13-mavzu: Hol ergash gapli qoʻshma gaplar. Payt, oʻrin, sabab, maqsad ergash gapli qoʻshma gap. Reja


Download 243.75 Kb.
bet2/8
Sana19.06.2023
Hajmi243.75 Kb.
#1615461
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
13-mavzu.Hol ergash gapli qoʻshma gaplar. Payt, oʻrin, sabab, maqsad ergash gapli qoʻshma gap

Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. M.Hamroyev. Ona tili. Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2013. 58-60
2.M.Hamroyev. Ona tilidan lisoniy tahlil qoliplari. Toshkent: TDPU. 2019. 28-29
3. M.Hamroyev. Ona tili. Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2013. 41-55
Payt ergash gapli qoʻshma gap
Payt ergash gap bosh gapdagi voqea-hodisa yoki harakatning yuzaga kelish paytini koʻrsatadi.
Payt ergash gapli qoʻshma gapda voqea-hodisa yoki harakat bir vaqtda yoki ketma-ket yuzaga keladi. Misollar: Safarov yoʻl-yoʻriq olish uchun tumanga bormoqchi boʻlib turganda, hokim oʻrinbosari Shodiev kelib qoldi. (A. Q.) Vasiliy maktab sahnasida bolalarni mashq qildirsa, katta-kichik kelib chekka-chekkada tomosha qilib turishadi. (P. T.)
Birinchi misolda bosh va ergash gapdagi harakat bir vaqtda yuzaga kelgan, ikkinchi misolda esa ergash gapdagi harakat bosh gapdagi harakatdan keyin yuzaga kelgan.
-gan edi, -gan edi-ki, -gan ham edi-ki, -ganicha yoʻq edi-ki, -ganicha ham yoʻq ediki shakllari vositalarida munosabatga kirishgan qoʻshma gaplarda birinchi gapdagi voqea-hodisa yoki harakat ikkinchi gapdagi voqea-hodisa yoki harakatdan keyin yuzaga keladi. Bunday qoʻshma gaplarda voqeaning odatdagidan koʻra tez yuzaga kelishi ifodalanadi.
-gan edi shakli yordami bilan bogʻlanib kelgan ergashgan qoʻshma gap tuzilish jihatidai yordamchisiz bogʻlangan qoʻshma gapga oʻxshaydi. Lekin –gan edi shakli ergash gapni bosh gapga bogʻlab, bosh gapdagi harakatning bajarilish paytini ifodalaganda, tobelanish intonastiyasi bilan aytiladi: Toʻqli mergan Toʻgʻonbekning ba’zi sifatlarini soʻzlab, maqtashga boshlagan edi, Toʻgʻonbek unga hoʻmrayib, tilini qisdi. (0.) Otni egarlab turgan edim, polvon otam kelib qoldilar. (S. Ahm.) Saida kechqurun hujrasini berkitib olib xatni yozishga kirishgan edi, Umida oʻrtoq Nosirov kelganligidan darak berdi. (A. Q.) Poʻlatjon endi tashqariga chiqmoqchi boʻlib turgan edi, yuz-koʻzi chang boʻlib ketgan Hojimat keldi. (S. Ahm.)
Bu tipdagi payt ergash gapning kesimini boshqa shakllar bilan almashtirish mumkin: -gan ediyordamchisi -gan paytida, -ganda kabi shakllar bilan funkstiyadoshdir.
Voqealarning biridan ikkinchisiga tez koʻchishini koʻrsatish uchun payt ergash gap -gan ham edi, -gan ham edi-ki, -gan edi-ki,-guncha boʻlmay yordamchilari orqali bosh gapga bogʻlanadi: Saodatbilan Vohid tutga etgan ham edilarki, chelaklab quya boshlagan yomgʻir birdan toʻxtadi. Ayvon peshiga endi oʻtirgan edimki,birov eshikni qattiq qoqdi. (S. A.) Samandarov javob berguncha boʻlmay, oʻtirganlardan biri irgʻib oʻrnidan turdi. (A. Q.)
Bunday qoʻshma gaplarda ergash gapdagi harakat boshlaninsh bilan bosh gapdagi voqea boshlanadi.
Payt ergash gaplarning yana shunday tiplari ham borki, bularda bir gapdagi harakatning yuzaga kelishi ikkinchi gapdagi harakatning yuzaga kelishiga bogʻliq boʻlmaydi. Bir harakatning boshlanishi oldidan toʻsatdan keyingi harakat yuzaga keladi. Bunday payt ergash gaplarning kesimi boʻlishsiz shaklda boʻladi: Vohid hali oʻziga kelmagan ham edi-ki, Qodirjon bilan Saodat unga yaqinlashib salomlashishdi. (O. Yo.)
-gani ham yoʻq, edi-ki shakli tarkibida ham oʻrniga -chaqoʻllanishi mumkin: Ashula tamom boʻlganicha yoʻq edi-ki, tashqaridan bir necha kishi kirib keldi. (Oyd.) Shoir she’rini oʻqib tugatganicha yoʻq edi-ki, atrofdagilar qarsak urib yubordilar. (0.)

Download 243.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling