13-Ma`ruza. Mavzu: Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja


Download 107.26 Kb.
bet2/11
Sana16.06.2023
Hajmi107.26 Kb.
#1507326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
13-estetika

Inson estetik tafakkurini shakllantirish omillari. Inson estetik tafakkurining shakllanishi – san’at va voqeliqdagi go‘zallik, nafosat, yaxshilik, ezgulikni o‘zlashtirish, idrok etish, to‘g‘ri baholash orqali namoyon bo‘ladi. Lekin estetik tarbiya go‘zallik olami bilangina cheklanib qolmaydi. U insonda mehnatga, atrofdagi dunyoga ijodiy munosabatini, kelgusidagi ijtimoiy ideallarga ishonchni, jamiyat oldida va uning kelajagi oldida ma’suliyatini tarbiyalaydi. Hozirgi kunda har tomonlama barkamol yoshlarni tarbiyalash uchun oilada va bog‘chada, so‘ng maktab, kollej, oliy o‘quv yurtlari, mahalla va ishxonalarda uyg‘un olib borishni davr taqozo qilmoqda.
Hamma davrda ham, hozirda ham tarbiya eng muqaddas, ulug‘, eng ma’suliyatli va sharafli ish bo‘lib kelgan, shunday bo‘lib qoladi. Tarbiyani aslo kechiktirib bo‘lmaydi. Tarbiya orqali yoshlar ongida g‘oyaviy bo‘shliqqa joy qoldirmay, o‘z dunyoqarashimizni singdiramiz.
Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning XX asr boshlarida aytgan ushbu so‘zlari hozirda ham baralla jaranglab turibdi: «Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir… Bizlarni ilm jaholat qorong‘uligidan qutqarur, madaniyat, insoniyat, ma’rifat dunyosida chuqur yomon fe’llardan, buzuq ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va odob sohibi qilur»
Bolalik va o‘smirlik inson ongi, dunyoqarashining shakllanishi davri bo‘lib, u asosan oila va maktabdagi tarbiya ta’sirida ulug‘ayadi. Inson ijodiy kuch va qobiliyatlarning manbalari vujudga keladigan va mustahkamlanadigan xuddi ana shu davrda uning ma’naviy va axloqiy estetik ehtiyojlari rivojlanishi uchun hamma sharoitlar yaratilishi, his- tuyg‘u va aql rivojlanishi kelajakdagi butun faoliyatiga asos solishi mumkin.
Adabiyot va san’at asarlari shakllanib kelayotgan shaxsga katta va har tomonlama chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Oilada bolalargaga estetik tarbiya berishning eng yaxshi usuli kichik- kichik ertaklar o‘qib berish, ular to‘g‘risida baxs- munozara yuritishdir. CHunki, ertaklar o‘g‘il - qizlarda kitobga mehr uyg‘otadi, do‘stlik, o‘rtoqlik, mehnatsevarlik, to‘g‘ri so‘zlik, haqiqat uchun kurashish xislatlarini tarbiyalaydi.

Download 107.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling