17.1-rasm. Xromatogramma olishning tuzilishi
Bu erda: r-start chizig‘idagi dog‘ning markazgacha bo‘lgan masofa, sm larda.
R-start chizig‘idan front chizig‘igacha bo‘lgan masofa, sm larda.
Erituvchi qog‘oz bo‘ylab front liniyasiga etgach, xromatografik qog‘oz kameradan ehtiyotlik bilan olinadi va quritiladi. Har bir kation uchun tegishli yuzaga chiquvchi (ochiltirgich) purkab xromatogramma olinadi.
So‘ngra undan dog‘ning aylanasi chizilib aylana topiladi. Aylana markazidan start chizig‘igacha bo‘lgan masofa lineyka yordamida o‘lchanadi.
Rf = ; formuladan har bir kationning effektiv radiusi aniqlanadi. Har bir alohida ionning xromatogrammasi olinadi va quyidagicha 17.1-jadval tuziladi.
17.1-jadval
Har bir ionning xromatogrammasini natijalari
Kontrol aralamadan ionlarni aniqlashda, kontrol eritmaning xromatogrammasi yuqoridagi usul yordamida olinadi. Buning uchun dastlab jadvaldan foydalanib (Rf va Rma’lum) har bir kation uchun r topiladi va o‘sha zonaga reagent purkaladi. Agar shu zonada izlanayotgan kation (yoki anion) bo‘lsa tegishli rang hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |