, ayirboshlash, ijaraga berish, karzga berish va boshqacha tarzda tasarruf etishga, shuningdek mazkur mol-mulk tarkibiga o‘zgartishlar kiritishga, agar ular korxonaga tegishli mol-mulkning ipoteka to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan umumiy kiymati kamayishiga olib kelmasa xamda ipoteka to‘g‘risidagi shartnomaning boshqa shartlarini buzmasa, xaqli.
Agar ipoteka to‘g‘risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ipotekaga qo‘yuvchi ipotekaga oluvchining ruxsatisiz korxonaga tegishli mol-mulkni garovga ko‘yishga, korxonaga tegishli ko‘chmas mulkni tasarrufdan chiqarishga qaratilgan bitimlar tuzishga xaqli emas.
Ipotekaga oluvchi ipotekaga qo‘yuvchiga nisbatan o‘z talablarining bajarilishini ta’minlash maqsadida:
-ipotekaga ko‘yuvchidan buxgalteriya va boshqa hisobot xujjatlari muntazam ravishda takdim etilishini, korxonaga tegishli mol-mulkka doir bitimlarni tuzish bilan bog‘lik masalalar oldindan kelishib olinishini talab qilishga;
-korxonaga tegishli mol-mulk mulkdoriga yoki u vakolat bergan organga korxona raxbari bilan tuzilgan mexnat shartnomasini bekor kilish talabi bilan murojaat etishga;
-ipotekaga ko‘yuvchi tuzgan bitim xaqiqiy emas deb topilishini so‘rab sudga da’vo takdim etishga;
-shartnomaga yoki qonunga muvofik boshqa huquqlarni amalga oshirishga xaklidir.
Korxonani ipotekaga ko‘yuvchi garovga ko‘yilgan mol-mulk asralishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni ko‘rmagan, bu mol-mulkdan korxona qiymati kamayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan tarzda samarasiz foydalangan taqdirda, ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishi to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat etishga xakli.
Xulosa. 
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xolatini mustaxkamlanishi ko‘chmas mulk oboroti xajmini oshishiga olib keldi bu esa o‘z navbatida ko‘chmas mulk bozorini rivojlantirdi. Ko‘chmas mulkning garov sifatida mukobil xususiyatlari bo‘lmish: zarurligi, uzoq vaqt saklanishi, takrorlanmasligi, xilma-xiligi kreditlash jarayonida keng foydalanishni takazo kiladi. Ushbu xususiyatlari uni bozor iqtisodiyoti sharoitida ipoteka sifatida foydalanishga imkon yaratdi. Ipoteka – ko‘chmas mulk garovi bo‘lib ipoteka kreditini olish maksadida foydalaniladi. O‘ziga xos xususiyati yana shundan iboratki u kreditor egaligiga topshirilmasdan karz oluvchining ixtiyorida koladi. Ipoteka garov sifatida majburiyatni ta’minlash xususiyatiga ega bo‘lib bank amaliyotida kredit risklarini kamaytiruvchi instrument sifatida keng takkiyot kilgan. Hozirgi paytda ko‘chmas mulk oborotini huquqiy tartibga solishga imkon yaratuvchi ipotekani huquqiy doirasini rivojlantirish kuzda tutilmokda. Ipotekani xukikiy tarzda tartibga solishni asosini respublikada kabul kilingan «Garov» to‘g‘risidagi qonun tashkil kiladi. Undagi ta’lukli moddalarga binoan ipoteka mulkiy munosabatda ko‘chmas mulk shakli majburiyatni ta’minoti sifatida foydalanilganda namoyon bo‘ladi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasini taxliliga ko‘ra ipoteka iqtisodiyotni rivojlantirishda kuchli omil xisoblanadi (Yevropa mamlakatlarida garov ko‘yilgan mulklarning 80% ipoteka), chunki ipoteka kreditiga urnatilgan foiz stavkalar boshka kredit turlariga nisbatan ancha pastdir.
Ipoteka kreditini rivojlanishiga to‘siklik kilayotgan muammolar kuyidagilardan iborat:
- ipotekani huquqiy ta’minlanishidagi kamchiliklar. Masalan, hozirgi paytgacha «Ipoteka» to‘g‘risidagi qonun ko‘rib chikilmagan. Bundan tashqari ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan utkazish va bu bilan boglik bitimlarga oid qonuning amaliyot ga tadbik etilish murakab kechmokda.;
- garov ob’ekti bo‘lgan mulkni tezkor ravishda kredit vaqtida kaytarilmagan xolda kreditorga mulkga egalik huquqini rasmiylashtirish bilan boglik sud amaliyoti konikarli darajada ema;
- O‘zbekistonning siyosiy, sotsial – iqtisodiy va moliyaviy o‘ziga xos xususiyatga egaligi;
- milliy banklarning ipoteka kreditini rivojlantirishga tayor emasligi va uzoq muddatli kreditlashtirish xamda past daromad keltiruvchi ipoteka kreditiga kizikmasligi;
- ipoteka kreditini joriy etilishi va rivojlantirishida tajriba yetishmasligi.
O‘zbekistonda yuzaga kelgan shart-sharoitlarni e’tiborga olgan xolda mamlakatda ipoteka kreditini joriy etish va rivojlantirish jarayonida mavjud muammolarni xal etish maksadida bizlar tomonimizdan kuyidagilar taklif etiladi:
1. Bo‘sh pul mablag‘lariga ega universal tijorat banklarining tashabbuskorligini oshirish.
2. davlatning xamkorligida ipotekaviy kreditlashtirish bo‘yicha ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozori bilan boglik, ipoteka obligatsiyalari to‘nrisidagi koidalarni ishlab chikib amaliyotga joriy etuvchi agentlikni barpo etish va ushbu idora orkali ipoteka kreditini tulakonli tizimini yaratish.
3. chet el tajribasidan foydalangan xolda O‘zbekiston Respublikasi Xalk banki salohiyatini asosida jamnarma-ssuda tamoyiliga asoslangan ipoteka modelini tadbik etish.
4. chet el banklarini respublikamiz ipoteka krediti bozoriga kirib kelishini ragbatlantirish mexanizmini ishlab chikish.
5. ipoteka kreditining xilma-xil shaklidan foydalanishni kengaytirish.
7. «Ipoteka», «Ipoteka banklari» to‘g‘risidagi qonunlarni zarurligi ushbu jarayonni xukiy asosga keltirish bilan belgilanadi. Ipoteka to‘g‘risidagi me’yoriy-qonuniy hujjatlarni takomillashtirish va bundan tashqari ipotekaviy qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi nizomni ishlab chikish xam dolzarb masalalardan bir deb bilamiz.
3- savol  Jismoniy shaхslar tomonidan naqd хorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali olib kirish  
«Naqd хorijiy valyuta» atamasi «Oʻzbekiston Respublikasi naqd valyutasi» va «naqd chet el valyutasi» (keyingi oʻrinlarda – naqd valyuta mablagʻlari) atamalari bilan almashtirildi. 
Jismoniy shaхslar tomonidan ekvivalenti 70 mln soʻmga teng yoki undan oshmaydigan summa doirasidagi naqd valyuta mablagʻlarini Oʻzbekistonga olib kirishda va mamlakatdan olib chiqib ketishda majburiy yozma deklaratsiyalash 2020 yil 1 sentyabrdan bekor qilinadi. Koʻrsatilgan summa doirasidagi naqd valyuta mablagʻlarini yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasida koʻrsatmay olib kirish va olib chiqib ketish mumkin boʻladi. Ushbu summadan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablagʻlarini olib kirish va olib chiqib ketish chogʻida jami summa yozma ravishda deklaratsiyalanadi. 

Download 216.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling