sAMPning xosil bo’lishi va parchalanishi sxemasi.
Ko’rsatib o’tilgan reaktsiya quyidagicha ifodalanadi:
R2K2 Q 4sAMR R2sAMR4 Q K2, (1)
Oqsil-ON Q ATR Oqsil – O – RO3N2 Q ADP. (2)
Proteinkinaza A ishtirokida fosforlanuvchi gidroksil guruhi serin yoki kam hollarda treonin aminokislota qoldig’i tarkibida joylashgan. Ionlashgan holatda yoki rN ko’rsatkichi qiymatining fiziologik me’yoriy holatlarida fosfatning bog’lanishi natijasida oqsil molekulasining zaryadi keskin tarzda o’zgaradi va o’z navbatida uning funktsional faollik ko’rsatkichlari xam o’zgarishga uchraydi. A-kinazalar ta’sirida fosforlanuvchi ko’plab effektor – oqsillarning mavjudligiga bog’liq holatda bitta gormonning ta’sirining o’zi turli xil hujayralarda sezilarli darajada turli tumanligi qayd qilinadi. Masalan, adrenalinning yurak hujayralarida β-retseptorlarga ta’siri natijasida yurak urishi chastotasi va qisqarish kuchi ortishi kuzatiladi, yog’ to’qimalari hujayralarida esa adrenalin ta’sirida yog’larning parchalanish jarayoni tezlashishi, ichak hujayralarida suyuqlik sekretsiyasi jarayoni jadallashishi aniqlangan.
Gipofizning tireotrop gormoni ta’siri ostida sAMR qalqonsimon bez gormoni sekretsiyasi jarayonining faollashishida ikkilamchi vositachi sifatida ishtirok etishi, shuningdek glyukagon ta’sirida jigar hujayralarida glikogenning parchalanishi va vazopressin ta’sirida buyrakda suvning qaytadan so’rilishini (reabsorbtsiya) jarayonini faollashtirishida ishtirok etishi aniqlangan. Uning to’xtatuvchi ta’siriga adrenalin ta’sirida (α-adrenoretseptorlar qo’zg’atilishi holatida) yog’ to’qimalari hujayralarida yog’larning parchalanish jarayonining susaytirilishini ko’rsatib o’tish mumkin.
G – oqsillar – guanin – nukleotid bog’lovchi oqsillar oilasi bo’lib, hujayra membranasidagi signallarni ma’lum bir effektor molekulalariga uzatadi. 80% birlamchi messendjerlar (gormonlar, neyrotransmitterlar, neyromodulyatorlar) effektor molekulalar bilan G – oqsillar orqali bog’langan spetsifik retseptorlar vositasida ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |