12-variant Banklarni nazorat qilish va bank auditini o’tkazishning huquqiy normalari


Tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditlari berish amaliyoti tahlili


Download 216.34 Kb.
bet5/11
Sana29.12.2022
Hajmi216.34 Kb.
#1072367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
LABfI5I8ZCsWHBYJLwfo4MEbxi iQJ2w

Tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditlari berish amaliyoti tahlili.
O‘zbekiston Respublikasida 1996 yilga qadar aholining yakka tartibda uy-joy qurilishini Xalq banki orqali kreditlash amaliyoti mavjud edi. Lekin Xalq bankida resurslarning yetishmasligi muammosi mavjud bo‘lganligi sababli mazkur kreditlar kichik miqdorda berilar edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 24 martdagi "O‘zbekiston Respublikasida uy-joy qurilishida islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi №PF-1739-sonli Farmoniga muvofiq, Uyjoyjamg‘armabank tomonidan Toshkent shahrida va respublikamizning boshqa bir qator shaharlarida aholining pul mablag‘larini jalb kilish asosida uy-joy qurilishini kreditlash faol tarzda amalga oshirildi. Uyjoyjamg‘armabank 2005 yilga qadar uy-joyni moliyalashtiradigan yagona kredit instituti edi. Ipoteka bozorining instrumental tuzilmasi ipoteka kreditlari va garov kog‘ozlaridan iborat. O‘zbekistonda tijorat banklari kredit portfeli tarkibida ipoteka krediti bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar 2005 yildan vujudga kela boshladi. Ushbu munosabatlar rivojlanishiga O‘zbekiston Respublikasi «Ipoteka to‘g‘risida»gi 2006 yil 4 oktabrda qabul qilingan qonuni muhim huquqiy baza bo‘lib xizmat qildi.
Ta’kidlash joizki, «Ipoteka to‘g‘risida»gi Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan muhim yo‘nalishlardan biri uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirishni amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratishga hizmat qilmoqda. Ushbu hujjat fuqarolarimiz ko‘chmas mulklarini garovga qo‘yib ipoteka kreditlari olishlariga va shu orqali uy- joylar bilan ta’minlanishlari uchun keng imkoniyatlarni vujudga keltirgan. Bunda mulkka doir bitishuvlarda notariuslar tomonidan olinadigan davlat bojlari stavkalari bo‘yicha harajatlarning keskin kamaytirilishi muhim ahamiyatga ega.
Mavjud qonunlar O‘zbekistonda mazmunan ipotekaning ikki pog‘onali modeliga asosdir. Ammo, uning to‘liq joriy qilinishi uchun qo‘shimcha tarzda "Ipoteka obligatsiyalari to‘g‘risida" va "Sekyuritizatsiya to‘g‘risida" yangi qonunlar ishlab chiqilib, qabul qilinishi taqozo etilyapti. Ularning hozircha yo‘qligi mamlakatimizda ipotekaning to‘liq bo‘lmagan bir pog‘onali (kontinental) modeli (ipotekani qayta moliyalashtirishsiz) ishlayotganini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 16 fevraldagi «Uy- joy qurilishi va uy- joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-10-sonli qarori bilan «Uyjoyjamg‘armabank» va «Zamin» tijorat banklarini birlashtirish asosida aksiyadorlik tijorat Ipoteka banki tashkil etildi. O‘z navbatida mamlakatimizda iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi va takomillashuvi uning muhim segmenti bo‘lgan ko‘chmas mulk bozorini shakllantirdi. Ko‘chmas mulk bozorining to‘laqonlik faoliyat yuritishida esa, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni amalga oshirish va ular bo‘yicha bitimlarni tuzish bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishga talab ortayotir.
Iqtisodiyotning rivojlanishi, uy-joy fondi, noturarjoy va ishlab chiqarish ob’ektlarining bozor oborotiga kiritilishi qolaversa, xo‘jalik yuritishdagi tub o‘zgarishlar, o‘z navbatida ushbu xizmatlarning turlari va ko‘lamini kengaytirdi. Bu xususda ko‘chmas mulk bozorida ko‘p sonli vositachilar faoliyat yuritayotganligi hamda rieltorlik xizmatlari hajmining kattaligini, inobatga olgan holda, mazkur faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy bazani yanada rivojlantirish kerakligi aytib o‘tildi. Bular nafaqat rieltorlik institutining, balki milliy ko‘chmas mulk bozorining barqaror rivojlanishiga ham zamin yaratadi.
Hozirgi kunda banklarimiz tomnidan taqdim etilayotgan ipoteka kreditlarining asosini banklarning o‘z mablag‘lari tashkil etmoqda. So‘nggi yillarda ipoteka kreditlariga bo‘lgan talabning oshib borayotganligi banklardan uzoq muddatli va barqaror resurs manbalarga bo‘lgan ehtiyojni oshiniga sabab bo‘lmoqda. Banklar ushbu maslani o‘z kapitali va muddatli depozitlarini oshirish orqaligina erishishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga asosan, banklarning resurs bazasini yanada mustahkamlash maqsadida “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan 157 mlrd. so‘mlik, Xalq banki tomonidan esa 62 mlrd. so‘mlik aksiyalar chiqarilib, investorlar orasida joylashtirildi. Shuningdek, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining ustav kapitali - 35 mlrd. so‘mga, “Agrobank”niki – 50 mlrd. so‘mga, “Mikrokreditbank”niki - 25 mlrd. so‘mga va “Qishloqqurilishbank”niki - 25 mlrd. so‘mga oshirildi.

Tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida bank tizimining umumiy kapitali oxirgi besh yilda 2,4 martaga oshdi. 2015 yilning o‘zida tijorat banklarining jami kapitali 23,3 foizga oshib, 2016 yilning 1 yanvar holtiga 7,8 trln. so‘mga yetdi. Tijorat banklari kapitalining yetarlilik darajasi esa 23,6 foizni tashkil etib, umumqabul qilingan talablardan salkam uch barobar yuqoridir. 
Mamlakatimiz banklarining o‘z mablag‘lari ozchilik ulushni tashkil qilmoqda. 2014 yilda banklarning passivlar tarkibida o‘z mablag‘lari 12,26%ni, 2015 yilda 11,79%ni tashkil qilgan.

Rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, tijorat banklarning depozitlari yildan yilga oshmoqda. 2015 yil yakuniga kelib, bu ko‘rsatkich 35600 mlrd.so‘mni tashkil etgan va 2006 yilga nisbatan 14 barobarga oshgan.
Banklar faoliyatining samaradorliligi darajasini aniqlaydigan muhim omillardan biri bank depozit bazasining sifatidir. Ma’lumki, depozitlar talab qilib olinguncha, jamg‘arma va muddatli bo‘ladi. Depozitlar sifatining mezoni uning barqarorligi hisoblanadi. Depozit bazasi barqarorligi qancha yaxshi va ko‘p bo‘lsa, bank likvidligi shuncha yuqori bo‘ladi. Chunki barqaror depozitlar bankdan chiqib ketmaydi. Depozitlar barqarorligining oshishi bankning likvid mablag‘larga bo‘lgan extiyojini kamaytiradi. Ko‘plab tijorat banklari uchun depozit operatsiyalar bilan shug‘ullanish foydali bo‘lmasligi mumkin, chunki boshqa operatsiyalar ularga yuqoriroq daromad olib kelishi mumkin. Shuning uchun banklar xatto o‘z xodimlariga ham boshqa banklarda depozitga mablag‘larini qo‘yishni tavsiya etadi. Chunki ushbu depozitlar uchun banklar xaq to‘lashlari kerak, qolaversa, to‘plangan mablag‘lardan unumli foydalanish kerak, faol tarzda ularni joylashtirgan holda yuqori foizda daromad olish kerak. Shuning uchun banklar depozit operatsiyalarini rivojlantirmasligi mumkin.
Masalaning ikkinchi tomonida esa depozitarni jalb etish asosiy iqtisodiy axamiyatga ega. Chunki aholi qo‘lidagi bo‘sh pul mablag‘larini banklar harakatga keltiradi va ushbu mablag‘lar ishlaydigan aktivga aylanadi, ya’ni boshqa shu mablag‘lar zarur bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga yo‘naltiriladi.
Banklar tomnidan jalb qilinayotgan uzoq muddatli depozitlari miqdorini oshib borishi o‘z navbatida banklar tomonidan berilayotgan ipoteka kreditlarining ham miqdori oshishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bank tizimimizni tarkibiy jihatdan tahlil qilar ekanmiz avvalo tijorat banklarining resurs bazasi bo‘yicha ko‘rsatkichlarni ko‘rib chiqishni o‘rinli deb topdik. Xususan tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lari orasida yuqori ulushni egallaydigan depozitlar tarkibini ko‘rib chiqsak.
2-jadval 

Download 216.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling