13-maruza. Viruslar vaularning klassifikatsiyasi. Reja


Sitorabdoviruslar kasallangan hujayraning sitoplazmasida replikatsiyalanadi. Viruslarni morfogenezi endoplazmatik retikulumda ro‘y beradi


Download 189 Kb.
bet11/11
Sana26.10.2023
Hajmi189 Kb.
#1723111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
13-maruza. Viruslar vaularning klassifikatsiyasi. Reja

Sitorabdoviruslar kasallangan hujayraning sitoplazmasida replikatsiyalanadi. Viruslarni morfogenezi endoplazmatik retikulumda ro‘y beradi.
Nucleorhabdovirus avlodi kartoshkani sariq pakanaligi virusini, jo‘xori mozaikasi virusini, baqlajonni xol-xol pakanaligi virusini va b.larni o‘z ichiga oladi.
Nukleorabdoviruslar o‘simlik yadrosida to‘planadi va yirik granulyar kiritmalar hosil qiladi (replikatsiyalanadigan joyi ham bo‘lishi mumkin).
YUqorida aytib o‘tilgan rabdoviruslar oilasiga kiradigan viruslardan tashqari morfologik o‘xshashlikga ega bo‘lgan 58 ta rabdoviruslar oilaga kirishi ehtimoli bo‘lgan fitorabdoviruslar bo‘lib, ular o‘simliklarni xar xil oila vakillarini kasallantiradi. Quyidagi virus turlari rabdoviruslar oilalariga kirishi mumki: sitrus o‘simliklarini moxov kasalligi, Dendrobium barglarini tilimlanishi virusi kabi viruslar kirishi mumkin.
6. Bunyaviridae oilasi
Tospovirus avlodi (tipga xos bo‘lgan turi - tomatni dog‘li so‘lishi virusidir)
Tenuivirus avlodi (tipga xos bo‘lgan turi – sholi shtrixliligi virusidir).
Orhiovirus avlodi (tipga xos virus – sitrus o‘simliklari psoriozi virusi). Bu oilaga o‘simlik viruslaridan tashqari birqancha hayvon virus avlodlari ham kiradi.
Bu oilani avlodlaridagi viruslarni morfologiyasi bir-biridan farq qiladi, ammo ular sferasimon ko‘rinishda yoki pleomorf bo‘lishi mumkin, diametrlari 80-120 nm, tashqi yuzasida qalinligi 5 nm li lipid qobiqdan chiqib turuvchi, uzunligi 5-10 nm li ikki qavatli glikoproteid o‘simtalarga ega. Odatda bu hujayrani Goldji membranasidan kelib chiqadi yoki kamdan-kam hujayra membranasidan kelib chiqadi. Virus nukleokapsidasi spiral simmetriyali bo‘lib diametri 2-2,5 nm, uzunligi 200-3000 nm.
Avlodni hamma tur viruslari bo‘g‘imoyoqli hasharotlarda replikatsiyalanadi.
Barcha avlod viruslari bo‘g‘imoyoqli-tashuvchilarda replikatsiyalanadi.
Tospovirus avlodiga balzaminni dog‘li nekrozlanishi virusi va tomatni dog‘li
so‘lish viruslari kiradi. Tospoviruslar 50 oilaga kiruvchi 300 dan ortiq o‘simlik turlarini kasallantiradi. Tospoviruslar 9 tur tripslarda persistent usulda yuqadi.
Tenuivirus avlodi ning xo‘jayin o‘smliklari bo‘lib donli o‘simliklar oilalari viruslari xizmat qiladi. M., jo‘xori shtrixligi virusi, sholini oq borgliligi virusi, sholini shtrixliligi viruslari kiradi.
Tenuiviruslar polupersisten usulda delfatsidlar yordamida tarqaladi, ba’zan transovarialno tarqaladi.
Ophiovirus avlodi viruslari mexanik usulda yuqadi, ammo donli o‘simliklarni kasallantirmaydi.
Download 189 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling