13 ma'ruza: Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari


Download 0.54 Mb.
bet6/17
Sana08.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1083898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari saqlash

Qo'llash ob’yektiga
ko'ra. Bir xil pestisidlarni faqattina tuldirilmagan omborxonalar va unga tegishli maydonlarni zararsizlantirish uchun, boshqalarini don yoki don mahsulotlarini zarasizlantirishda; uchinchilarini un tortish, yorma va omixta yem zavodlari xonalari bilan birgalikda ishlov berishda; to’rtinchilarini esa uneversal maqsaqlarda ishlatish mumkin.
Zararkunandaning organizmiga kirib olish usuliga va unga ta’sir qilish harakteriga ko'ra zaharlar to'rtta guruhga bo'linadi:
- organizmga ovqat yoki suv bilan oshqozon-ichak tizimi orqali tushadigan - ichakka ta’sir qiladigan pestisidlar;
- organizmga teri qoplami orqali tushadigan - tegib ta’sir qiladigan pestisidlar;
- organizmga nafas yo’li orqali tushadigan pestisidlar - fumigantlar;
- kombinasiyalangan holda ta’sir qiluvchi pestisidlar.
Kimyoviy ta’siri va xossalariga ko'ra. Bunda zahalrar kimyoviy o’xshashligiga, olinish usuliga va qo’llanilishiga karab guruhlarga bo’linadi. Ulardan asosiylari, ya’ni tayyorlov tizimi¬da sullaniladiganlari xlororganik va fosfororganik birikmalar kamda galogen saslovchi birikmalardir.
Qo'llash usuliga ko'ra pestisidlar quyidagi guruhlarga bo'linadi:
- changlatish uchun kukun ko’rinishida ishlatiladigan;
- purkash uchun emulsiyalar, suspenziyalar va eritmalar ko’rinishida ishlatiladigan;
- gaz fazasida aerozol ko’rinishida ishlatiladigan;
- qopqon, tuzoq va sh.k. ga quyiladigan yem tarkibiga kiruvchi pestisidlar.
Changlatish. Bu usul qo’llanilganda ishlov beriladigan yuzaga maxsus changlatuvchi apparatlar yordamida zararkunandalar uchun zaharli hisoblanadigan kukunsimon moddalar sepiladi. Tayyorlov tizimida changlatish usuli qo’llanilmaydi. Bu usul qishloq xo’jaligida urug’lik donlarni, ayrimholatlarda don omborxonalarini de- zinseksiyalash uchun ham qo’llaniladi.
Purkash. Bu usul qo’llanilganda zararsizlantirilayotgan ob’yekt yuzasiga eritmalar yoki emulsiyalar ko’rinishida tayyorlangan zaharli kimyoviy moddalar maxsus purgkagichlar yordamida tomchi-suyuklikholatida changlatib sepiladi. Bunday usul nam dezinseksiya deyiladi. U omborxonalarni, elevatorlarni va ular yonidagi xududlarni (hamda xududning zararkunandalar bilan zararlangan boshqa uchast- kalarini), sudnalar, vagonlar va boshka tashuvchi vositalarni za- rarsizlantirishda qo’llaniladi. Nam dezinseksiya uchun qontaktli zaharlardan foydalaniladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling