13 ma'ruza: Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari
Download 0.54 Mb.
|
Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari saqlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 134-rasm. Donlarga karbofos bilan ishlov berish paytidaforsunkalarning joylashuvi
- Deratizasiya
Trixlormetafos-3 tiofosfor kislotaning hosilasi hisoblanadi. Sof trixlormetafos-3 o’tkir hidli, rangsiz yoki sarg’imtir rangli moysimon suyuqlikdir. Dezinseksiya uchun OP-7 emulgatorida ishlab chiqariladigan emulsiyaning 30 % li va 50 % li konsentratlari ko’rinishidagi texnikaviy trixlormetafos-3 qo’llaniladi. Trixlormetafos-3 o’rta zaharli pestisidlarga kiradi. Uning bug’larining havoda IKK - 0,3 mg/m3, dondagi IKKM - 0,5 mg/ kg.
Karbofos (melation, fosfation) ditiofosfor kislotaning hosilasi hisoblanadi. Texnikaviy karbofos - bu och-jigarrangdan to’q-jigarranggacha bo’lgan, yengilgina siljiydigan, o’ziga xos hidli suyuqlik. U 30 yoki 50 % faol ta’sir qiluvchi modda, OP-7 yoki OP-Yu emulgatori va ksilol yoki solvent erituvchisi saqlagan emulsiyaning konsentrati ko’rinishida ishlab chiqariladi. Karbofos issiqqonlilar uchun o’ta zaharli birikma hisoblanadi. U hasharotlar va kanalarga yaxshi ta’sir qiladi, kontaktli zahar hisoblanadi. Bundan tashqari, u kumulyativ (kumulyasiya - dori yoki zahar moddalarning organizmda to’planib, kuchli ta’sir qilishi) xossalarga ega. Uning zararkunandalarga zaharlovchi ta’siri ancha vaqtgacha saqlanadi, bu karbofosni profilaktik maqsaqlarda qo’llashga imkon beradi. Karbofos elevatorlarni dezinseksiyalashda ham qo’llanadi. Karbofosning ishchi zona havosida IKK - 0,5 mg/ m3, IKKM unda - 2 mg/kg, donda - 3 mg/kg, yormada (manniy yormasidan tashqari) -1 mg/kg. Nam usuldagi dezinseksiyaga iliq (12° S dan past bo’lmagan) 0,2 l ishchi suyuqlik sarflanadi. Fosfororganik pestisidlar bilan ishlov berilgandan keyin omborxonalar plombalanadi. Dezinseksiya qilingandan bir sutka o’tib zararsizlantirishning samaradorligi aniqlanadi. Shundan so’ng omborxonalarga don mahsulotlarini joylashtirishga ruxsat beriladi. 134-rasm. Donlarga karbofos bilan ishlov berish paytidaforsunkalarning joylashuvi: a - harakatlanadigan lentali konveyerdan uzatiladigan donga ishlov berish paytida; b - konveyer tarnovidanuzatiladigan donga ishlov berish paytida; v - konveyerli lentada donga ishlov berish paytida; 1 - forsunka; 2 - purkash fakeli (konussimon otilib chiqqan qismi); 3 - konveyer; 4 — tarnov; 5 — don kelib tushgan qatlam Karbofos donning texnologik va ekish sifatlariga ta’sir qilmaydi. Bu uni turli maqsaqlarda ishlatiladigan don turkumlari uchun qo’llashga imkon beradi. Karbofosning ishchi suyuqligi donga sepilgandan keyin uning quruq dondagi qoldiqhari hasharotlar va kanalar uchun zaharli bo’lgan miqdorda uzoq muddat saqlanib qoladi va don turkumlarini zararkunandalar bilan qaytadan zararlanishdan saqlaydi. 1 t donga preparatning sarf me’yori 12 g dan 30 g gachani tashkil qiladi. 1 t don uchun 0,5 l ga yaqin suv sarflanadi. Purkagichlarning shlanglari ulangan va ma’lum joylarga mahkamlangan forsunkalar orsali emulsiyalarni sepib, ishlov beriladi. 134-rasmda don massasiga to’kilib tushayotgan qatlamda va konveyer ustida ishlov berilgan paytda forsunkalarning joylashish sxemasi keltirilgan. Karbofos emulsiya bilan donlarga ishlov berilganda xonalarning germetizasiyasi talab qilinmaydi. Deratizasiya Xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida kemiruvchilarga qarshi kurashda ko’riladigan tadbirlar ikki guruhda bo’linadi: profilaktik (ogohdantiruvchi) va qiruvchi (kimyoviy deratizasiya). Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling