13-mavzu. “Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja


Download 52.16 Kb.
bet16/17
Sana24.06.2023
Hajmi52.16 Kb.
#1652844
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
8-mavzu lotin “Etika” fanining

Halollik. Halollik vijdon, adolat va burch kabi axloqshunoslik mezoniy tushunchalari bilan bog’liq, insoning o’zgacha munosabati o’zicha munosabatidek sof, pokiza bo’lishini talab qilidigan axloqiy me’yordir.
Halollika birinchi bo’lib to’xtalishimizning sababi shundaki, mustamlakachilik davrida, ayniqsa, sho’rolar hukmronlik qilgan chorakam bir asr vaqt mobaynida yolg’on, aldov, nopoklik, haromxo’rlik, munofiqlik singari illatlar xalqimizga shu qadar ustalik bilan singdirildiki, hozirgi paytda ko’pchilik odamlar halollik, rostgo’ylik ustidan hatto kuladigan bo’lib qolganlar. So’z bilan ish birligi yo’qolgan, qog’ozdagi chiroyli gaplar hayotga to’g’ri kelmaydi.
Rostgo’ylik yoki to’g’ri so’zlilik insonning haqiqatga intilishi bilan bog’liq haqiqat esa doimo sinfiylik, partiyaviylik-mafkuraviylik va tarixiylik-davriylikdan yuqori turadi. Haqiqatning ifodaviy shakllaridan biri rostgo’ylikdir. Demak, rostgo’ylik - insonning keyinchalik kasb etgan tabaqaviylik, - so’z ongiga, ruhiga singdirgan, ijtimoiy-hayotiy, davriy-tajribaviy xususiyat emas, balkining mohiyatida berilgan fazilat. Rostgo’ylik oson emas. U insondan sabr-toqat, matonat va jasoratni talab qiladi, rostgo’y inson qo’rquvdan forig’ bo’ladi, har qanday holatda ham vijdoniga qarshi bormaydi: kimlarningdir ko’ziga qarab, yaqinlarini yoki hamkasabalarini xafa qilishdan, o’z moddiy manfaatdorligiga zarar yetkazishdan cho’chmaydi. To’g’ri, bunday munosabat tufayli rostgo’y inson aziyat chekishi, ta’na-dashnomlarga qolishi mumkin. Lekin bularning hammasi bir odamga yoki muayyan guruhga voqyelikni asl holida yetgazganligidan, ularni noto’g’ri yo’lga solib yubormaganligidan qalbda paydo bo’lgan qoniqish hissi, xotirjamlik va orom tufayli yuvilib ketadi, ichki bir quvonch unga baland ruh bag’ishlaydi.
Insoflilik ham halollik kabi vijdon tushunchasi bilan bog’liq, ma’lum ma’noda halollikka o’xshab ketadi. Lekin bu yuzaki taassurot. Chunki halollik o’z haqi va haqqini, ya’ni moddiy va ma’naviy huquqini o’zgalarning haqi va haqqiga xiyonat qilmagan holda ajratib yashashni anglatadi. Insoflilik esa ijobiylikda halollikdan ham bir qadam olg’a tashlangan holatdir: unda kishi o’z halol haqi va haqqidan o’zganing hisobiga kechadi; «o’zga»ning sharoiti o’zinikidan nihoyatda og’ir va yomon ekanini hisobga olib, o’z qonuniy haqi va haqqini yoki ularning bir qismini ixtiyoriy ravishda o’zgaga beradi, muruvvat ko’rsatadi. Insoflilik va muruvvatlilik axloqiy me’yorlari jamiyat yetishtirgan moddiy boyliklarni uning a’zolari o’rtasida shaxsiy tashabbus asosida, og’riqsiz, huquqiy holatlarni poymol qilmagan holda qayta taqsimlanishiga, jamiyatning yanada farovonlashuviga o’ziga xos hissa qo’shadi.
Ayni paytda ba’zi bir odamlar guruhi uchun me’yorga aylanib qolgan yolg’onchilik, xudbinlik, shuhratparastlik kabi illatlar ham bor. Jamiyatning axloqiy-ma’naviy yuksakligi ushbu illatlar singari salbiy hodisalardan qanchalik kutilgani bilan bog’liq.

Download 52.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling