12-variant Banklarni nazorat qilish va bank auditini o’tkazishning huquqiy normalari


Download 216.34 Kb.
bet9/11
Sana29.12.2022
Hajmi216.34 Kb.
#1072367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
LABfI5I8ZCsWHBYJLwfo4MEbxi iQJ2w

valyutani tartibga solish — valyuta qimmatliklarining muomalada bo‘lish tartibini, valyuta qimmatliklariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish qoidalarini belgilash yuzasidan valyutani tartibga solish organining faoliyati; 
valyuta qimmatliklari — chet el valyutasi, nominali chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qog‘ozlar va to‘lov hujjatlari, norezidentlar tomonidan chiqarilgan, nominalga ega bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar, sof quyma oltin; 
chet el valyutasi — muomaladagi hamda chet davlat (chet davlatlar guruhlari) hududida naqd to‘lovning qonuniy vositasi bo‘lgan pul belgilari, shuningdek muomaladan chiqarilayotgan yoki muomaladan chiqarilgan, ammo almashtirilishi lozim bo‘lgan pul belgilari, chet davlatlarning (chet davlatlar guruhlarining) pul birliklarida hamda xalqaro pul birliklarida yoki hisob-kitob birliklarida bank hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan mablag‘lar; 
chet el valyutasi bilan bog‘liq bo‘lgan hosilaviy moliya vositalari (valyuta derivativlari) — chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha shartnomalar bo‘lib, ushbu shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muayyan muddat o‘tgach yoki chet el valyutasining miqdoriga yoxud uning kursi o‘zgarishiga qarab amalga oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi valyutasi (milliy valyuta) — O‘zbekiston Respublikasining pul birligi (so‘m). 
CHET EL VALYUTASIDAGI AKTIVLAR VA MAJBURIYATLAR YANGI QOIDALAR BOʻYICHA HISOBGA OLINADI 
Moliya vazirining buyrugʻi (20.08.2018 yilda 1364-3-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Buхgalteriya hisobi milliy standarti (22-son BHMS) «Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi»ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. 22-son BHMSning yangi tahriri 2018 yil 21 noyabrdan kuchga kiradi.  
Birinchidan, 6-banddagi chet el valyutasidagi bitimlar boʻyicha operatsiyalar roʻyхatiga qoʻshimcha kiritildi. Unga хoʻjalik yurituvchi sub’yektda chet el valyutasida olinadigan schyotlarning mavjudligi ham kiritildi. 

Download 216.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling