13-mavzu. “Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja
Download 52.16 Kb.
|
8-mavzu lotin “Etika” fanining
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vatanparvarlik e
Insonparvarlik axloqiy tamoyillarning eng qadimiy va eng muhimlaridan biri bo’lib, u - insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g’oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo’lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga yengilmas ishonch. Insonparvarlik tamoyilini dastlab Ovro’pa Uyg’onish mutafakkirlari ilgari surganlar, degan fikr mavjud. Aslida, insonparvarlik dastavval Sharqda o’rtaga tashlangan, insoniylik, insonparvarlik degan ma’noni bildiruvchi «namlulu» so’zi bundan 3-4 ming yillar avvalgi qadimgi Somir mix xatlarida uchraydi.
Insonparvarlik - umuminsoniy qadriyatlar sirasiga kiradi. Shu sababli uni sho’rolar davrida sinfiylik nuqtai nazaridan soxtalashtirish muvaffaqiyatsizlikka uchradi, proletar diktaturasi va totalitar sosialistik tuzum hamda ular ijodkorlarining insonparvarligi haqidagi afsonalar juda qisqa umr ko’rdi. Zero, biz qurayotgan erkin fuqarolik jamiyati nafaqat insonga mehr-muhabbat va izzat-hurmat ko’rsatishni asosiy tamoyil qilib olgan, balki shaxsning har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo’lgan haqiqiy insoniy shart-sharoitlarni yaratishni ham o’z oldiga oliy maqsad qilib qo’ygan. Vatanparvarlik eng ma’lum va mashhur tamoyil bo’lib, u insonning o’z Vataniga muhabbatini, uni asrab-avaylashga bo’lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Uni ko’pincha Vatan dushmanlariga qarshi ma’naviy-mafkuraviy qurol sifatidagina talqin etadilar. Aslida esa bu tamoyilning qamrovi ancha keng - u insonparvarlikning nisbatan muayyanlashgan shakli. U, eng avvalo, o’z vatandoshlari erkini asrash uchun kurash, inson ozodligi yo’lidagi xatti-harakatlardir. Vatan himoyasi, bu - inson himoyasi, millat himoyasi. Lekin bu himoya, yuqorida aytganimizdek, faqat jang maydonida emas, balki barcha sohalarda ham namoyon bo’lishi mumkin. Mazkur holatni ajoyib gurji yozuvchisi Nodar Dumbadze o’zining «Hellados» hikoyasida g’oyatda jonli tasvirlab bergan....13. Demak, vatanparvarlik tamoyili xayoliy tuyg’uga emas, balki muayyan zamonga, muayyan vatandosh-insonlarga bo’lgan muhabbatga asoslangan axloqiy xatti-harakatlar jamuljamidir. Hozirgi paytda yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalash, ularni Vatan ma’nosini teran anglab yetishga o’rgatish, vatanparvarlik - yuksak axloqiy tamoyil ekanini tushuntirish axloqshunoslikning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Download 52.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling