13-mavzu. “Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja


Download 52,16 Kb.
bet15/17
Sana24.06.2023
Hajmi52,16 Kb.
#1652844
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
8-mavzu lotin “Etika” fanining

Ziyolilik tamoyili hozir biz anglaydigan tushuncha ma’nosida nisbatan uzoq tarixga ega emas. U jadidchilik harakati bilan birga yuzaga keldi desak, xato qilmagan bo’lamiz. Lekin bu tamoyilning inson faoliyatidagi dastlabki unsurlari O’rta asrlar va undan keyingi davrlardagi ma’rifatparvarlar hayotida shakllanganini e’tirof etmoq lozim. Ya’ni, u insoniyat jamiyatidagi madaniy va intellektual - aqliy taraqqiyot bilan bog’liq. Shu bois uni inson paydo bo’lganidan ancha keyin vujudga kelgan axloqiy hodisa deb talqin etish maqsadga muvofiq. XX asr allomalaridan biri, buyuk olmon faylasufi, «Frankfurt maktabi»ning namoyandasi Teodor Adarno Ikkinchi jahon urushidagi genosiddan so’ng, ziyolilik - axloqiy kategoriya, degan fikrga kelganida mutlaqo haq edi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ziyolilik axloqiy tushuncha - tamoyil sifatida murakkab va ko’pyoqlamalik tabiatiga ega. Ba’zilar ziyolilik deganda oliy ma’lumotli kishiga xos bo’lgan fazilatni tushunadilar. Vaholanki, ziyolilik tamoyili tabaqa yoki guruhga mansublik ma’nolarini anglatmaydi. Oddiy fermer - dehqon ham, haydovchi ham, farrosh ham ziyolilik tamoyili bilan ish ko’rishi va atrofdagilar tomonidan: «Ha, falonchimi, juda ajoyib, ziyoli odam-da», degan yuksak ijtimoiy bahoga loyiq bo’lishlari mumkin. Bunda u odamning kasbidan qat’i nazar, ham bilim, ham fahm-farosat, ham oliy maqsadlar egasi ekani tushuniladi. Shunday qilib, ziyolilik asosida insonning ma’naviy-ma’rifiy yuksakligi, qalbidagi ichki nur, atrofni ham nurlantira oladigan ziyosi bilan belgilanadigan xatti-harakatlar yotadi.
Shuningdek, Mehnatsevarlik, Tinchlikparvarlik, Jo’mardlik, o’zbekchilik, mehmondo’stlik kabi tamoyillar mavjud. Ular millatimizning eng yaxshi an’analariga sadoqat tuyg’usidan kelib chiqadi va o’zbek kishisiga xos bag’ri kenglik, do’stga, mehmonga borini bag’ishlashdek xususiyatlarni o’zida mujassamlashtiradi.
Inson hayotida axloqiy me’yorlar ham katta ahamiyatga ega. Ular tamoyillarga nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli. Ularni kundalik hayotimizda ma’lumaxloqshunoslik tushunchalarini va axloqiy tamoyillarning amalga oshish murvatlari ham de-yish mumkin, ular axloqiy talablarning eng oddiy, lekin keng tarqalgan shakli sifatida ro’yobga chiqadi. Halollik, rostgo’ylik, hayolilik, insoflilik, xushmuomalalik, boodoblik, kamtarlik singari me’yorlar ayniqsa diqqatga sazovor.

Download 52,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling