12-variant Banklarni nazorat qilish va bank auditini o’tkazishning huquqiy normalari


Ipoteka kreditining mohiyati va maqsadi va huquqiy asoslari


Download 216.34 Kb.
bet2/11
Sana29.12.2022
Hajmi216.34 Kb.
#1072367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
LABfI5I8ZCsWHBYJLwfo4MEbxi iQJ2w

Ipoteka kreditining mohiyati va maqsadi va huquqiy asoslari. 
Ipoteka krediti - bu vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini ma’lum muddatga, haq to‘lash sharti bilan hamda ko‘chmas mulk garovi asosida qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir. Ipoteka krediti kreditning boshqa turlaridan kredit muddatining uzokligi, kreditning karz oluvchi uchun katta xayotiy zaruriyati va axamiyati, kredit kiymatiga kreditor daromadi va sotib olgan resurs kiymati xam kirishi, kredit buyicha foiz stavkasi birlamchi tulovning mikdori, kuchmas mulkning xolati va kiymatiga boglikligi bilan farklanadi. Shuningdek, ushbu kredit kuchmas mulk bilan ta’minlanganligi sababli boshqa kreditlarga nisbatan riskning pastligi, bankning barkaror mijozlar bilan ta’minlanganligi ipoteka kreditining ijobiy kirralarini kursatadi.
- Ipoteka kreditining mamlakatimizda rivojlanish boskichlari.
- Mamlakatimizda 1996 yilga kadar fakatgina DT”Xalk banki” uz mijozlariga ipoteka kreditlarini takdim etgan.
- Uzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1996 yil 31 yanvardagi ”Toshken shaxrida uy-joy kurilishini davlat tomonidan kullab-kuvvatlashni kuchaytirish tugrisida”gi xamda 1997 yil 24 martdagi ”Uzbekiston Respublikasida uy-joy kurilishidagi isloxotlarni chukurlashtirish buyicha chora-tadbirlari tugrisida”gi Farmonlari yuzasidan yurtimizda ipotekaviy munosabatlarning yangi
boskichi boshlandi. Shu bilan bir katorda ”Uzuyjoyjamgarma bank” tashkil etildi va axolini uy-joy bilan ta’minlashga oid kator ishlar boshlab yuborildi.
- Bunda uylar imtiyozli shartlar asosida berila boshlandi:
- Uy-joy kiymatining 20%-kredit oluvchinig jamgariladigan omonatiga.
- Uy-joy kiymatinig 30%-kreditni imtiyozli shartlar asosida olish
- Uy-joy kiymatinig 50%-davlat budjeti hisobidan moliyalashtirilgan. 
- 1996-2005 yillar oraligida 6,5 mingta jami 13,8 mlrd.sumlik kreditlar,7000ta kvartira bank tomonidan takdim etilgan.
- 2005 yil 16 fevraldagi I.A.Karimovning ”Uy-joy kurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tugrisida”gi PK-10 sonli Karori chiqarildi va shu bilan ipoteka munosabatlarining yangi boskichi boshlandi.
- Ipoteka krediti berilishining huquqiy asoslari
- Hozirgi kunda mamlakatimizda ipotekaviy kreditlash jarayonida sub’ektlarning o‘zaro munosabatlarini bevosita hamda bilvosita tartibga soluvchi quyidagi qonunchilik va qonun osti me’yoriy xujjatlar amal qilmoqda:
- Uzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi;
- Uzbekiston Respublikasi ”Garov tugrisida”gi Qonuni;
- Uzbekiston Respublikasi «Ipoteka krediti tugrisida» Qonuni;
- Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 31 yanvardagi ”Toshken shaxrida uy-joy kurilishini davlat tomonidan kullab-kuvvatlashni kuchaytirish tugrisida”gi xamda 1997 yil 24 martdagi ”Uzbekiston Respublikasida uy-joy kurilishidagi isloxotlarni chukurlashtirish buyicha chora-tadbirlari tugrisida”gi Farmonlari;
- Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 16 fevraldagi ”Uy-joy kurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tugrisida”gi PK-10 sonli Karori;
- «Yuridik va jismoniy shaxslarga ipoteka krediti ajratish tartiblari tugrisida»gi Uzbekiston Respublikasi MBning yuriknomalari;
- Tijorat banklarining uz resurs va imkoniyatlaridan kelib chikkan xolda ipoteka kreditlarini berish tugrisidagi Nizomlari.
- O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish soxasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2005 yil 14 iyundagi PF-3618-son Farmoniga muvofiq tijorat banklari tomonidan aholiga uy-joy qurish, uni rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun ipoteka krediti berish tartibini belgilaydi.
- Yuridik shaxslarga ipoteka krediti berish tartibi tijorat banklarining ichki kredit siyosati bilan belgilanadi.
- Ipoteka kreditlari tijorat banklari tomonidan qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik va muddatlilik shartlarida quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
- -qonun xujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyixa asosida, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilib yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish;
- -yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish.
- Tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditlari quyidagilar hisobidan beriladi:
- Ipoteka krediti berishni qo‘llab-quvvatlash jamgarmasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) imtiyozli kredit liniyalari;
- -kredit liniyalari, shu jumladan imtiyozli kredit liniyalari, xalqaro va xorijiy moliya institutlarining ipoteka krediti uchun berilgan grantlari va investitsiyalari;
- -tijorat banklarining o‘z mablag‘lari va jalb qilgan mablag‘lari.
- Ipoteka krediti:
- -qurilayotgan uy-joyni u joylashgan yer uchastkasi bilan birga;
- ipoteka krediti hisobiga sotib olinadigan va belgilangan tartibda qarz oluvchi mulkiga o‘tadigan yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani;
- -qarz oluvchining mulki bo‘lgan va ipoteka krediti hisobiga rekonstruksiya qilinayotgan yakka tartibdagi uy-joyni garovga qo‘ygan xolda amalga oshiriladi. 
- Muomaladan olib qo‘yilgan va begonalashtirilishi mumkin bo‘lmagan ko‘chmas mulk ipoteka predmeti bo‘lishi mumkin emas.
- Ipoteka krediti berishda bankning (ipotekaga oluvchining) ipoteka bilan ta’minlangan majburiyati bo‘yicha huquqlari garov xati bilantasdiqlanishi mumkin.
- Garov xati qarz oluvchi (ipotekaga qo‘yuvchi) tomonidan tuziladi va ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin, qarz oluvchi (ipotekaga qo‘yuvchi) hamda bank (ipotekaga oluvchi) ishtirokida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi va bankka (ipotekaga oluvchiga) beriladi.
- Ipoteka krediti muddati va undan foydalanganlik uchun foiz stavkasi kredit resurslari manbaiga bog‘liq xolda quyidagi tartibda belgilanadi:
- 1) Jamg‘armaning imtiyozli kredit liniyalari hisobidan beriladigan kreditlar uch yillik imtiyozli davr va foiz stavkasi bilan kamida 15 yil muddatga beriladi, foiz stavkasi miqdori Ipoteka krediti berishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan xar bir kredit liniyasi bo‘yicha tasdiqlanadi va u yiliga 5 foizdan ortiq bo‘lishi mumkin emas;
- 2) kredit liniyalari, shu jumladan imtiyozli kreditlar, tijorat banki tomonidan ipoteka krediti berish uchun bevosita jalb etilgan xalqaro va xorijiy moliya institutlarining grantlari va investitsiyalari hisobidan beriladigan kreditlar bo‘yicha muddat va kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi ushbu mablag‘larni
berish to‘g‘risida tijorat banki va ko‘rsatib o‘tilgan moliya institutlari o‘rtasida tuzilgan tegishli shartnomalar shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi;
- 3) tijorat bankining o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lari hisobidan beriladigan kreditlar bo‘yicha muddat va kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi bank va qarz oluvchi o‘rtasidagi bitim bo‘yicha, bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq belgilanadi.
- Tijorat banki tomonidan Jamg‘armaning imtiyozli kredit liniyalari hisobidan beriladgan ipoteka krediti miqdori:
- -yakka tartibda uy-joy qurilishi va sotib olish uchun - qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 3000 baravarigachani;
- -yakka tartibda qurilgan uy-joyni rekonstruksiya qilish, shuningdek ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun - eng kam oylik ish xaqining 2500 baravarigachani tashkil etadi.
- Tijorat banki tomonidan o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lari hisobidan beriladigan ipoteka krediti miqdori bank va qarz oluvchi o‘rtasidagi bitim bo‘yicha, bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq belgilanadi.
- Jamg‘armaning kredit liniyalari, shuningdek tijorat banklarining o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lari hisobidan beriladigan ipoteka krediti miqdori quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan yoki sotib olinadigan uy-joy qiymatining 75 foizidan oshishi mumkin emas.
- Ipoteka krediti uchun berilgan xalqaro va xorijiy moliya institutlari mablag‘lari hisobiga tijorat banki tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdori ushbu mablag‘larni berish to‘g‘risida tijorat banki va ko‘rsatib o‘tilgan moliya institutlari o‘rtasida tuzilgan tegishli shartnomalar shartlaridan kelib chiqqan xolda belgilanadi.
- Ariza beruvchi Jamgarmaning kredit liniyalari, tijorat banklarining o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lari hisobiga ipoteka krediti olish uchun:
- -quriladigan, sotib olinadigan uy-joy yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartira qiymatining;
- -uy-joyni rekonstruksiya qilish qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi o‘z mablag‘iga ega bo‘lishi kerak.
- Ushbu mablag‘lar ariza beruvchining nomiga bankda ochilgan jamg‘arma omonat hisob raqamida milliy yoki chet el valyutasida mavjud bo‘lishi, shuningdek qurilayotgan uy-joy smeta qiymatining yoki rekonstruksiya qilish qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda ariza beruvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga sotib olinganqurilish materiallari tarzida bo‘lishi mumkin.
Ipoteka to‘g‘risidagi qoidalar:
- qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq yer uchastkasida barpo etilayotgan kurilishi tugallanmagan mol-mulk garoviga;
- yakka tartibdagi uy-joy kurish yoki dehqon xo‘jaligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish xuquqlari garoviga;
- agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ijaraga oluvchining ko‘chmas mulk ijarasi to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha huquqlari (ijara huquqi) garoviga;
- agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, yer uchastkasi ijarasiga doir huquqlar garoviga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Muomaladan chiqarilgan va tasarrufdan chiqarilishi mumkin bo‘lmagan ko‘chmas mulk ipoteka narsasi bo‘lishi mumkin emas Qonun xujjatlarida majburiy xususiylashtirilishi nazarda tutilgan yoki xususiylashtirilishi taqiqlangan yoxud cheklangan korxonalar va mol-mulk turlari hamda guruhlari ipoteka narsasi bo‘lishi mumkin emas.
Ipoteka ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyat bo‘yicha qarzning asosiy summasi ipotekaga oluvchiga to‘liq hajmda yoki ipoteka to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan qismi to‘lanishini ta’minlaydi.
Kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi bo‘yicha majburiyatning ijrosini foizlar to‘lash sharti bilan ta’minlash uchun belgilangan ipoteka kreditorga (qarz beruvchiga) kreditdan (qarz mablag‘laridan) foydalanganligi uchun unga tegishi kerak bo‘lgan foizlar ham to‘lanishini ta’minlaydi.
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ipoteka ob’ekti ipotekaga oluvchiga tegishi kerak bo‘lgan:
- ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmaganlik, bajarishni kechiktirib yuborganlik yoki o‘zga tarzda lozim darajada bajarmaganlik oqibatida kelib chiqqan zararlarning o‘rnini qoplaydigan va (yoki) neustoyka (jarima, penya) tariqasidagi summalar;
- sud chiqimlarini va undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish tufayli kelib chiqqan boshqa xarajatlarni qoplaydigan summalar;
- garovga qo‘yilgan mol-mulkni realizatsiya qilish xarajatlarini qoplaydigan summalar ham to‘lanishini ta’minlaydi. 

Download 216.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling