Tireoid gormonlarnnng retseptorlari. Katta miqdorda to’plangan mavjud ma’lumotlarga ko’ra bu retseptorlar turli xil yadro, tsitoplazmatik va mitoxondrial retseptor oqsillarining bir qancha mustaqil puli bilan namoyon bo’ladi. Tireoid gormonlar retseptorlari turli fraktsiyalarining umumiy xossasi ularning tiroksindan ko’ra ko’proq triyodtironinga (10-20 marta) o’xshashligidir. Extimol tiroksin nishon-xujayralarda retseptorlarning turli populyatsiyalari bilan komplekslar xosil qilishdan oldin asosan triyodtironinga aylanadi.
Yadro retseptorlari. Ma’lumki ular retseptorlar umumiy miqdorining 90% ni tashkil qiladi va ko’pchilik nishon-organlardagi bitta xujayraga 104 bog’lovchi joyni egallaydi. O’zining ximiyaviy tabiatiga ko’ra bu termolabil nordon nogiston oqsillari bo’lib, sedimentatsiya koeffitsienti 3 S, molekulyar massasi 50.5 kD, Stoks radiusi 3.5 nm; triyodtironin retseptorlarining in vivo tajribalardagi assotsiatsiya konstantasi 1011M-1, in vitro tajribalarda esa 108—109 M-1 ni tashkil qiladi.
Mitoxondrial retseptorlar. Bu retseptorlar mitoxondriyalarning ichki membranalarida joylashgan bo’lib, faqat in vitro tajribalarida aniqlanadigan termostabil lipoproteinlar xisoblanadi. O’zining bog’lovchi xossalariga ko’ra bu retseptorlar triyodtironinning yadro retseptorlariga yaqin turadi.
Sitozol retseptorlari. Ular termolabil kislotali oqsillar xisoblanib, molekulyar massasi 100 kD va assotsiatsiya konstantasi yadro retseptorlariga qaraganda 2-3 tartibga past bo’ladi. Shu sababli eutireoid xolatda retseptorlarning tsitoplazmatik fraktsiyalari bilan atigi 1% triyodtironinlar bog’langan bo’ladi. Bu retseptorlarning funktsional roli noaniq, biroq u tireod gormonlarning yadroni retseptor oqsillari bilan aloqasini amalga oshiradi.
Plazmatik membranalarda tireoid gormonlarning mavjudligi xaqida ma’lumotlar bor, biroq ular bu retseptor oqsillarning fizik-ximiyaviy xossalarini to’liq ochib bera olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |