Tireoid gormonlar retseptsiyasining modeli. Oldin ko’rsatib o’tilganidek xujayralarda tireoid gormonlarning retseptorlari bir nechta aloxida ishlovchi populyatsiyalardan iborat bo’lib, ularning sifat va miqdor jixatdan asosiysi yadro retseptori oqsillari xisoblanadi. Aftidan shuning uchun tireoid gormonlarning yadro retseptsiyasi xozirgi eng yaxshi o’rganilganlardan biri xisoblanadi. Mavjud ma’lumotlarga ko’ra bu retseptsiya quyidagi asosiy bosqichlardan tashkil topadi.
Plazma tiroksin bog’lovchi globulin va prealbumini bilan bog’lanmagan triyodtironin va tiroksin xujayraga nisbatan erkin kiradi. Oxirgisi triyodtironinga aylanadi va asosan xujayra yadrosi bilan ta’sirlashadi.
Bu retseptorlar DNK molekulasida joylashgan, gormon- retseptor kompleksning bog’lanishi esa ion va aktseptor DNK ning birlamchi va ikkilamchi tuzilmalari xossalariga bog’liq. Mavjud ma’lumotlar N3 va N4 gistonlari gormon- retseptor kompleksini DNK ning aktseptor saytlari bilan bog’lanishini ta’minlaydi.
Gormon- retseptor kompleksi funktsional mRNK va tRNK larning sintezi darajasini regulyatsiya qiladi.
Protsessing jarayonidan keyin yadrodan tsitoplazmaga chiqqan, indutsirlangan RNK kodlanadigan oqsillar sintezi darajasini o’zgartiradi. Gipofizda ular somato-tropin sintezini faollashtiradi, jigarda esa glitserofosfatdegidrogenazalar, malatdegidrogenaza, shuningdek globulinlar fraktsiyasi sintezini faollashtiradi.
Gormon-retseptor kompleksining yadroda gistonlar bilan o’zaro ta’sirining buzilishi retseptorlarning DNK va triyodtironinga o’xshashligini kamaytiradi. Shuning uchun xromatinning qisman degistonlanishi gormonlar ta’siri terminatsiyasining etakchi faktorlaridan biri xisoblanadi. Triyodtironin retseptsiyasining ekstranuklear mexanizmi xali to’liq o’rganilmagan.
Oqsil-peptid gormonlari va katexolaminlar retseptsiyasining modeli. Steroid va tireoid gormonlardan farq qilib oqsil-peptid gormonlari va katexolaminlar nishon-xujayralarga plazmatik membranalarda joylashgan retseptorlar orqali ta’sir qiladi. Ular o’z samaralarini uchta asosiy yo’l orqali amalga oshiradi.
Xozirgi paytda signal moddalarining (informonlar) xujayra yuzasi bilan ta’sirining uchta yo’li aniqlangan: 1) informonlarning adenilattsiklaza va tsAMF orqali initsiirlovchi adenilattsiklaza yo’li; 2) informonlarni kaltsiy kanallari orqali initsiirlovchi kaltsiy kanallari; 3) informonlarni samaralarini spetsifik membrana proteazalari orqali initsiirlovchi proteaza kanallari (5 rasm). Bu barcha yo’llar umuman olganda bir-biridan mustaqil ravishda amalga oshishi mumkin, biroq real fiziologik sharoitlarda ular bir-biri bilan bog’lanib ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |