13 ma'ruza: Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari


Download 0.54 Mb.
bet12/17
Sana08.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1083898
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari saqlash

Degazatsiya. Fumigasiya ekspozisiyasining belgilangan muddati tugagandan keyin ishlov berilgan obyektlardan fumigantni chiqarib tashlash uchun degazasiya o’tkaziladi. Odatda, fumigasiya muddati tugayotganda zararsizlantirilayotgan obyektlarni germetizasiyasi bo’yicha ko’riladigan choralarga karamasdan, fumigant bug’larining konsentrasiyasi pasayadi. Fumigantning va ular tomonida ishlov be- riladigan obyektlarning xossalariga qarab, fumigant bug’larining sorbsiyasi va xemosorbsiya jarayoni u yoki bu darajada sodir bo’ladi.
Degazasiya fumigasiya bo’yicha bajariladigan ishlarning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Degezasiya jarayoni insonlarning xavfsizligini va fumigantni xudud bo’yicha ma’lum chegarada taqsimlanishini ta’minlaydigan qoidalar bo’yicha o’tkazilishi kerak. Degazasiya tezligi ko’pincha fumigantning xossalariga bog’liq. Metil bromid 242 preparatiga qaraganda ancha osonlikcha chiqarib tashlanadi. Atrof- muhit havosining harorati qanchalik yuqori va uning nisbiy namligi qanchalik past bo’lsa, degazasiya shunchalik tez boradi. Tashqaridan toza havoning tinimsiz kelib tushishi ham degazasiya jarayonini tezlashtiradi.
Hali fumigantning kuchsiz hidi mavjud bo’lgan don turkumlarini darhol realizasiya qilish zaruriyati tug’ulsa, aktiv degazasiyadan foydalaniladi. Bunda aktiv shamollatish ko’rilmalari yoki AG apparati qo’llaniladi. Bunday paytda degazasiyaning aktiv (faol) usullari don massasini sovishga olib kelmasligi kerakligini e’tiborga olish zarur.
Obyektlarni degazasiyalashdan keyin dezinseksiyaning sifati aniqlanadi. Agar ob’yekt tekshirilganda zararkunandalarning tirik nusxalari topilmasa, ish qoniqarli bajarilgan deb baholanadi. Agar zararkunandalarning tirik nusxalari topilsa, u holda qo’shimcha zararsizlantirish o’tkaziladi. Kimyoviy dezinseksiya bo’yicha ishlarning natijalari belgilangan shakldagi qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Degazatsiya to'liq bajarilganligini aniqlash. Degazasiya to’liq bajarilganligini aniqlash keyinchalik korxonaning normal ishlashi va inson salomatligi uchun juda muhim ahamiyatga ega. Bu organoleptik va kimyoviy usullar orqali aniqlanadi. 242 preparati yoki dixloretan bilan ishlov berilgan omborxonalar, elevatorlar, zavodlar va boshqa obyektlarning degazasiyalangan xonalarini tekshirishda organoleptik usuldan foydalaniladi. Ma’lumki, bu moddalar bug’larining xossalari shundayki, inson uchun xavfli bo’lmagan kichik konsentrasiyalarda ham ularni aniqlash oson.
Metil bromid bilan ishlov berilgan xonalarning degazasiyasi to’liqligini indikatorli gorelka yordamida aniqlanadi. Gorelka alangasining rangi o’zgarishi fumigant bug’larining havodagi konsentrasiyasini ko’rsatadi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling