13 ma'ruza: Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari


Download 0.54 Mb.
bet1/17
Sana08.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1083898
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari saqlash


TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI SHAHRISABZ FILIALI


13 - ma'ruza: Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari.


Reja:
1. Don zahiralari zararkunandalariga qarshi kurash choralarining umumiy tasnifi.
2. Zararlanish ob’eklari va hashorotlar hamda kanalar tomonidan zararlanganlikni aniqlash usullari.
3. Don zahiralarining zararkunandalariga qarshi kurashishning profilaktik choralari.
4. Don zahiralarining zararkunandalariga qarshi kurashning kiruvchi choralari.
5. Deratizatsiya.


Don zahiralari zararkunandalariga qarshi kurashchoralarining umumiy tasnifi
Don mahsulotlarini hasharotlar, kanalar kemiruvchilar va qushlar kabi turli zararkunandalar tomonidan yo’qotilishi va buzilishidan himoyalash xalq xo’jaligida muhim tadbir hisoblanadi. Bu maqsaqlarga ko’p mehnat va katta mablag’ talab qilinadi. Shuning uchun bir qator mamlakatlarda zararkunandalarga qarshi kurash choralarini takomillashtirish va arzonlashtirish bo’yicha doimiy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Don zaxiralarining zararkunandalari biologiyasi va ekologiyasini o’rganish natijasida kompleks tadbirlar ishlab chiqildi, uning amalga oshirilishi don mahsulotlari saqlanishini kafolatlaydi va zararkunandalarning tarqalishiga chek qo’yadi.
Don mahsulotlarini zararkunandalardan himoyalash choralari ikki guruhga bo’linadi:
1) ogohlantiruvchi (profilaktik), ya’ni don mahsulotlari yoki ularni qurshab turgan obyektlarning mumkin bulgan zararlanishini oldini olishga yo’naltirilgan;
2) qiruvchi, ya’ni zararkunandalarni u yoki bu obyektda aniqlanganda qo’llaniladigan choralar.
Don mahsulotlari zararkunandalariga qarshi kurashda eng qulay va arzon bo’lgan ogohlantiruvchi choralarni doimiy ravishda qo’llash zarur. Kiruvchi choralar juda zarurat tug’ilganda amalga oshiriladi. Aslida zararkunandalarning paydo bo’lishi ogohlantiruvchi choralarga to’liq rioya qilmaslik oqibatidir.
Turli obyektlarda zararsizlantirish choralarini o’tkazishda, adabiyotda bayon etilgan ma’lumotlardan tashqari, don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurashish bo’yicha amaldagi yo’riqnomadan foydalanish kerak.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling