13-Ma`ruza. Mavzu: Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja
Download 107.26 Kb.
|
13-estetika
TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
REJA: Tabiat estetikasi Texnika estetikasi Mehnat estetikasi Sport estetikasi. Biz tabiatni nutqlarimizda, she’rlarimizda, maqolalarimizda “Ona-tabiat” deb ataymiz. Darhaqiqat, tobimiz qochsa, shifokorlar bizga bahavo, shaffof suvli tabiat qo‘ynida joylashgan oromgohlarga borishni, kimsasiz daryo bo‘ylaridagi butazorlar orasida chodir qurib, bir muddat tashvishlardan forig‘ yashashni tavsiya etadilar. SHahar shovqinlaridan, mehnatdan, axborotlar siquvidan charchaganimizda, jamoa bilan yoki oilaviy tarzda shanba yo yakshanba kuni tabiat qo‘yniga chiqib dam olamiz. Toliqsak, doim “onamiz” qo‘yniga intilamiz, ona-tabiat bizni davolaydi, go‘zalligi bilan hayratlantiradi, ruhlantiradi. Lekin bir-ikki kundan so‘ng yana hammasini unutamiz, tag‘in tabiatga bir xizmatkordek qaraymiz. Nega shunday? CHunki biz uni tushunmaymiz, uni bilmaymiz. SHu sababli biror bir odamning yaxshi yoki yomonligiga asl sabablar nimaligini, uning mohiyatini bilmaganimiz, tushunmaganimiz uchun “falonchining tabiati o‘zi shunaqa”, yoki muayyan hayvon yoxud o‘simlikning sir-sanoatidan bexabarligimiz tufayli uni “tabiatan o‘zi shunday” deyish bilan muammoga nuqta qo‘yamiz. Zero tabiat olamiy kubromi (katta olammi), olami sug‘romi (kichik olammi), ya’ni odammi, u – sirli, uni lozim darajada tushunmaymiz va bilmaymiz. Har qancha ekologiyaga e’tibor qilmaylik, uni fan sifatida zo‘r berib o‘qitmaylik, baribir tabiatni tushunishimiz qiyin, zotan ekologiya tabiatni asrashni, qutqarishni, boyitishni targ‘ib qiladi. Biroq ularning hammasiga faqat estetika yordamida, uning ekologiya bilan hamkorligida erishish mumkin. CHunki estetika insonga tabiatni sevishni, uning go‘zalligiga beg‘araz munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi, ya’ni tabiatni faqat odamlar uchun yaratilgan deb emas, uni jamiyatdan tashqaridagi umumolamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok etishni taqozo qiladi. Ha, tabiat go‘zallik va ulug‘vorlik manbai, lekin faqat inson uchungina shunday emas. Masalan, bulbul tunda, odamlar uxlaganda sayraydi, namozshomgul va ba’zi boshqa gullar faqat qorong‘u tushayotgan paytdan boshlab ochiladi. Demak, hayvonlarni, o‘tloqlarni, daraxtlarni, daryolarni, tog‘larni faqat “biz uchun” deb emas, “biz uchun ham” deb tushunishimiz lozim. Buyuk Kant tabiatni axloqiylik bilan bog‘laydi: “Kimniki bevosita tabiat go‘zalligi qiziqtirsa, bu uning fikrlash tarzida, yo‘q deganda, axloqiylikka, ezgulikka qobiliyat mavjudligidan dalolat beradi”, – deydi u.60 Ammo Hegelning, tabiatda ideal yo‘q, 60 Kant I. Sochineniya v 6 t. T. 5. M., Mыsl, 1966. S.314. shu sababli u ikkinchi darajali go‘zallik turi, degan fikri estetikada hukmronlik qilib keldi, ayniqsa, bu fikr tabiatni “bo‘ysundirishni” targ‘ib qilgan markschilikning tegirmoniga suv quydi. Natijada uzoq yillar mobaynida tabiat estetikasiga e’tibor qaratilmadi. Biz me’moriy obidalarni asrash, tiklash haqida qayg‘urdik, ularni estetik qadriyatlar deb e’lon qildik, lekin landshaft estetikasini chetga chiqarib qo‘ydik. Hozirgi kunda shu narsa aniq bo‘ldiki, tabiatni eng ulug‘ va mangu estetik qadriyat deb bilmaslik borib turgan estetik savodsizlikdir. Aniqrog‘i, bugun tabiatsiz estetikani tasavvur qilish mumkin emas. San’atga aylangan estetik ob’ekt sifatida tabiat deyarli barcha san’at turlarida va janrlarida o‘z aksini topadi. Boshqacharoq aytganda, tabiatni “o‘rganish”, “tushunish” barcha san’at turlariga xos. Masalan, badiiy adabiyotda hikoyadan – romangacha, she’rdan – dostongacha tabiat manzarasi tasvirlanmaydigan biror janrni topish mumkin emas. O‘rik daraxtining to‘rt fasldagi holati, ko‘klamdagi gullagan, yozda barg yozib, meva qilgan, kuzdagi oltin rangiga kirgan, qishda yalang‘och, shoxlari nayzaga o‘xshagan ko‘rinishlari badiiy adabiyotda ham, rassomlikda ham o‘z ifodasini topgan. O‘zbek xalq kuyi “CHo‘li iroq”da fojeaviylikni, Betxovenning “Oydin sonati”sida inson qalbi evrilishlarining, xayolga cho‘mgan quvonchning ifodasini ilg‘aymiz. Me’morlikda yaproqlarning peshtoqlardagi xandasaviy jilvasi, haykaltaroshlikdagi go‘zal kiyikning tasviri deysizmi, xullas, tabiat barcha san’at turlarida badiiy asarni go‘zallashtirib, ulug‘vorlashtirib turuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Download 107.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling