13 ma'ruza: Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari
Download 0.54 Mb.
|
Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari saqlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dixloretan yoki etilen xlorid
Metalilxlorid (C4H7Cl). O’ziga xos hidli, bug’lanuvchan, qaynash harorati 72° C bo’lgan, tiniq, sarg’imtir rangli suyuqlik. Metalilxloridning bug’lari havodan 3 marta ogir. 105...340 g/m3 konsentrasiyalarda tez yonuvchan va tez portlaydigan bo’ladi. Biroq, uning don usta havosidagi ishchi konsentrasiyasi tez portlaydigandan ancha past.
Suvda kam eriydi (massasiga nisbatan 0,1 % da). Inson va hayvonlar uchun kuchli zaharli. Fumigasiya uchun kamida 93,5 asosiy preparatni saqlagan texnikaviy metalilxlorid ishlataladi. Donlarning ekilishi va texnologik sifatlariga ta’sir dilmaydi, metallarni zanglatmaydi. Don uyumi ichiga 2 m chuqurlikkacha kiradi. Dixloretan yoki etilen xlorid (C2H4Cl2). Suvda erimaydigan, spirt va efirda yaxshi eriydigan, rangsiz yoki och-sariq rangli tiniq suyuqlik. Xloroform hidiga o’xshash hidga ega. Suyuq holatda dixloretan qiyinchilik bilan alanga oladi va tutab yonadi. 1 m3 havoda 270 g bug’lari bo’lganda va 20°C haroratda yonginning har qanday manbaidan tez portlaydigan aralashma hosil qiladi. Bu xususiyat uni qo’llashni ma’lum harajada cheklab ko’yadi. Dixloretan metallarni zanglatmaydi, asfalt, yog’lar va mumni eritadi, rezina mahsulotlarini buzadi. Yorug’likda xlorid kislota ajralib chiqishi bilan parchalanadi. Urug’larga ta’sir qilmaydi va sof holatda urug’lik donlarni (yog’bop o’simliklarning urug’idan tashqari) fumigasiyalashda ishlatiladi. Dixloretan 242 preparatiga nisbatan zaharsizroq. Obyektlarga ishlov berishda har 1 m3 fumigasiyalanadigan ob’yekt uchun 300 g dan 500 g gacha sarflanadi. Dixloretan inson uchun xavfli hisoblanadi. Har qanday fumigantlarni qo’llash ma’lum qoidalarga rioya qilishni talab etadi. qoidalarga rioya qilmaslik esa zararsizlantirilayotgan ob’yektlarning holatiga ta’sir qilishi, hatto insonlar hayotiga xavf solishi mumkin. Shuning uchun har qanday fumigasiyani o’tkazishda dastlabki zaruriy shart bo’lib zararsizlantiriladigan obyektlar zichligini yaratish hisoblanadi. Zararsizlantirilayotgan obyektning harakteriga, uning holatiga va qo’llanilayotgan fumigantning turiga qarab ekspozisiya (ushlab turish vaqti) 24... 192 soatni tashkil qiladi. Jamoa va shaxsiy xavfsizlikning barcha qoidalariga rioya qilish fumigasiya o’tkazishda majburiy shart hisoblanadi. Qo’llaniladigan fumigantning xususiyatlariga, fumigasiya qilinuvchi (gazlanuvchi) obyektning turiga va uning holatiga hamda korxonaning texnik imkoniyatlariga qarab fumigasiya mexanizasiyani qo’llab yoki qo’llamay o’tkaziladi. Biroq, har qanday usulda ham fumigasiya bilan bog’lik bo’lgan tadbirlar majmuasini uch bosqichga bo’lish mumkin: - tayyorlov tadbirlari; - fumigasiya jarayoni (yoki boshqacha qilib aytganda gazlash); - degazasiya. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling