Ionlarning atseton suvli sistemada taqsimlanishi
Kationlarning IV, V, VI - analitik guruhlarning bir-biridan ajratishda erituvchi sifatida atseton qo‘llaniladi. Xromatografik qog‘ozga quyidagi chiziqlar bo‘yicha kationlar joylashtiriladi. Ularning taqsimlanish koeffitsientlari quyidagi tartibda bo‘ladi Bi3+ Hg2+ Cd2+ Zn2+ > Fe3+> Cu2+> Co2+> Ni2+> Mn2+> Al3+> Pb2+ yuqori zona Bi3+ Hg2+ Cd2+ Zn2+ ionlarini o‘zida tutadi. Bu ionlarni ayni erituvchida ajratish mumkin emas. Biroq quyi zona Fe3+ , mis, undan keyin esa kobalt, nikel, marganets ionlarining zonalari bo‘ladi. Ayni tekshirilayotgan alyuminiy dog‘ pastida qo‘rg‘oshin ioni qoladi. Pb2+ ioni deyarli start chizig‘ida qoladi.
Foydaniladigan reagentlar:
Bi3+ ioni uchun 8-oksixinolin yoki KJ eritmasi
Cd2+ ioni uchun Na2S eritmasi;
Hg2+ ioni uchun KJ eritmasi;
Zn2+ ioni uchun ditizonning CCl4 dagi eritmasi;
Fe2+ ioni uchun K3[Fe(CN)6] eritmasi;
Cu2+ ioni uchun K4[Fe(CN)6] eritmasi;
Co2+ ioni uchun K(SCN) spirtli eritmasi;
Ni2+ ioni uchun DMG spirtli eritmasi;
Mn2+ ioni uchun Benzidin;
Al3+ ioni uchun Alizarin-S eritmasi yoki 8-oksixinolin;
Pb2+ ioni uchun KJ eritmasi;
18. Laboratoriya ishi № 6
Statik sharoitda ionitlarning to‘la almashinish sig‘imini aniqlash
Ionitlarning muhim fizik-kimyoviy tavsiflaridan biri uning ion almashinish sig‘imidir. Ionitlarning sig‘imi deganda eritmadagi ionlarning u yoki bu miqdorini yutish(sorbsiyalash) qobiliyatidir. Uni ionitlarning ion almashinish gruppasidagi miqdori bilin aniqlanadi va miqdori kationitlar uchun ionitning H+ formasidagi,anionitlar uchun OH-formasidagi 1g quruq ionitga to‘g‘ri keladigon sorbsiyalanadigon ionning mg yoki mg-ekv orqali ifodalanadi.
Ionitlarning sig‘imini aniqlashning ikkita usuli mavjud:
1) statik almashinish sig‘imi;
2) dinamik almashinish sig‘imi;
Do'stlaringiz bilan baham: |