Savol va topshiriqlar:
Sabab ergash gaplar qoʻshma gapning qaysi qismida boʻlishi mumkin?
Sabab ergash gaplar qoʻshma gapga qanday vositalar bilan bogʻlanadi?
Hol ergash gaplar qoʻshma gapga qanday vositalar bilan bogʻlanadi?
Payt ergash gaplar qoʻshma gapga qanday vositalar bilan bogʻlanadi?
Qizlar orasida ruschani oʻqib tushunadigan yoʻq edi shekilli, bu ajoyib hikoyalarga boy kitob ularga allaqanday sirli koʻrindi. Ushbu qoʻshma gapni grammatik tahlil qiling.
Sabab ergash gap bosh gapning qaysi qismida keladi?
Ayol unamadi, shuning uchun chol qopni toʻldirishga majbur boʻldi. Qoʻshma gap tarkibida qoʻllangan shuning uchun yordamchisining vazifasini izohlang.
Qalandarov Saidaning zarbga bunday epchillik bilan chap berishini sira xayoliga keltirmagan boʻlsa kerak, oʻzi shoshib qoldi. Gap tarkidan kesimni aniqlang va unda qanday na`no ifodalaganini ayting.
Maqsad ergash gap bosh gapga deb yordamchisi vositasida bogʻlanganda, uning kesimi qanday shaklda boʻladi?
Toʻsiqsiz ergash gap koʻpincha gapning qaysi qismida keladi?
Toʻsiqsiz ergash gapning kesimi boʻlishsiz shakldagi buyruq-istak fe’llari bilan ifodalansa tarkibida qanday soʻzlar ishtirok etadi?
Qancha, har qancha, qanchalik, qanday kabi soʻzlar qanday gap tarkibida ishtirok etadi?
Bosh gap tarkibida har holda, negadir, baribir soʻzlari ishlatilganda qoʻshma gapda qanday ma`no ifodalanadi?
qaramay fe’li harakat ma’nosini saqlab, mustaqil fe’l sifatida toʻsiqsiz ergash gapning qaysi gap boʻlagi boʻlib keladi?
Quvonchi koʻksiga sigʻmasa-da, Nazokat odob yuzasidan oʻzini xomush, hazin tutishga tirishar edi. Qoʻshma gap tarkibida qoʻllanilgan da-yuklamasi qanday anglatgan?
Majlis tufayli uyga kech qaytganini bilsa ham, baribir jahli chiqardi. Ushbu gap tarkibida qoʻllanilgan ham yuklamasini qanday bogʻlovchi bilan almashtirsa boʻladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |