13-Ma`ruza. Mavzu: Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja
Download 107.26 Kb.
|
13-estetika
Estetik ta’limotlar tarixidan. Estetik ta’limotlar, qarashlar, g‘oyalar, uzoq tarixga borib taqaladi. Olam, tabiat, voqelikdagi go‘zallikka munosabat, go‘zallikning san’atda ifodalanishi, ahamiyati haqida juda ko‘p kitoblar, risolalar bitilgan.
Ilk estetik ta’limotlar qadimgi Misr, Bobil, Mesopotamiya, Hitoy, Hindiston, Turon mamlakatlarida maydonga kelganligi haqida tarixiy ma’lumotlar ko‘p uchraydi. SHunday ekan qadimiy SHarq mamlakatlari er yuzida falsafiy, axloqiy, diniy, huquqiy, badiiy- estetik ta’limotlar o‘chog‘i bo‘lgan deya faxr bilan ayta olamiz. SHarq mamlakatlari xalqlari tomonidan bizga qoldirilgan boy ma’naviy meros xazinasi nihoyatda rang- barangligi, mazmun – mohiyati chuqurligi, tarbiyaviy ahamiyati yuksakligi bilan ajaralib turadi. CHunonchi, Mikxat, finikiya alifbosi, O‘rxun- Enasoy bitiklari, Xorazm yozuvlari, Misr fir’avnlari maqbarasidan topilgan asori- atiqalar, Amudaryo xazinasi, Doro1 rasmi solingan oltin tangalar, Bobil minorasi, Xitoy, Hindistondagi saroy va ibodatxonalar devorlariga ishlangan rasmlar, haykallar, «Ramayana», «Alpomish»,»Maxabxorat», «Manas», «Go‘ro‘g‘li» kabi yuzlab dostonlar, ertaklar, qo‘shiqlar fikrimizning yorqin dalilidir. Qadimgi SHarqda quyosh bo‘lib porlagan ilm- fan madaniyat, adabiyot – san’at chirog‘i bir necha asarlaridan so‘ng ~arb mamlakatlarida ham nur socha boshladi. Qadimgi yunon olimlari, faylasuflari, shoir- yozuvchilari, rassom va haykaltaroshlari, qo‘shiqchi va bastakorlari, sport nazariyotchilari SHarq ma’naviy merosini ijodiy o‘rganib, o‘z qarashlari, ta’limotlarini yaratdilar. YUnon faylasufi va mashhur matematik olimi Pifagor (Eramizdan avvalgi VI-V asrlar) dastlab estetik ta’limot haqida o‘z fikr – mulohazalarini bildirib: «barcha narsalarning mohiyatini raqamlar va ularning o‘zaro munosabatlari tashkil etadi, koinot yaxlitligida ham raqam aqidasi yotadi» deb yozgan edi. Pifagor shogirdlarining go‘zallik haqidagi qarashlari, musiqaviy hamohangligi asoslari to‘g‘risidagi fikrlari estetik ta’limotlar tarixida o‘z o‘rniga ega. Faylasuf Geraklit Tyomniy (er.av. 540-475 yillar) «Tabiat haqida» nomli asarida «nafosat moddiy dunyoning o‘zida mavjud, nafosat hamohanglikni anglatadi» degan fikrni ilgari surdi. Uning fikricha butun olam, kosmos, o‘zida me’yor, garmoniya, go‘zallikni mujassam etgan. Demokratik (er.av. 460-370 yillar) estetika va san’at nazariyasi masalalariga bag‘ishlangan «Poeziya haqida», «Ritm va garmoniya to‘g‘risida», «SHe’rlar nafosati haqida», «Qo‘shiq to‘g‘risida», «Tasviriy san’at to‘g‘risida» kabi asarlari bilan estetik ta’limotlar rivojiga yuksak hissa qo‘shdi. Uning fikricha san’at va xunarmandchilik insonlarning moddiy ehtiyoji tufayli maydonga kelgan. Qo‘shiq san’ati sayroqi qushlarga havas orqali shakllangan. Aflotun (er.av. 427-347 yillar) estetikaga «go‘zallik falsafasi» deb nom berdi. Uning fikricha go‘zallik manbaini g‘oyalar tashkil etdi, go‘zallik juda hissiyotli bo‘lgani tufayli, uning mohiyatini aql- idrok bilan tushunish mumkin. Aflotun o‘zidan oldin o‘tgan faylasuflarning izidan borib, har qanday san’at taqliddan, ya’ni mavjud voqelikni aks ettirishdan iboratdir, degan nazariyani rad etmaydi. Ammo badiiy ijodning asosiy problemalaridan bo‘lgan bu masalani o‘z falsafasining talablariga moslashtirib, o‘ta ketgan reaksion xulosalarini izhor qiladi. Ma’lumki, Aflotunning aytishicha atrofimizdagi butun borliq chinakkam haqiqat emas, balki ideallar olamining xira aksidir. Modomiki shunday ekan san’at va adabiyot ahllari ko‘zga ko‘rinib turgan noaniq hayotni aks ettiradilaru, ammo chinakkam borliqni ifodalashga zaiflik qiladilar. Bundan tashqari hayotni aynan ta’svirlash orqasida, uning yaramas tomonlarini ham ko‘rsatish zaruriyatining tug‘ilishi va bu narsa o‘z navbatida, yoshlarning hulqiga putur etkazishi mumkinligini uqtirib Aflotun real borliqni to‘g‘ri va haqqoniy aks ettirishni butunlay rad qiladi. San’atning asosiy vazifasi davlat manfatiga, axloq talablariga xizmat qilmoqdadir. Bordiyu, san’at mazkur talablarga javob beraolmasa, uni yo‘qotish lozim, degan fikr bildiradi. U barcha san’atlar ichida muzikaning tarbiyaviy ahamiyatiga yuqori baho beradi. Qadimgi dunyoning eng ulug‘ mutafakkirlaridan biri, mashhur olim va donishmand Arastudir (er.av. 384-322 yillar) Arastu Makedoniyaning Stagriya shahrida tug‘ildi. Uning otasi Makedoniya podshohining tabibi bo‘lganligi sababli yoshligidan tibbiyot va boshqa fanlar bilan jiddiy shug‘ullanadi. Keyin Afinaga kelib, yigirma yil davomida mashhur olim Aflotunga shogird bo‘ladi. 342 yil podshoh Filippning taklifi bilan Makedoniyaga qaytib uch yil Aleksandrning tarbiyachisi bo‘lib xizmat qiladi. Aleksandr taxtga chiqqach, yana Afinaga qaytib bu erda «Letsey» nomi bilan xususiy maktab ochadi. 323 yil Aleksandr o‘lgach Afinani tashlab ketishga majbur bo‘ladi. 322 yili Evbey orolidagi Xalkida shahrida vafot etadi. Arastu fan olamining benixoyat ko‘p sohalari bilan shug‘ullangan ulug‘ ilm sohibidir Arastu 1000 yaqin kitob yozgan degan fikrlar uchraydi. Ammo bizgacha 47 asari etib kelgan. Arastuning estetik nazariyasi rivojiga qo‘shgan hissasi benihoya kattadir. U adabiyot va san’atning inson ma’naviy- ruhiy olamiga chug‘ur ta’sir ko‘rsatish, odamlarda axloqiy fazilatlarining shaklanishiga katta turtki bo‘lishiga yuksak baho berdi. Arastuning «Poetika», «Etika», «Politika», «Poeziya san’ati haqida», «Ritorika» kabi asarlarida estetik qarashlari yorqin namoyon bo‘ladi. Adabiyot ham teatr, muzika, rassomlik kabi san’atning bir to‘g‘ri ekanligi, u real hayot, inson va jamiyat hayotini aks ettirishi lozimligini uqtiradi. U san’atni turlarga ajratadi. YUnon poeziyasi va drammasi haqida o‘z fikrlarini bildirib shunday yozadi». «Go‘zallik moddiy narsalarning o‘zida obe’ktiv ravishda mavjuddir. Unda tartib, hajm, simmetriya, butunlik, turli – tumanlik birligi kabi belgilar bor. San’at- go‘zallika taqlid qiladi». Arastu san’atni ijtimoiy tarbiya vositasi deb baholab, har bir insonda go‘zallik tuyg‘ullari kurtak ochishda, san’at asosiy rol o‘ynaydi deb uqtiradi. «Poetika»asarida estetika masalalariga, san’at va adabiyot nazariyalariga aloqador bo‘lgan bir muncha muhim masalalar, ya’ni san’atning paydo bo‘lishi va uning turlari, san’atning voqelikka munosabati, estetik tuyg‘uning mohiyati, go‘zallik tushunchalari, badiiylik alomatlari, san’at turlarining xususiyatlari haqida fikrlar bildiradi. Arastuning qarashlaricha san’at, avvalo insonning faoliyati natijasida tug‘iladigan va o‘zining maxsus qonunlari va qoidalari asosida ish ko‘radigan alohida «ijodiyot» sohasidir. San’atning voqelikka bo‘lgan munosabati faqatgina yuzaki taqlidchilik, hayotiy voqealar ko‘zga qanday tashlansa, shunday aks ettirish bilan emas, balki badiiy asarning ichki mazmuni, voqelarni aktiv suratda mushohada qilish bilan belgilanadi. «SHoirning vazifasi – deb yozadi Arastu, haqiqatan bo‘lib o‘tgan narsalar haqida emas, balki chindan ham ham yoki zaruriat yuzasidan ro‘y berishi lozim bo‘lgan narsalar to‘g‘risida chaqirishdir. SHoir bilan tarixchining farqi shundaki, ulardan biri haqiqatan bo‘lib o‘tgan narsalar haqida, ikkinchisi yuz berishi mumkin bo‘lgan narsalar haqida gapiradi. SHu sababli, tarixga qaraganda poeziyaning ko‘proq falsafiy va jiddiy ma’nosi bor, chunki poeziya umumiy narsalar haqida, tarix esa xususiy narsalar to‘g‘risida gapiradi» (A. Alimuxamedov. Antik adabiyot tarixi. Toshkent «O‘qituvchi» 1975 yil 220- bet) Arastuning fikricha poetik adabiyot hayotda uchraydigan o‘tkinchi va tasodifiy voqealar bilan emas, balki har bir voqea uchun xarakterli bo‘lgan hodisalar bilan qiziqmog‘i darkor. Poeziyaning eng muhim vazifasi va boshqa fanlardan ajraladigan farqi aniq obrazlarda umumiy g‘oyalarni to‘g‘ri ifoda etishi, qahramonlarning ayrim xislatlarini chinakam rostgo‘ylik bilan ko‘rsatishdir. «Poetika» asarida Arastuning asosiy e’tibori tragediya masalasiga qaratilgan. U ushbu janr mohiyatini shunday ta’riflaydi. «Tragediya – muayyan hajmda yozilgan, jiddiy va tugullangan, so‘z vositasi bilan har bir qismi ayricha bezatilgan harakatga taqlid etish demakdir. Tragediya bayonot vositasi bilan emas, balki harakat orqali odamlarning dilida achinish va qo‘rquv uyg‘otish, ularni shu xildagi sezgilardan musaffo qiladi». Qadimgi «tragediya» so‘z qurilishi jihatidan ham turli shaklda yozilgan: uning uzviy qismlari dialog, monolog, ashula, xor va boshqa bo‘laklardan iborat bo‘lar edi. Imon, diniy e’tiqod, ilohiy qudratga ishonch qadim zamonlardan buyon insonlarning doimiy yo‘ldoshi bo‘lib kelgan. CHunki din inson ma’naviy, ichki ruhiy olamini kamolga etkazuvchi bebaho ne’matdir. Birinchi payg‘ambar Odam atodan toki so‘nggi payg‘ambar Muhammad sallollohi alayhi va sallamgacha bo‘lgan barcha Ollox elchilari insonlarni jaholat, buzg‘unchilik, yovuzlikdan yuz o‘girib, yaxshilik insonparvarlik, ezgulik, ilm- ma’rifat ziyosi bilan bahramand bo‘lib yashashga da’vat etganlar. Islom ham – adolat, haqqoniyat, yaxshilik, insonparvarlik, tinchlik dini sifatida maydonga kelgan. Islom ilm, ma’rifat, madaniyat, axloq- odob hikmat xazinasidir. Ilm, hikmat chashmasidan bahramand bo‘lgan har mo‘min va mo‘mina hayot, olam go‘zalligi va lazzatini tushinib, xis qilib, baho bera oladi. SHoir tili bilan aytganda^ Go‘zallik dunyosi hikmat ichida, Lazzatning asosi hikmat ichida. Buzilgan fe’l ila aynigan xulqning, Eng o‘tkir da’vosi hikmat ichida. SHarq Uyg‘onish davri ma’rifati, madaniyati, adabiyoti va san’ati bevosita islom dini, uning asosi hisoblanmish Qur’oni Karim va Hadisi SHarif ko‘rsatmalari asosida maydonga kelganligi barchaga ayondir. Islom dastlabki davrdan boshlab ilm, ma’rifatni targ‘ib qilib, xalqni jaholatdan qutqarishga da’vat etdi. Qur’oni Karimning ilk nozil bo‘lgan oyati «Iqro»- «O‘qi» degan so‘z edi. Pag‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vassalam (S.A.V.)»O‘qishni bilmayman» deganlarida «YAratganning nomi bilan o‘qi» degan Olloh so‘zi bir necha bor aytilgan ekan. SHu kundan boshlab islom dinini qabul qilgan musulmonlar Olloh tomonidan vahiy qilingan Qur’oni Karim oyatlarini o‘qib, yodlab, o‘z hayotlariga tadbiq qilishga intilib kelmoqdalar. Olloh taolo «Toha» surasining 114- oyatida Payg‘ambarimizga: «Qul rabbin zidnii ilman» ya’ni «Ayting Parvardigorim, ilmimni yanada ziyoda qilgin»deb buyuradi. Zotan Islom ta’limoti bo‘yicha ilm- egalari ikki dunyo soadatiga erishadi. Muhammad sallollohu alayhi vasallamning shunday muborak hadislari bor: «Olloh taolo kimgaki yaxshilikni ravo ko‘rsa, uni din ilmini tushunadigan qiladi». Haqiqiy ilm sohiblari olam haqida, vaqtinchalik hayotning mazmun- mohiyati to‘g‘risida, bu foniy dunyo va kelgusidagi boqiy dunyo haqida chuqur mushohada yurgizib, o‘z hayoti haqida ezgu amallar qilishga harakat qiladi. Ular har qanday yomon ishlarni gunoh hisoblaydi va Ollohdan qo‘rqib savobli ishlarni ko‘proq qilishga intiladi. «Fotir» surasining 28- oyatida shunday deyiladi: «Ollohdan bandalari orasidagi olim bilimdonlargina qo‘rqur». Payg‘ambar Muhammad sallollohu alayhi vasallam shunday deganlar: «Olimning obiddan afzalligi to‘lin oyning yulduzlardan ortiqligiga o‘xshaydi». Demak, olimlar o‘zgalarga nur taratuvchilar deya ulug‘lanmoqda. Darhaqiqat olimlar insonlar ma’naviy ruhiy olamini va imon- e’tiqodini tarbiya qiluvchilar hisoblanadi. Payg‘ambarimiz s.a.v hamisha o‘z ummatlariga ilm olishga da’vat etib, shunday deganlar: Ilm talab qilmoq har bir erkak va ayol musulmonga farzdir» «Beshikdan to qabrgacha ilm talab qilinglar». Islom barcha musulmonlarni har tomonlama ma’naviy barkamol va go‘zal axloqli bo‘lishga da’vat etadi. Musulmonlar o‘zaro bir- birini ko‘rganda «Assalomu alaykum», ya’ni «Sizga tinchlik va omonlik tilayman» deya so‘rashadilar. Bu jumla ilk bor Olloh tomonidan Odam alayhissalomga qarata aytilgan: «Ey Odam, borib anavi farishtalarga salom bergin, ular qanday javob qaytarsalar, shu so‘zlar senning va zurriyotlarining salom- aligi bo‘ladi». Odam alayhissalom farishtalarga «Assalomu alaykum» deb salom berdilar. Farishtalar: «Vaalaykum assalom va rahmatullloh» deya javob qaytardilar. Olloh ta’lim berib o‘rgatgan bu nurli hikmat salomlashish bizga odam alayhissalomdan meros bo‘lib qolgan.Qur’oni Karim «Nur» surasining 61- oyatida shunday kalima bor: «Bas qachon uylarga kirsangizlar bir – birlaringizga Olloh xuzuridan bo‘lgan mubarak pokiza salomni aytinglar (ya’ni: Assalomu alaykum» denglar. Sahoba Anas ibn Molik Payg‘ambarimiz s. a.v. dan eshitgan ushbu hadisni rivoyat qilgan: «Payg‘ambarimiz menga besh amalni qilish lozimlligini uqtirdilar. Ey Anas, tahoratingni erinmasdan mukammal qil, umring ziyoda bo‘ladi. Menning ummatimdan kim yo‘liqsa salom bergin, savoblaring ko‘payadi. O‘z uyingga kirganigda ahlingga salom ber (ya’ni bola – chaqalaringga salom ber), uyingga hayru baraka kiradi. CHashgoh nomozini o‘qigin, chunki bu namoz sendan oldin o‘tgan, Ollohdan berilgan bandalarning namozidir. Ey Anas, yosh bolalarga rahm- shafqatli bo‘lib, qariyalarni hurmat qilgin, qiyomatda menga hamroh bo‘ladi» Payg‘ambarimiz s.a.v. nihoyatda sodda, kamtar, samimiy va xushmuomila bo‘lib birinchi bo‘lib o‘zlari duch kelgan odamga salom berar, xatto yosh bolalarga ham salom berar ekanlar. Ravohil Muslim Payg‘ambarimizdan shunday rivoyat qiladi: «Iymonga kelmaguncha jannatga kirmaysizlar. Bir – birlaringni yaxshi ko‘rmaguncha iymonli bo‘lmaysizlar. Sizlarga bir narsani aytaymi? «O‘sha narsani qilsalaring bir – biringizlarni yaxshi ko‘rasizlar, salomni oralaringda oshkar qilinglar» O‘zaro ko‘rishganda salomlashib, bir – biriga niyatlar izhor etish orqali insonlar orasida mehr – muhabbat, birodarlik, yaqinlik tuyg‘ulari kurtak otadi. Musulmonlar bir – birlari bilan salomlashib ikki qo‘llab ko‘rishadilar. Kishilar bir – birlari bilan birinchi marta uchrashganlarida ko‘rishish sunnat, ikki va undan ko‘p bora uchrashayotganlar uchun ko‘rishmoq mustahabdir, ya’ni shu ishni qilsa yaxshi, qilinmasa gunoh hisoblanmaydi. Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. o‘zlari axloq va aqlda barkamol, boshqalarga har tomonlama o‘rnak bo‘larli, ma’naviy dunyosi go‘zal zot bo‘lganliklari sababli boshqalarni ham shunday bo‘lishga chorlab ushbu xadislarni qayta - qayta aytganlar: «Insoniylik va ma’naviy go‘zallikni kamolga etkazish uchun Olloh meni insoniyatga yubordi», «Ibodatlarning eng afzali bir iymonli kishining qalbiga xursandchilik solishdir», «Tili va qo‘lidan birovga zarari etmaydigan kishigina musulmondir» Qur’oni Karimda «Olloh go‘zal va u go‘zallkni sevadi» degan oyat bor. Darhaqiqat, Olloh yaratgan jami mavjudotlarda, tabiatda ajoyib go‘zallik mujassam. Qur’oni Karim va hadislarda ham juda ko‘p bor «chiroyli hayot», «go‘zal axloq», «chiroyli sabr», «go‘zal inson» tushunchalari ishlatilishi bejiz emas. Aql va tafakkur egasi bo‘lmish inson hamisha go‘zallikka intiladi, go‘zallikdan rohatlanadi, go‘zal hayot kechirishga harakat qilib, uy, hovli, ko‘cha, ish joyi, kiyim, ro‘zg‘or jihozlari, mehnat qurollarining ham go‘zal bo‘lishini xoxlaydi. SHu sababli inson kecha- kunduz tinmay izlanadi, mehnat qiladi, o‘zi yaratgan go‘zal kashfiyotlardan xuzurlanadi, ruhiy oziq oladi. SHarq Uyg‘onish davri deb atalgan IX-XII asrlarda ilm- fan, adabiyot va san’at, madaniyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, O‘rta Osiyolik bir qancha buyuk mutafakkirlar etishib chiqdi. Juda ko‘p mamlakatlarda islom dini davlat diniga aylanib, shu o‘lkalarda diniy bilim bilan birga dunyoviy ilm- fan ma’rifat, madaniyat keng rivoj topdi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv kabi shaharlar yirik ilm- fan, madaniyat markaziga aylandi. IX asr boshlarida xokimiyatni o‘z qo‘liga olgan Somoniylar sulolasi salkam bir asr davomida mamlakat obodonchiligi, yurt osoyishtaligi, ilm- fan rivoji uchun rahnomalik qildi. Maktab va madrasalar davlat qaramog‘ida bo‘lib, yoshlarning har tomonlama bilimli bo‘lishiga katta e’tibor berildi. Islom dini va dunyoviy fanlar har tomonlama chuqur o‘qitildi. SHu davrda mashhur olimlar,shoirlar, rassomlar, musiqachilar, me’morlar etishib chiqdilar. Ahmad al- Farg‘oniy, Muso al- Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ismoil al- Buxoriy, Imom at- Termiziy, Mahmud Qoshg‘ariy, YUsuf Xos Hojib, Najmiddin Kubro, Abduxoliq ~ijduvoniy, Ahmad YAssaviy, Maxmud Zamahshariy, Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Bobur, Bexzod, Barbod Marvaziy kabi yuzlab ahli donishlar o‘z asarlarida olam, tabiat, inson go‘zalligini turli yo‘nalishda ta’svirlash va baholashda o‘ziga xos falsafiy – estetik ta’limotlar yaratdilar. «SHarq Aristoteli», «ikkinchi muallim» nomlari bilan mashhur bo‘lgan Abu Nasr Forobiy (873-950 yillar) 160 dan ortiq asarlar yozgan. U Turkiston shahri yaqinidagi Forob qishlog‘ida tug‘ilgan. Buxoro, Samarqandda ta’lim olgan. Arab xalifaligi markazi Bag‘dodda o‘qishini davom ettirgan. Umrining oxirgi yillarida Halabda so‘ng Damashqda yashagan va shu erda vafot etgan. O‘z davrining yirik mutafakkiri, qomusiy olami buyuk faylasuf va gumanist bo‘lgan Forobiy ilg‘or falsafiy maktabning shakllanishiga ulkan hissa qo‘shdi va uning muhim masalalari va asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi. U matematika, astronomiya, adabiyot,tilshunoslik, musiqa, tibbiyot, mantiq, falsafa, etika, estetika fanlariga oid qator risolalar yozdi. Qadimg i yunon olimlarining asarlarini tarjima qildi. Forobiy ko‘p jildli «Musiqa haqida katta kitob» asari bilan O‘rta asrning mashhur musiqashunosi sifatida tanildi. Ushbu asarda muzika tarixi va nazariyasi chuqur bayon qilingan. Forobiyning o‘zi taniqli muzikachi, ajoyib sozanda va bastakor, muzika asboblari ixtirochisi bo‘lgan. Tarixchi, arab olimi Ibn Abi Usaybianing hikoya qilishicha: «Forobiy ajoyib bir musiqa asbobi yasagan, unda juda ham go‘zal, yoqimli kuylar eshitish mumkin bo‘lgan, hatto bu kuy eshituvchini juda ham zavqlantirib yuborgan». Forobiy bastakor tomonidan yaratilgan kuy va qo‘shiqning inson ichki ruhiy olamiga chuqur ta’sir ko‘rsatishini ta’riflab shunday yozadi: «Muzika hunari yoki san’ati nomi bilan yuritiladigan hunarning mantiqiy va aqliy tarkiblaridan iborat bo‘lishi va haqiqiy tasavvurlardan tug‘ilgan bo‘lishi kerakligi bunday tasavvur inson ruhining eng nozik eridan qaynab chiqadi. Bunday tarkib ma’lum bir shakl ostidagi ohang holida sezgi quvvatlarimizga ta’sir bag‘ishlab, o‘zini ko‘rsatadi (Forobiy, «Risolalar Toshkent. 1975 yil, 62- bet). Forobiy «Buyuk kishilarning naqllaridan» asarida she’riyat, muzika va ashulaning juda katta tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr bildirib, shunday yozadi:, «SHe’rning olti xili bor. SHundan uchtasi yaxshi va uchtasi yomon xilidir. YAxshilardan biri shuki, uning yordamida inson aqliy quvvatini mukammalashtiradi, saodatga olib boruvchi fikr oydinlashadi, yaxshi ishlarga, fazilatli bo‘lishga ilhomlantiradi, xasislik, yomon va qabih ishlardan saqlanadi. Ikkinchi yaxshi xili kishining ruhiy sezgilarini yuksaltiradi, xaddan tashqari ehtiyotkorlikdan holi qiladi. Izzat nafsini saqlaydi, g‘azablanishdan yomon ishlardan ehtiyot bo‘lishiga yordam beradi. Uchinchisi kishini zaiflikdan saqlaydi. Uchta yomon xili ana shu uchta yaxshi xulqning aksidir… Muzika va ashulada ham xuddi she’riyatdagiday uchta yaxshi va uchta yomon tomon bor». (O‘sha kitob 112- bet). Forobiy «SHe’r san’ati», «SHoirlarning she’r yozish san’ati qonunlari haqida» kabi asarlarida mohir adabiyotshunos sifatida so‘z, she’riyatning inson ma’naviy – ruhiy olamiga ta’siri to‘g‘risida fikrlar bildiradi. Tragediya, komediya, drama, ritorika, satira, poema kabi adabiy janrlarning o‘ziga xos tomonlari haqida o‘z mulohazalarini bayon qiladi. Forobiy estetik ta’limotining asosini adabiyot va san’at asarlarining jamiyat taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasi, insonlarni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash masalasi tashkil etadi. Forobiy «SHoirlarning she’r yozish san’ati qoidalari haqida» risolasida shunday yozadi: «Biz shunday deymiz: bu san’at ahli bilan naqsh beruvchi rassom san’ati o‘rtasida qandaydir munosabat bor. Bu shundayki, she’r san’atini bezaydigan narsalar so‘z- mulohazalar bo‘lsa, rassomlar san’ati bezaydigan narsa – bo‘yoqlar sanaladi. Bularning ikkovi o‘rtasida farq bor, ammo ikkalasi ham odamlar tasavvuri va sezgilarida bir maqsadga – taqlid qilishga yo‘nalgan bo‘ladi (Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar shahri» Toshkent A. Qodiriy nashriyoti. 1993 yil, 124 – bet). Forobiy «Baxt saodatga erishuv haqidagi» risolasida inson go‘zallikni samarali idrok etish uchun unda nozik tabiat va aqliy mukammallik zamini bo‘lishi kerak, hissiy aqliy qobiliyatiga ega bo‘lgan insongina dunyoning barcha sirlarini bila olish mumkin deb ta’kidlaydi. «Inson aql idroki tufayli haqiqiy insonga aylandi, bilim insonga baxt- saodat keltiradi, inson bilish orqali o‘zida go‘zallik va mukammallikni kashf etadi» deb o‘qtiradi. Forobiy inson qobiliyatini ikkiga to‘g‘ma va keyin erishgan qobiliyatiga bo‘ladi. Uning fikricha to‘g‘ma qobiliyatiga biologik, jismoniy va ba’zi ruhiy xususiyatlar kiradi. Uning fikricha «Insonning ijodiy faoliyati asosida bir narsani kashf etuvchi mushohada quvvat yotadi. Ijodning asosiy belgisi kashf qilish, ixtiro etishdir. Ijod muammosini Forobiy inson muammosi bilan bog‘lab tahlil qildi. Mutafakkirning ta’kidlashicha, inson eng yuksak kamolatga erishish uchun dunyoga kelgan»1 «Baxt saodatga erishish yo‘llaridan biri- bu inson uchun hayrli va foydali bo‘lgan narsalarni ijod qilishdir. «Kimda- kim eng go‘zal va foydali narsalarni kashf etish fazilatiga ega bo‘lsa, kashf etgan narsasi chindan ham o‘zining istagiga va boshqa birovning istaganiga muvofiq bo‘lsa, yoki uni boshqalarning hohishiga muvofiq deb gumon qilinsa kashf yoki ijod etilgan narsa haqiqatni hayrli va foydalidir» Download 107.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling