13-mavzu. “Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja
Download 52.16 Kb.
|
8-mavzu lotin “Etika” fanining
O’lim va o’lmaslik ahloqshunoslikdagi eng murakkab tushunchalardir. Avvalo shuni aytish kerakki, o’lim shu paytgacha axloqiy tushuncha sifatida «rasmiy» olib qaralmagan. Vaholanki uni eng katta yovuzlik, eng ulkan baxtsizlik tarzida talqin etish odat tusiga kirgan. Mantiqan olib qaralganda, ezgulik va baxtning ziddi bo’lgan tushuncha axloqqa taaluqli, ya’ni illatdir. Zero o’lim oliy qadriyat bo’lmish inson hayotini kesib qo’yadi, uning ezguliklar, yaxshiliklar qiliga bo’lgan imkoniyatini yo’qqa chiqaradi. Masalan, Ibn Sino, juda bo’lmaganda, yana o’n yil yashaganida 67 yoshga kirganida qanchadan - qancha ezgu ishlar qilgan, falsafa, tibbiyot va badiiy adabiyot sohasida ko’plab buyuk asarlar yaratgan bo’lur edi. O’lim uni, u orqali bizni ham ana shu ma’naviy ezguliklaridan mahrum qildi. Demak, o’lim, faqat biologik yoki tabiiy tushuncha emas, uning mohiyati ahloqiylik bilan chambaras bog’liq. To’g’ri o’lim – haq. Lekin bu yerda o’limning turlari mavjudligini unutmaslik lozim.
O’limning birinchi turi, bu- tabiiy, tashqi tabiat va inson ichki tabiati bilan bog’liq o’lim. U ikki xil bo’ladi: birinchisi – odatiy o’lim, u qarilik tufayli, inson a’zolarining hayotni davom ettirishga yaroqsizligi tufayli ro’y beradi. Ikkinchisi – halokat, u biror bir tabiiy ofat, yoki tasodiflar tufayli voqye bo’ladigan o’lim. Ikkinchi turdagi o’lim – jamiyat bilan bog’liq, u ham ikki xil bo’ladi. Birinchisi – majburiy o’lim, u odatda jazo shaklida amalga oshiriladi. Ikkinchi xili – bu dunyodagi azob–uqubatlardan, ular hoh ruhiy, hoh jismoniy bo’lsin, qutilib, uyqu bilan mangu orom olish uchun ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladigan o’lim, totli o’lim yoki evtanaziya deb ataladi. Ayni ana shu ikkinchi turdagi o’lim axloq bilan bog’liq. Chunonchi ikkinchi turdagi o’limning birinchi xili – ulkan yovuzlik hisoblanadi. Shunga ko’ra o’lim jazosi yovuzlikka qarshi yovuzlik ko’rsatishdir. O’lim borasidagi mulohazalarda yana bir muhim masalaga to’xtalamoq joiz. Xo’sh o’lim, odatda qabul qilingan tarzida, eng ulkan yovuzlikmi? Bunga dialektik yondashuv, orqali javob berish lozim. O’lim og’ir yo’qotish. «Lekin o’z o’zicha u tabiiy hodisa – yovuzlik emas... U uzoq davom etgan biologik (evolyusiya) mobaynida foydali va zarur ahamiyatga ega bo’ldi»11 Biz o’lmaslik deganida asosan ana shu holatni, ijtimoiy - ahloqiy ideal sifatidagi o’lmaslikni tushunamiz. Jisman o’lmaslik to’g’risidagi fikrlar esa tibbiyot muammosi bo’lib, unga erishning imkoni, yo’q, zero keksayish, inson a’zolarining qarishi mavjud ekan, ular albatta o’limga olib boradi. Ba’zi tadqiqotchilar, chunonchi I. V. Vishev, inson kosmosga chiqmasdan oldin, kosmos haqida fikrlagan, ilmiy ishlar olib borgan edi, o’lmaslik haqida ham shunday fikr bildirsa bo’ladi, mumkin, fan taraqqiyoti shunga olib kelish mumkin degan hayotbaxsh ruhdagi gipotezani ilgari suradi. Ayni paytda bu masalada «amaldagi o’lmaslik» tushunchasi bilan «o’lmaslik» tushunchasini qorishtirib yubormaslik muxim shart» ekanini ta’kidlab o’tadi.12. Demak, o’lmaslik mavjud va u ahloqiy tushuncha sifatida olib qaralishi lozim. Shu ma’noda axloqiy yuksak, fidoyi, ijtimoiy–axloqiy idealga aylangan insonlargina abadiylikka dahldordir. Asosiy mezoniy tushunchalar - kategoriyalar singari axloqiy tamoyillar ham axloqiy anglash shakllaridan hisoblanadi. Ularda axloqiy talab nisbatan umumiy tarzda ko’zga tashlanadi. Ular jamiyat tomonidan shaxsga qo’yiladigan talab tarzida namoyon bo’lib, insonning axloqiy mohiyatini, uning hayoti mazmunini, odamlar bilan o’zaro aloqalaridagi asosiy jihatlarni belgilab beradi. Natijada tamoyillar, inson xatti-harakatining umumiy yo’nalishini ko’rsatgan holda, ko’pgina axloqiy me’yorlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Download 52.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling