13-mavzu. “Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja


Download 52.16 Kb.
bet3/17
Sana24.06.2023
Hajmi52.16 Kb.
#1652844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
8-mavzu lotin “Etika” fanining

Axloq va iqtisodiyot. Har bir mamlakat va uning aholisi uchun, boshqacharoq aytganda, millat va davlat uchun iqtisodiyot hal qiluvchi ahamiyatga ega. Zero mamlakat va xalq farovonligini hamda shu farovonlik asosida vujudga keladigan millatning ma’naviy darajasi iqtisodiyotning qay yo’sinda rivojlanishiga bog’liq. Iqtisodiyotning ravnaqi esa avvalo erkinlikka borib tarqaladi. Davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan mamlakat taraqqiyotinning besh tamoyili tom ma’nodagi tarixiy hodisa bo’ldi. Undagi davlatning bosh islohotchiligi, iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi, kuchli ijtimoiy himoya tamoyillari teran axloqiy mohiyatga ega edi. Shu bois Respublika Prezidenti Islom Karimovning «Iqtisodiy jihatdan erkin mehnatni tiklash turmushimizda asta-sekin qaytadan (ta’kid bizniki - A.Sh.) qaror topayotgan axloqiy holatdir»,3 degan so’zlari o’sha davr xususiyatlarini aniq ko’ra bilish natijasida chiqarilgan obyektiv xulosa edi. Chunki qonun himoyasidagi kishilarning ko’pchiligi qonunbuzarlarga qarshi kurashish niqobi ostida o’z shaxs manfaatlari uchun qonunni buzardilar, Ayniqsa bu iqtisodiyotda bank, hokimiyat va soliq tizimida yaqqol ko’zga tashlanardi. Masalaning bu bir tomoni edi. Ikkinchi tomoni esa, xususiy tadbirkorlikning yo’lga qo’yilishi natijasida qo’shtirnoq ichidagi «tadbirkorlik»ning, soliqqa tortilmagan yashirin korxonalarning ko’plab paydo bo’lishiga olib keldi. Bularning hammasi iqtisodiyotda axloqiylikni tiklash, uni axloqiylashtirish muammosini o’rtaga tashladi. Zero axloqdan tashqridagi iqtisodiyot mamlakatni ravnaqqa emas, tanazzulga olib kelishi tabiiy holdir. Shu bois bu borada juda ko’p ishlar qilinadi.
Iqtisodiyotni axloqiylashtirishdagi eng muhim ishlardan biri keyingi qator yillarning Respublika Prezidenti tashabbusi bilan muayyan ijtimoiy-axloqiy yo’nalishga bag’ishlanishidir. Chunonchi kirib kelayotgan yangi yillarning alohida nom bilan - «Ayollar yili», «Oila yili», «Mehr-muruvvat yili», «Homiylar va shifokorlar» yili, «Ijtimoiy himoya yili» atalishi quruq gap bo’lib qolgani yo’q. Ular iqtisodiyotda «asta-sekin qaytadan qaror topayotgan axloqiy holat» ning yorqin misollari bo’ldi, davlat bilan jamoatchilikning qo’lga - qo’l berib ishlashini ta’minladi; aholining badavlat qismiga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni, shaxslarni iqtisodiy qo’llab - quvvatlashga o’rgatdi. Natijada badavlat kishilarning mulkka egalik huquqini poymol qilmagan holda, ularni mehr-muruvvat, sahiylik, jo’mardlik kabi axloqiy tamoyillar va me’yorlar asosida boshqalarga yordam ko’rsatishlari jamiyatdagi odatiy holga aylana boshladi. Iqtisodiy himoyaning bunday shaklini iqtisodiyotini axloqiy murvatlar yordamida boshqarishning ajoyib namunasi deb atash mumkin. Faqat axloq bilan mustahkam aloqada bo’lgan iqtisodiyotgina haqiqiy taraqqiyot yo’liga kira oladi.

Download 52.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling