13-mavzu: hujayraga signal transduktsiya sistemasi haqida asosiy ma’lumotlar reja
Peptid gormonlar va katexolaminlarning membrana retseptorlari
Download 103.81 Kb.
|
Hujayraga signal transduktsiya tizimlari haqida asosiy ma’lumotlar
Peptid gormonlar va katexolaminlarning membrana retseptorlari. Retseptorlaring bu turi xaligacha to’liq o’rganilmagan va turli mualliflar tomonidan olingan ularning molekulyar xarakteristikalari ko’pincha bir-biriga to’g’ri kelmaydi. Oxirgisi, aftidan solyubilizatsiyalangan preparatlarni ular bilan mustaxkam bog’langan membrana komponentlarini va qiyinchilik bilan yuviladigan detergenlardan tozalashni turli darajasi bilan, shuningdek ba’zi-bir xollarda retseptor molekulalarining agregatsiyalangan formalarini olish bilan bog’liq. Masalan lyutropin retseptorlarining molekulyar massasi 23-96 kD atrofida, glyukagon retseptorlariniki esa 23 dan 53 kD gacha bo’ladi.
Retseptorlarning molekulyar o’lchamlaridagi farqlar, extimol shu bilan bog’liq bo’lsa kerak. Ular sedimentatsiya koeffitsientining kattaligi 4 dan 8 Sgacha, molekulyar massasi 450 kD, Stoks radiusi esa 3 dan 7 nm gacha bo’ladi. Membrana retseptorlarining uchlamchi va to’rtlamchi strukturalari deyarli ta’riflanmagan, biroq ular oligomer oqsillar bo’lishi mumkin deb taxmin qilish mumkin. Masalan insulin retseptori molekulyar massasi 125 kD bo’lgan α-zanjirdan va molekulyar massasi 90 kD bo’lgan β-zanjirdan iborat bo’lib, ular bir-biri bilan disulfid ko’prikchalari orqali bog’langan. Membrana retseptorlari odatda plazmatik membranaga asimmetrik joylashadi. Ular molekulasining tanib oluvchi fragmenti uning tashqi yuzasiga, xujayralararo bo’shliq tomonga yo’naladi. Aktseptor bilan ta’sirlashuvchi lokus qarama-qarshi tomonga, xujayra tsitoplazmasiga yo’nalgan bo’ladi. Bunday retseptorlarning qat’iy bir tomonga yo’nalganligi extimol xujayra ichiga tashqaridan kirib keluvchi gormonal axborot transmembrana oqimining vektorligi bilan bog’liq bo’lsa kerak. Bunday retseptorlarning membranada joylashuvining nisbiy qat’iyligiga qaramasdan ular baribir ko’ndalang va bo’ylama xarakatlarni amalga oshirishi mumkin va shu orqali retseptorni “qidirish” va gormon-retseptor kompleksining aktseptor joylari bilan o’zaro aloqalari engillashadi. Biroq ba’zi-bir xollarda, masalan insulin retseptori misolida uning molekulalari membrana ichida unchalik mustaxkam o’rnashmagan bo’ladi va nafaqat lateral va “po’kaksimon”, balki turli funktsional qismlari bilan gox xujayradan tashqari, gox ichki xujayraviy bo’shliqqa yo’naladi. Mazkur xollarda qat’iy asimmetriya va transmembrana joylashuvining yo’qligi ularning yuksak xarakatchanligi bilan kompensatsiyalanadi. Download 103.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling