13-ma‘ruza: Qattiq yoqilg‘ilarni tayyorlash jarayoni va qurilmalari
Download 1.17 Mb.
|
13-mavzuga
- Bu sahifa navigatsiya:
- DARS TUGADI! SAVOLLAR BO’LSA MARHAMAT
Qabul qiluvchi yuk bo'shatish mexanizmining asosan ikki turi mavjud; vagon ag'daruvchilar va ostki qabul qiluvchi bunker hamda tirqishli bunkerlardan iborat. 2-rasmda berilgan birinchi turdagi moslamalardan o'zi ag'darilmaydigan (usti ochiq) yarim vagonlar vagon ag'daruvchilarga kiritilib mahkamlanadi va ag'dariladi. So'ngra vagon o'z holiga qaytariladi va vagon ag'daruvchidan chiqariladi. Vagon ag'daruvchining 1 soatdagi ish unumdorligi o'rta hisobda 12 ta vagonni bo'shatishni tashkil etadi, ya'ni vagonning yuk ko'tara olish kuchiga qarab, ish unumdorligi soatiga 600-1000 tonna ko'mirni tashkil etadi. Vagonning devorlaridan yoqilg'i qoldiqlarini ketkazish uchun vagonni 5 sekundlik vibrotozalashga qo'yiladi. Vagon ag'daruvchilarning qo'llanishi elektr stansiyalarda katta yoqilg'i sarflari bilan oqlangan.
Rotorli vagon ag'dargich. 1-vagon ag'dargich; 2-qabul qiluvchi bunker; 3-lentali ta'minlovchi; 4-lentali konveyer; 5-ko'priksimon kran; 6-tishli ko'mir maydalovchi moslama. Yoqilg'ini yuksizlantirish jarayoni hamda yuklangan vagonlarni ag'daruvchilarga uzatish, ularni tozalash masofaviy pult yordamida boshqariladi. Qabul qiluvchi, bo'shatuvchi tirqishli bunker moslamalar o'z-o'zini bo'shatuvchi vagonlarga moslangan. Bunkerdagi yoqilg'i gorizontal stolda bo'shatiladi.Elektr stansiyalarda muzlab qolgan yoqilg'ini bo'shatishdan oldin yopiq isitish xonalarida quritiladi. DARS TUGADI! SAVOLLAR BO’LSA MARHAMATDownload 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling