13-mavzu: Hol ergash gapli qoʻshma gaplar. Payt, oʻrin, sabab, maqsad ergash gapli qoʻshma gap. Reja


Download 243.75 Kb.
bet7/8
Sana19.06.2023
Hajmi243.75 Kb.
#1615461
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
13-mavzu.Hol ergash gapli qoʻshma gaplar. Payt, oʻrin, sabab, maqsad ergash gapli qoʻshma gap

(Agar).............-sa,

...................

(Agar)..........-sa edi,

...................

(Agar)..........-ganda,

...................

(Agar)..........-ganda edi,

...................

(Bordi-yu).....-r(-ar) ekan,

...................

(Mabodo).....-gan ekan,

...................

(Agar)........-moqchi ekan,

...................

...............-mi,

...................

............,

boʻlmasa...................

...........,

yoʻqsa...................

............boʻlay desang, .........

...................




Bosh gap

Ergash gap

.............-sinki, ...................

...................



Toʻsiqsiz ergash gapli qoʻshma gaplar
Toʻsiqsiz ergash gapli qoʻshma gaplarda bosh gap va ergash gapdagi mazmun bir-biriga zid boʻlsa ham, shu zidlik ‒ toʻsiqqa qaramay, bosh gapdagi voqea-hodisa yuzaga kelganligi ifodalana- di. Bunday qoʻshma gaplarda bosh gap ergash gapning natijasini bildirmaydi.
Toʻsiqsiz ergash gap mazmuni va tuzilishi jihatidan shart ergash gapga juda yaqin. Toʻsiqsiz ergash gapning bosh gapga bogʻt lanishida ham -sa, -ganda kabi grammatik shakllar ishtirok etadi. Shu bilan birga, bunday gaplarda toʻsiqsizlik ma’nosini ifo- dalash uchun grammatik shakllardan keyin ham, -da yordamchilari: qoʻshilib keladi.
Odatda, shart ergash gaplarda ergash gap shartni, bosh gap ese uning natijasini bildiradi. Toʻsiqsiz ergash gaplarda esa bosh gap ergash gapdagi shartga asoslangan natijani emas, sharqiz natijani, bosh gapning natijasiga qarama-qarshi sababni bildi- radi. Masalan: Boshqalar oʻzini, har qalay, tutib olgan boʻlsa ham, Onaxon hamon tinchiyolmas edi. (As. M.) Garchi Munisxon tan olmasa-da, kelajagi shuhrat va’da qilgan bir kishi edi. Soqchi haydasa ham, Kurashevich qirgʻoqdan nari ketmadi. (As. M.)
Toʻsiqsiz ergash gapli qoʻshma gaplar qisman zidlov bogʻlovchili bogʻlangan qoʻshma gaplarga oʻxshaydi. Bunday gaplarning har ikki turida ham mazmunan bir-biriga qarama-qarshi qoʻyilgan voqea- hodisalar mavjud boʻladi. Toʻsiqsiz ergash gapli qoʻshma gaplar- ning farqi shundaki, unda shu toʻsiqqa qaramay yuzaga kelgan vo- qealar ifodalanadi. Shuning uchun ham toʻsiqsiz ergash gaplar orqali berilgan mazmunni hamma vaqt ham zidlov bogʻlovchili bogʻlangan qoʻshma gaplarda ifodalab boʻlmaydi: Havo bulut boʻldix lekin yomgʻir yogʻmadi. ‒ Havo bulut boʻlsa ham, yomgʻir yogʻmadi.
Toʻsiqsiz ergash gapli qoʻshma gaplar mazmunan zidlov munosa- batlari ifodalangan bogʻlangan qoʻshma gapga oʻxshashligi tufayli bu gaplarda, qismlarni biriktiruvchi -sa ham (-da) yordam- chisi bilan birga, ammo, lekin, biroq bogʻlovchilari ham ishlati- ladi. Bu bogʻlovchilar ergashgan qoʻshma gapning qismlaridagi zidlikni ta’kidlab koʻrsatadi. Misollar: Uning koʻkragini moʻl- jallagan boʻlsa ham, lekin hayajondan, tajribasizlikdan xanjar elkasiga tegdi. (O.) Sen berahm boʻlsang ham, ammo men dushmanlik qilmasman aslo. (H. 0.) Undagi bu oʻzgarishlardan Rahmat xabar- siz boʻlsa ham, ammo Hamid uni er ostidan etar edi. (A. Q.)
Toʻsiqsiz ergash gaplar bosh gapga bir necha yoʻllar bilan ‒ soʻz shakllari, bogʻlovchilar va yuklamalar ishtiroki bilan bogʻlanadi.
1. Ergash gap bosh gapga -sa ham (-yam) shakli vositasida bogʻ- lanadi: Million-million yillar oʻtib keqa-yam, Lenin kishilarning koʻnglidan chiqmaydi. (P. T.) Bir kishi tarixni yaratmasa ham, kishining tarixda yuksak oʻrni haq. (Gʻ. Gʻ.) Ba’zan -sa ham yordamchisidan soʻng -ki yuklamasi qoʻshilib, zidlik ma’nosi yanada ta’kidlab, aniq qilib koʻrsatiladi: Mayli, qaramasa hech kim ularga, zoriqtirsa hamki yarim parcha non, malol kelsa hamki uy egasiga birdan bosib kelgan shunchalik mehmon. (H. O.)
Qismlari -sa ham shakli vositasida birikkan qoʻshma gaplarda ergash gapdagi fe’l kesimdan anglashilgan harakatning miqdorini koʻrsatuvchi qancha, qanchalik, naqadar kabi soʻzlar ish- latilib, ergash gapda, shart bilan birga, miqdor boʻyogʻ i ham ifodalanadi. Misollar: Yoʻlchi qancha takrorlasa ham, Ermat buni payqamas edi. (0.) Ular naqadar pichirlab, iltimoslarini yashi- rishga oʻrin salar ham, ularning sirlari bu yerdagi ahvoldan salgina xabardor har kimga yashirib boʻlmas haqiqat edi. (P. T.) Eshon bolalari qanchalik shovqin-suron qilsalar ham, hech kim indamas edi. (P. T.)
Toʻsiqsiz ergash gapning kesimi fe’ldan boshqa turkum soʻz- lari bilan ifodalansa, kesim tarkibiga boʻl fe’li qoʻshib ish- latiladi. Ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi shakllar shu soʻzga qoʻshilib keladi: Ahvol qiyin boʻlsa ham, Dildorga beri- ladigan jazo orqaga surildi. (0.) Bu tashlandiq er juda qa- dimdan beri sira oʻzgarmay shu ahvolda yotgan boʻlsa ham, uning tayinlik nomi yoʻq edi. (As. M.)
Bosh gapga -sa ham (-yam) shakli vositasida birikkan ergash gap tarkibida qarama-qarshi qoʻyilgan shartni ta’kidlab koʻr- satish uchun garchi, garchand kabi yordamchilar ishlatiladi: Toʻ- gʻonbek garchi tarixiy kitoblarni oʻzi aelo mutolaa qilmagan boʻlsa ham, u fitna va isyonlarning tarixidan yaxshi xabardor zdi. (O.) Garchand qiz Sergeyning koʻp gaplariga tushunib etma- sa ham, uning soʻzlari yoqar edi. (S. Bab.)
2. Toʻsiqsiz ergash gapning kesimi boʻlishsiz shakldagi buyruq-istak fe’llari bilan ifodalanib, bunday ergash gaplar tarkibida doim qancha, har qancha, qanchalik, qanday kabi soʻzlar ishtirok etadi: Ona har qancha qistamasin, Uktam tong otgandan soʻng qalin, yumshoq toʻshakda taltayib yotgisi kelmadi. (O.) Ona ishdan qanday oʻy, qanday tashvish bilan qaytmasin, sh.u qizla- rini koʻriboq koʻngli yozilar edi. (As. M.) Qunduzxon oʻzini har qancha tutishga oʻrin masin, ogʻir yoʻqotishning azobi uni qiynar, ezar edi. (S. Ahm.)
Qaramay (qaramasdan) soʻzlari bunday vazifada harakat ma’nosidan chetlashadi, yordamchiga aylanadi. Ayrim vaqtda esa qaramay fe’li harakat ma’nosini saqlab, mustaqil fe’l sifatida toʻsiqsiz ergash gapning kesimi boʻlib kelishi mumkin. Bunday vaqtda ergash gap fe’lning buyruq-istak mayli shakli orqali bosh gapga birikadi va ergash gapdan umumlashtiruvchi toʻsiqsizlik boʻyogʻi anglashiladi: Qaysi uyga qaramay, ham- ma yoq top-toza.
3. Ergash gap bosh gapga fe’lning aniq oʻtgan zamon shakl- si + hamki yordamida birikadi: Oradan ikki oy oʻtdi hamki, inspektor chiqmadi. (A. Q.) «Bulbuli goʻyo» ancha kutdi ham-ki, Saidiy javob bermadi. (A. Q.)
4. Toʻsiqsiz ergash gapning kesimi boʻlishli va boʻlishsiz holda takrorlangan buyruq, shart maylidagi fe’l bilan ifoda- lanadi: Kolxozning kambagʻal dehqonga nafini tushuntirsangiz- tushuntirmasangiz, oʻzimiz bilib turibmiz. (A. Q.) Xoh ishoning- xoh ishonmang, kattaligi uyday keladi. (A. Q.)
Ba’zan ergash gapning kesimi shart va aniqlik mayli formasida takrorlangan fe’l bilan ifodalanadi: Xotin kishining yuragidan farzand dogʻi ketsa-ketadiki, bunday gapning alami ketmaydi. (A. Q.)
5. Ba’zan toʻsiqsiz ergash gap bosh gapga faqat fe’lning shart mayli shakli vositasida bprikadi. Bunday qoʻshma gaplarda koʻpincha ergash gapning kesimi boʻlyshlilikni, bosh gap^ ning kesimi esa unga zid mazmunni — boʻlishsizlikni ifodalay- di. Bu holat asosan she’riyatda uchraydi. Masalan: ... Qilich solsa, toʻgʻralmayman; oʻlmayman: oʻq qadalsa. (H. 0.)
Toʻsiqsiz ergash gaplarda zidlikka qaramay vujudga kelgan voqealarni ta’kidlash uchun bosh gap tarkibida har holda, negadir, baribir soʻzlari ishlatiladi. Har holda, negadir soʻzlari bosh gapdagi voqea, harakatning ergash gapdagi shartdan kelib chiqish sababi, natijasi noaniq ekanligini, baribir soʻzi esa bosh gapdagi natijaning kelib chiqishida ergash gapdagi faktning mavjud boʻlish-boʻlmasligi farqsizligini koʻrsatadi. Masalan: Ikkinchi ona va uning bolalari Ochilga yomon koʻz bilan qarashsa ham, har holda, u begonasirar edi. Yomgʻir aralash qor yogʻib turgan boʻlsa ham, u, negadir, shoshilmas, xayol bilan band edi. Majlis tufayli uyga kech qaytganini bil- sa ham, baribir jahli chiqardi.
Toʻsiqsiz ergash gapli qoʻshma gaplarda, ayrim ergashgan qoʻshma gaplardagiday, ergash gap bilan bosh gap oʻrtasida izohlovchi soʻz, soʻz birikmasi yoki gap qoʻllanadi. Bunday izohlovchi soʻz yoki soʻz birikmasi toʻsiqsiz ergash gapni izohlash, uning mazmunini birmuncha aniqroq ochish uchun xizmat qiladi: U qanaqa yoʻl tutmasinQalandarovning fikri bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hisoblashmaydimi, hokimiyat orqali tazyiq koʻrsatadimi, xalqni oʻz tomoniga tortib, Qalandarovni yakkalab qoʻyadimibularning hammasi ora buzilishiga sabab boʻlishi muqarrar edi. (A. Q.)Bu misolda bosh gapdagi (bularning hammasi ora buzi- lishiga sabab boʻlishi muqarrar edi)— hodisaning yuzaga keli- shida toʻsiq boʻla oladigan faktlar sanab koʻrsatilgan. Sanab koʻrsatilgan ana shu faktlar ergash gapga nisbatan izohlovchi gap vazifasini bajargan. Bosh gapda esa shu faktlarni umumlashtirish uchun uyushiq boʻlaklardagidek umumlashtiruvchi konstruksiya-bularning hammasi- ishlatilgan.
Toʻsiqsiz ergash gap koʻpincha bosh gapdan oldin keladi. Lekin ayrim uslubiy talabga va asarning janr xususiyatiga muvofiq ergash gap bosh gapdan keyin yoki uning oʻrtasida keli- shi mumkin. Masalan: Quvonchi koʻksiga sigʻmasa-da, Nazokat odob yuzasidan oʻzini xomush, hazin tutishga tirishar edi. (O.) Dunyo goʻzal koʻrinar menga, oʻzi qancha eski boʻlsa ham. (H. 0.) Uchta tovuq, garchi biri kurk boʻlsa ham, Qobil boboning oʻzidan chiqdi.
Toʻsiqsiz ergash gapli qoʻshma gapning sxemasi:

Ergash gap

Bosh gap

Qancha .......-sa ham,

.........

Qancha ....-sa hamki,

.........

...............-sa-da,

................

......... –gani bilan,

............

............ -qaramay,

.............

.......... -masin,

..................

..............qaramasdan,

.............

.............-gani holda,

................

........... hamki,

.....................

.............. -sa...-masa,

.............

.............. -sa... -diki,

.............

................ -sa,

.........................




Download 243.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling