13-mavzu: hujayraga signal transduktsiya sistemasi haqida asosiy ma’lumotlar reja
Download 103.81 Kb.
|
Hujayraga signal transduktsiya tizimlari haqida asosiy ma’lumotlar
Kaltsiy mexanizmi. Gormonal signal o’tkazilishining mazkur transmembrana yo’li gormon-retseptor kompleksi tomonidan sekin, noelektrogen kaltsiy kanallarining aktivatsiyasini o’z ichiga oladi. Ko’pchilik neyrogumoral stimullar ta’siri natijasida tsitozoldagi Ca2Q miqdori 10-8-10-7 dan 10-5 M gacha oshadi. Liberinlar, gipofizning trop gormonlari, kaltsitonin, paratgormon va boshq. gormonlar bir paytda Sa2Q va tsAMF-yo’llar bilan ta’sir qiladi.
Noelektrogen Sa2Q -kanallari va ularning gormon-retseptor kompleksi bilan o’zaro ta’siri deyarli o’rganilmagan. Extimol bu kanallarning aktivatsiyasi ma’lum darajada plazmatik membrananing fosfolipid komponenti – fosfoinozitol bilan bog’liq bo’lsa kerak. Sa2Q ning gormonlarni xujayraga ta’sirining vositachisi sifatidagi ta’sirining keyingi mexanizmlari xozirgi paytda yaxshi o’rganilib kelinmoqda. Aniqlanishicha Sa2Q ta’sirining trigger mexanizmi uning kalmodulin bilan kompleks xosil qilishi xisoblanadi. Bu polifunktsional oqsil Sa2Q samarasining universal vositachisi funktsiyasini bajaradi. Bu oqsilning funktsional universalligi va organizmning xamma joyida tarqalganligi uni boshqa Sa2Q bog’lovchi oqsillardan, jumladan troponin S, parvalbumin, miya oqsili S-100 dan farq qiladi. Kalmodulin bu gidrofil kislotali oqsil bo’lib, molekulyar massasi 16.5 kD va u 148 aminokislota qoldig’idan tashkil topgan. Uning molekulasi Sa2Q uchun to’rtta bog’lovchi joyga ega. Aynan shu joylarga Mg2Q xam bog’lanadi. Tinch xolatdagi xujayrada kalmodulin nofaol tetramagniy shaklida bo’ladi deb xisoblanadi. Gormon ta’sirida esa kalmodulin faollashadi va keyin bir necha tipdagi xujayra oqsillari – aktseptorlar bilan ta’sirlashadi. Shu aktseptorlar orqali eng muxim Sa-bog’liq gormonal samaralar indutsirlanadi. Samaralarning boshqa guruxi bevosita Sa2Q - bog’liq proteinkinazalar va bir qator oqsillarning fosfolirlanishi bilan bog’liq. Odatda bu fermentlar tsAMF ga qaram emas. Ularga silliq mushak qisqarishida ishtirok etadigan silliq mushaklar miozini engil zanjirlarining kinazasi, Sa-nasosining stimulyatori xisoblangan fosfolamban oqsilining sarkoplazmatik kinazasi kabilar kiradi. Faol kalmodulin shuningdek N1 gistonlar fosfolirlanishi, mikronaycha va mikrofilamentlarning qurilishi va parchalanishiga xam ta’sir qiladi. Fenotiozin xosilalarining psixotrop preparatlari faollashgan kalmodulin bilan tanlab bog’lanib, uning aktseptorlar bilan ta’sirlashish qobiliyatini ingbirlaydi va Sa2Q ning xujayraga ta’sirini tormozlab qo’yadi. Shunday qilib, gormon ta’sirining mazkur mexanizmi: 1) plazmatik membranada gormon-retseptor kompleksining xosil bo’lishi; 2) xosil bo’lgan komplekslarning noelektrogen Sa2Q kanallari bilan ta’sirlashuvi va Sa2Q ning xujayraga jadal kirishi; 3) Sa2Q va Mg2Q bilan kalmodulinning faol shaklining xosil bo’lishi; 4) faollashgan kalmodulinning uni ko’pchilik aktseptor saytlariga ta’siri; 5) Sa2Q mexanizmi bilan bog’liq bo’lgan retseptor ishchi tsiklining yakunlanishi. Download 103.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling