13 ma'ruza: Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari


Download 0.54 Mb.
bet4/17
Sana08.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1083898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari saqlash

Termik dezinfeksiya zararkunandalar va kanalarning haroratga sezgirligiga asoslangan. Bu organizmlar uchun halokatli haroratni qo’llab, obyektlarni to’liq zararsizlanishiga erishish mumkin.
Ish amaliyotida termik dezinseksiyaning quyidagi turlari ma’lum: donni don quritkichlarida quritish; quyosh nurida quritish; yumshoq tara va kichik inventarlarga issiq havo bilan (quruq issiqlik) ishlov berish.
Donni don quritkichlarda quritish jarayonida zararsizlantirish don quritishning yo’l qo’yiladigan rejimlaridagina, ya’ni ozuqabop va yem-xashakka mo’ljallangan dollar uchun ijobiy samara berishi mumkin.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, xozirgi paytda urug’lar uchun tavsiya etiladigan quritish rejimlarida don massasi deyarli zararsizlanmaydi, chunki urug’larni qizdirishda yo’l qo’yiladigan harorat va quritish agentining harorati zararkunandalarni qirish uchun yetarli emas.
Termik zararsizlantirishning samarasi donni quritish kamerasida bir xil qizishiga va unda donni bo’lish vaqtiga bog’lik. Don massalarini to’liq zararsizlantirishga, ayniksa, yopik zararlanish bo’lgan paytda kafolat berilmaydi.
Quritish agenta va ushbu tapdagi donga maksimal yo’l qo’yib bo’ladigan haroratni qo’llash zaruriyatda donning sifati yomon bo’lishiga yo’l qo’ymaslik uchun belgilangan barcha ko’rsatkichlar bo’yicha quritish jarayonini batafsil olib borishni talab qiladi.
Don massalarini va don mahsulotlarini ma’lum bir minusli haroratgacha sovitishga ham hasharotlar va kanalarni kiruvchi fizikaviy vosita sifatida qaraladi. Biroq, to’liq zararsizlantirish faqatgina -10... 15 °C larda kuzatiladi. Yuqoriroq haroratga (-5 °C) ba’zi zararkunandalar uzoq vaqt chidaydilar. Aktiv shamollatishni qo’llash eng samarali usul hisoblanadi.
Ion hosil qiluvchi (ionlovchi) nurlanish. Gamma-nurlar dezinseksiya uchun yaroqli hisoblanadi. Ular qo’llanilish dozasiga qarab hasharotlarning tezda nobud bo’lishiga olib keladi, hasharotlarga sterilizatsiyalovchi yoki mutagen ta’sir qiladi. Buni hujayralar va to’qimalarning kimyoviy strukturasida sodir bo’ladigan chuqur o’zgarishlar bilan tushuntiriladi, hasharotlarning normal funksiyalanishi (moddalar almashinuvi, ko’payishi) buziladi. Radiasiya ta’sirida suv vodorod va gidroksil guruhga parchalanadi hamda boshqa radikallar hosil bo’ladi.
Kobalt 60 bilan nurlanadigan gamma-nurlar 300.. .500 krad (3.. .5 kGr) dozada hasharotlarni harhol o’ldiradi. Ko’payishning to’xtashi va rivojlanishning barcha bosqichlari birin-ketin halokatga uchrashi 12...20 krad (0,12.. .0,2 kGr) dayok kuzatiladi. Kanalar uchun 18.. .20 krad (018.. .0,2 kGr) doza ham yetarli. Biroq, turli zararkunandalarda o’lish tezligi farq qiladi. Masalan, 30 krad doza bilan nurlatilgan ombor uzuntumshuqlari don qo’ngizlariga nisbatan ancha tezroq o’ladilar.
Uzoq havom etgan tajriba natijalari shuni kursatdiki, katta hasharotlar va ularning avlodini nurlantirish zararkunandalarning radiorezistent shakllari hosil bo’lishiga olib kelmaydi.
Donni elevatorda radiasion dezinseksiyalash usuli ishlab chiqildi va birinchi marta 20.. .30 krad dozalashtirilgan elektronlar oqimini qo’llab amalga oshirildi. Bu hasharotlar rivojlanishini harxol to’xtatishni va ularning hayotini keskin qisqartirishni ta’minladi. Bunda oziq-ovqat va yem-xashak tayyorlashga mo’ljallangan donlarning sifati o’zgarmaydi. Urug’lik donlarga bunday usulda ishlov berish mumkin emas.
Radiasion dezinseksiyalash uchun don maxsus binoga joylashtiriladi, bu yerga elektronlarni tezlatuvchi ko’rilma o’rnatilgan. Don uzatuvchi bunkerdan maxsus tarqatib yuboruvchi kanalga tushadi, u yerda qalinligi 9mm, kengligi 1,5 m bo’lgan don oqimi hosil qilinadi va 7 m/s ga yaqin berilgan tezlikni oladi.
Nurlanish zonasini o’tish muddati 0,06 s ga yadin. Bu vaqt ichida don radiasiyaning kerakli dozasini (20...30 krad) oladi. Barcha operasiyalar pult orqali boshqariladi. Insonlarni mumkin bulgan nurlanishdan ximoyalash choralari ham ko’rilgan. Donni radiasion dezenseksiyalashning funksional sxemasi 131-rasmda keltirilgan. Keltirilgan usulni mamlakat janubida joylashgan yirik elevatorlarda va port elevatorlarida qo’llash maqsadga muvofiq.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling