13-mavzu: Hol ergash gapli qoʻshma gaplar. Payt, oʻrin, sabab, maqsad ergash gapli qoʻshma gap. Reja


Download 243.75 Kb.
bet6/8
Sana19.06.2023
Hajmi243.75 Kb.
#1615461
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
13-mavzu.Hol ergash gapli qoʻshma gaplar. Payt, oʻrin, sabab, maqsad ergash gapli qoʻshma gap

Ergash gap


Bosh gap

..............deb,

......................

...........-sin deb,

.................

...........-di deb,

..................

..........-ar deb,

..................

............-sa deb,

..................

.............-mi ekan deb,

.............

.................-deya,

........................




Bosh gap

Ergash gap

..............,

toki.........................

..............,

.................-sin deb.



Shart ergash gapli qoʻshma gap
Shart ergash gap bosh gapdagi voqea-hodisaning qanday shart bilan yuzaga kelishini bildiradi. Shart ergash gaplar har uch zamonda real ravishda yuzaga keladigan harakatni yoki taxmin; qilingan voqeani ifodalaydi. Shunga koʻra shart ergash gaplar ikki turga ajratiladi: 1) real voqea-hodisani ifodalaydigan shart ergash gaplar; 2) moʻljallangan, taxmin qilingan voqea-hodisani ifodalaydigan shart ergash gaplar.
Real shartni bildiruvchi ergash gap bosh gapdagi harakatning ma’lum shart bilan yuzaga kelishini, undagi shart aniq ekanligini koʻrsatadi. boʻladi. Shart ergash gaplar real voqeani ifodalaganda, ergash gapdagi shart bosh gapdagi natijani keltirib chiqaradi. Bunday ergash gaplar bosh gap bilan fe’lning -sa shakli, kelasi zamon sifatdoshi + ekan toʻliqsiz fe’li, yoʻqsa, boʻlmasa yordamchilari orqali birikadi.
Eragash gap bosh gapga -sa orqali bogʻlanganda ergash gapning kesimi koʻpincha fe’l kesim boʻladi: Mehnat qilsang, baxting ochiladi (Sh. Rashidov).
Ergash gapdagi shart taxmin qilingan, moʻljallangan voqeanj ham ifodalashi mumkin: Koʻzim ilgari ochilgan boʻlsa edi, men oʻz yuragimni boʻrilarga edirar edimmi? (0.) Agar mamlakatda jabr-zulm benihoyat avj olmasa edi, ishqingiz qora kiymas edi. (0.)
Shart ergash gaplarning bosh gap bilan bogʻlanishida, ergash gapni belgilashda grammatik shakl yoki shu vazifani ba- jaruvchi intonatsiya hal etuvchi rol oʻynaydi.
Shart ergash gap bosh gapga fe’lning shart mayli shakli, oʻtgan zamon sifatdoshi+oʻrin-payt kelishigi qoʻshimchasi, kelasi: zamon sifatdoshi -\-ekan yordamchisi, yoʻqsa, boʻlmasa yordamchilari vositasi bilan birikadi. Bulardan tashqari, ergash gap tarkibida agar, bordiyu, basharti, mabodo soʻzlari qoʻllanadi. Shu vaqtgacha shart bogʻlovchilari sanalib kelinayotgan bu soʻzlarning oʻzi ergash gap bilan bosh gapni bogʻlay olmaydi. Ular asosan gapdagi shart ma’nosini kuchaytiradi va ta’kidlab koʻrsatadi.
1. Shart ergash gapning kesimi -sa edishakli bilan ifo- dalanib, ergash gapdagi voqeaning yuzaga kelmaganligini, uning faqatgina moʻljallanganligini hamda taxmin qilinganligini bildiradi. Koʻpincha bunday qoʻshma gaplarning bosh gapi kesimi tarkibida ham edi yordamchisi ishtirok etadi: Koshki bu musofirlik ustida donishmand ota-onalarim yana 4‒5 yil sogʻ boʻlsalar edi, oʻzimni anchalik tutib, har bir tilagimga eng oson yoʻllar bilan etishni toza oʻrganib olar edim. (H. H.) Halol mehnat qil- masak edi, bunday farovon hayotga erishmagan boʻlardik. Agar sa- doqati samimiy boʻlsa, xoqon hazratlari sinagan boʻlsalar, ka- mina uchun e’tirozga oʻrin qolmas edi. (O.)
Shart ergash gaplarda -sa affiksidan soʻng shaxs qoʻshimchalari har uch shaxs boʻyicha qoʻshilib kelaveradi: Men kelsam, sen kelsang, ...; biz kelsak...va hokazo.
Ba’zan bunday qoʻshma gaplarda predikativ qismning egasi tushib qoladi. Bunda ega fe’l kesimdagi shaxs-son qoʻshimchalari- ga qarab topiladi: Chaqirsam, kelmading (men chaqirsam, sen kelmading).
2. Shart ergash gaplarning kesimi bosh gapga -gan-\-da (-gan + -\-da edi)shakli vositasida boglanadi. Bunday ergash gaplar shaklan payt ergash gapga oʻxshaydi. Lekin gap mazmuni va bosh gapdagi fe’l kesimning zamoni (tugallanmagan oʻtgan zamon for- masi) uning shart ergash gap ekanligini koʻrsatib turadi. Ergash gapning tarkibida agar, mabodo, bordiyu kabi yordamchilar kel- ganda, shart ma’nosi yana ham aniqroq koʻrinadi. Masalan: Agar shu tuproq boʻlmaganda edi, menda na yurak, na baxt, na oila boʻlar edi.
Shart mayli shakli dagi fe’l ergash gapning kesimi boʻlib kelganda, shart yo payt bildiradi. Bu ma’nolarni farqlashda agar bogʻlovchisining ma’lum vazifasi bor: oʻsha gap shart bildirgandagina agar qoʻllanishi mumkin, boshqacha ma’no ifodalanganda agar soʻzini gap tarkibiga kiritib boʻlmaydi.
3. Ergash gapning kesimi bosh gapga -r(-ar) ekan, -gan ekan, -moqchi ekanshakli vositasida bogʻlanganda, bosh gapning kesimi hozirgi-kelasi zamon fe’li yoki modal soʻzlar bilan ifodalana- di. Masalan: Qarorlarimiz bajarilar ekan, hamma narsa moʻl- koʻl boʻlib ketadi. Nazokat ishingizga koʻmaklashmoqchi ekan, xur- sand boʻlishingiz kerak. (S. Ahm.) Men mehnat qilmas ekanman, oʻzim va xonadonim nima eb tirikchilik qilamiz.
4. Ergash gap bosh gapga -mi yuklamasi yordamida bogʻlanadi. Bunda -mi yuklamasi soʻroq ma’nosini ifodalamaydi: Intizom buzildimi, ishda unum boʻlmaydi. (U.) Xatosini boʻyniga oldimi, egilgan boshni qilich kesmaydi. (S. Ahm.)
Ba’zan ergash gap bosh gapga -sa bormi shakli vositasida bogʻlanadi: Inson bolasi jazm qilsa bormi, tomga lavlagi ekib, hosilini boʻgʻotning orasidan olish hech gap emas ekan. (S. Ahm.)
5. Shart ergash gaplar bosh gapga yuqoridagi grammatik for- malarsiz, boʻlmasa, yoʻqsa soʻzlari yordami bilan ham bogʻlanishi mumkin. Bu soʻzlar shart ma’nosini ifodalab, -sa affiksi funksiyasini bajarsa ham, bosh gap tarkibida keladi: Tezroq keling, boʻlmasa qaytib ketamiz. Och darvozang, yoʻqsa boshing olaman. (I.)
Yoʻqsa soʻzi tilimizda kam ishlatiladi. Boʻlmasa, yoʻqsa soʻzlari qoʻshma gapdagi har ikki voqeaning, shart bilan birga, qarama-qarshi qoʻyilganini bildiradi.
Shart ergash gap bosh gapdagi voqeaning yuzaga kelishi, bajarilishi ehtimol tutilganligini koʻrsatib kelganda, ba’zan bosh gap tarkibida albatta, ehtimol, balki soʻzlari ishlatiladi: Choyxonadami, chayla yo paykaldami, toʻrtta odam jam boʻlsa, albatta, hosil haqida, plan, sentner haqida gap boʻladi. (S. Ahm.) Erta-indin safar anjomi tayyor boʻlsa, balki joʻnarmiz.
Shart ergash gap ba’zan bir tarkibli gap yoki toʻliqsiz gap shaklidagi bosh gapni izohlab keladi: Agar kampir tirishgan yuzini xiyol koʻrsatib oʻtirmasa, shu churuk mato ichida jonli inson borligiga shubhalansa boʻlar edi. (As. M.) Qari kelsa, oshga; yosh kelsa, ishga. (Maqol.)
Shart ergash gapli qoʻshma gaplarda qismLarning oʻrinlashishi turli uslubiy talabga, asarning janr xususiyati- ga va yordamchilarning qoʻllanishiga qarab turlicha boʻladi. Bosh gapga -sa (edi), -ganda (edi), -r(-ar) ekan, boʻlmasa, yoʻqsa, -mi kabi yordamchilar orqali birikkan shart ergash gap koʻpincha oldin keladi. Masalan: Alisher janoblarining aziz boshlari omon boʻlsa, elimizga daryo-daryo muhabbatlari oqur. (0.) Bosh gapning ega tarkibi yoki bosh gapning oʻzi alohida ta’kidlab aytilsa, shuningdek, she’r talabi bilan ergash gap bosh gapning oʻrtasida yoki ui dan keyin keladi. Masalan: Biz odamlar qasd qilib qoʻl koʻtarsa, past boʻlib qoʻl qovushtirdik. (A. Q.) Onalarda gʻam qolmas, mustahkam boʻlsa tinchlik.
Bosh gapning kesimi fe’lning buyruq mayli shakli da boʻlib, -ki yordamchisini olib kelsa, bunday ergash gap bosh gapdan keyip keladi. Bunday qoʻshma gaplarda koʻpincha ahd qilish, qasam ichish, va’da berish kabi ma’nolar ifodalanadi: Sening koʻzing surmasi dan ayrilgan bu koʻzlarimga lahad tuproqlari toʻlsinki, bir odim sendan yiroq qolsam. (H. H.)
Shart ergash gapli qoʻshma gapning sxemasi:



Ergash gap

Bosh gap


Download 243.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling