13 – laboratoriya ishi Mavzu: Emitter qaytargich sxemasini tadqiq etish. Ishni bajarishdan maqsad


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana04.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1165960
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Laboratoriya 13-18

Bajarilgan ish bo‘yicha hisobot 
Hisobotda quyidagilar keltiriladi. 
1. Ishni bajarishdan maqsad. 
2. Tajribalarni o‘tkazishda foydalanilgan sxemalar. 
3. Olingan natijalar jadval va grafiklar ko‘rinishida. 
4. Olingan natijalarning tahlili. 
4. Bajarilgan ish bo‘yicha xulosalar. 
14-laboratoriya ishi 
Mavzu: Emitter qaytargich xarakteristikasini tadqiq etish. 
Ishni bajarishdan maqsad: Emitter qaytargich xarakteristikasini xarakteriograf 
yordamida olish va ishlashini tahlil qilish. 
Sxemaning tavsifi 
Umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulangan tranzistorning kirish 
xarakteristikasini xarakteriograf yordamida olish uchun sxema 1-rasmda keltirilgan. 
GEN funksional generatorning chiqishidagi amplitudasi U = 10 V va 
chastotasi f = 1 Gs bo‘lgan kuchlanish qarshiligi 1 kOm bo‘lgan rezistor orqali 
tranzistorning bazasiga beriladi. TR vaqt relesining ishlash vaqti 2 sekundga teng 
qilib o‘rnatiladi. GEN generatordan arrasimon kuchlanish ( U = 10 V, f = 1 Gs) 
qarshiligt 1 kOm bo‘lgan cheklovchi rezistor orqali tranzistorning bazasiga beriladi. 


Sxema ishga tushgandan keyin dastlabki 2 sekund davomida tranzistorning 
kollektoridagi kuchlanish 0 V va keyin esa TR vaqt relesining ishlashi natijasida 12 
V bo‘ladi.
Ossillografning gorizontal plastinalariga V kanaldagi kuchlanish (tranzistorning 
bazasidagi kuchlanish), vertikal plastinalariga esa A kanaldagi kuchlanish 
(tranzistorning bazasidagi tok) beriladi. SHunday qilib, tranzistorning kirish 
xarakteristikalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ossillografning ekranida kuzatish mumkin. 
Sxemada baza tokini o‘lchash uchun 
tok bilan boshqariluvchi kuchlanish 
manbasidan foydalanilgan. Uning transformatsiya koeffitsientining o‘lchov birligi 
V/A = Om, sxemada 1 Om olinganligi uchun bazadagi tok 1mA bo‘lganda 
ossillografga 1 mV kuchlanish beriladi. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling