13-mavzu: hujayraga signal transduktsiya sistemasi haqida asosiy ma’lumotlar reja
Retseptorlarning gormon-bog’lovchi xususiyatlari
Download 103.81 Kb.
|
Hujayraga signal transduktsiya tizimlari haqida asosiy ma’lumotlar
Retseptorlarning gormon-bog’lovchi xususiyatlari
Gormonlarning spetsifik nokovalent bog’lanishi – ular retseptsiyasi ishga tushiradigan mexanizmidir. Ta’kidlash zarurki xozirgi paytgacha spetsifik bog’lanadigan ligand tajribalarda xujayraning biospetsifik molekulasi sifatida retseptorning asosiy indikatori bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun retseptorning asosiy xossalarining bilish xam nazariy, xam amaliy axamiyatga ega. Retseptor molekulasining maxsus lokusi tomonidan amalga oshiriladigan asosiy gormon bog’lovchi xossalariga quyidagilar kiradi: a) gormonlarga yuqori darajada o’xshashlik, b) o’xshashlikning tanlash xususiyati, va v) cheklangan xajm. Ko’rsatib o’tilgan xossalar retseptorlarni gormonlar bilan nospetsefik bog’lanuvchi turli xil oqsillardan farqli qilib qo’yadi. Gormonlar bilan o’xshashlikning yuqori darajasi ular assotsiatsiyasining 0o S da 107-1010 M-1 ga teng konstanta qiymati bilan belgilanadi. Bu kompleks xosil bo’lishi erkin energiyasi darajasini (—8)-(—13) kkalG’mol aks ettiradi. O’z navbatida assotsiatsiya konstantasi assotsiatsiya (KQ1q103-106M-1×s-1) va dissotsiatsiya (K-1q103-106 M-1×s-1) tezligining konstanta kattaligiga bog’liq. Retseptor oqsillaridan farq qilib, nospetsefik bog’lanuvchi oqsillar assotsiatsiya koeffitsienti 103-105 ga teng bo’lgan komplekslar xosil qiladi. Qizig’i steroid gormonlar retseptori uchun bu parametr qondagi ligandlar kontsentratsiyasiga teskari bog’liqdir. Shunday qilib, assotsiatsiyaning eng katta konstantasi estrogenlar retsetorlari (1010M-1), eng kichigi esa (108M-1) glyukokortikoid retseptorlari uchun xosdir. Gormonlarga o’xshashlikni tanlashning yuqori darajasi retseptorlar faqat muayyan guruxdagi tabiiy va sintetik gormonlar, shuningdek antigormonlarni bog’lash xususiyatiga egaligi bilan bog’liqdir. Xususan estrogenlar retseptorlari faqat estrogen va antiestrogen birikmalar bilan, progestinlarning retseptorlari faqat gestagenlar va ularning raqobatli antagonistlari bilan, insulin retseptorlari esa faqat insulin bilan o’zaro ta’sirlashadi. Ko’pchilik xollarda gormonning biologik faolligi assotsiatsiya konstantasi kattaligi bilan musbat, dissotsiatsiya konstantasi kattaligi bilan esa manfiy korrelyatsiyada bo’lishi ko’rsatilgan. Olingan ma’lumotlarga ko’ra retseptor bilan kovalent bog’langan gormon retseptor molekulasining effektor lokuslarini ishga tushirishi mumkin. Nokovalent assotsiatsiyalanganlari esa odatda aktseptor uchastkalarini faollashtira olmaydi, bu esa ligandlarni bog’lanishini samarasiz qiladi. Aftidan gormon retseptor bilan samarali ta’sirlanishi uchun kompleks xosil bo’lishi erkin energiyasining etarlicha yuqori bo’sag’a kattaligi kerak bo’ladi. Bu kattalik assotsiatsiya kattaligiga mos kelib, 106 -107 M-1 ga tengdir. Biroq bu energiyaning yuqori darajasi zarur bo’lsada u gormon-retseptor kompleksining gormonal samarasini ishga tushirish uchun etarli bo’lmaydi. Ba’zi bir gormonlarning ma’lum sintetik raqobatli antagonistlari retseptor bilan asosiy gormon-antagonistlarga nisbatan ko’proq bog’lanadi. Shu bilan birga bunday bunday antagonistlar gormonal samarani yuzaga chiqarmasdan, aksincha unga qarshilik qiladi. Extimol gormonal samarani amalga oshishi uchun gormon-retseptor ta’sirlashuvi erkin energiyasining yuqori darajasi gormon molekulasidagi qandaydir tuzilmaviy xossalar bilan birikishi zarur. Aftidan retseptorni ligandlarga o’xshashligining tanlanishi gormonal signalning diskriminatsiyalangan qabul qilinishini belgilab beradi va shunday qilib gormonni xujayraga tanlab ta’sir qilishini ta’minlab beradi. Ko’pchilik retseptorlar muayyan gormonlarga nisbiy tanlab ta’sir qilish xossasiga egaligini esdan chiqarmaslik kerak. Masalan progestin retseptorlari androgenlar bilan kuchsiz bog’lanadi, androgen retseptorlari esa progestinlar bilan kuchsiz bog’lanadi. Extimol ligand spetsifikligining bunday nisbiyligi gormonlar antagonizmi liniyasi bo’yicha gormonlararo ta’sirlashuv uchun imkoniyatlar ochib berar. Retseptorlarning cheklangan bog’lovchi xajmi ularning xujayra bilan bog’lanadigan joyini past kontsentratsiyasiga bog’liq. Odatda retseptor molekulasiga bitta bog’lovchi joy to’g’ri keladi. Aftidan ikkita ma’lum xolda, ya’ni insulin retseptorlari va qushlar tuxum yo’llarining progesteron retseptorlarida retseptorning bitta molekulasiga ikkita bog’lovchi joy to’g’ri keladi. Buni insulinni retseptor bilan o’zaro ta’sirlashuv jarayonidagi manfiy kooperativ samara bilan tushuntirish mumkin, bunda bog’lovchi joylar soni 10-15—10-11 molG’mg oqsilga yoki bitta xujayraga 500-30000 bog’g8a teng. Retseptorlarning cheklangan xajmi gormonni fiziologik yoki mo’’tadil farmokologik kontsentratsiya doirasida ta’sir qilishini ta’minlaydi. Shu bilan birga fiziologik sharoitlarda xujayradagi retseptor molekulalarining kam ulushi gormon tomonidan egallab olinadi. Gormonning retseptor bilan qaytar, nokovalent kompleks xosil qilishi jarayoni massalar ta’siri qonuni asosida amalga oshgani uchun retseptorlarning ortiqcha kontsentratsiyasi eng avvalo gormon-retseptor ta’sirlashuvini yuqori tezligini ta’minlaydi. Download 103.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling