b) ilmiy atamalar ma’lum fan-texnika sohasiga mansub tushunchalarni ifodalaydigan atamalardir. Bunday atamalar tabiiy fanlar, texnika fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, matematik fanlarning barchasida mavjuddir. Masalan:
- kimyo: oksid, sulfat, reaksiya, valentlik, kislorod, vodorod va h.
- matematika: sinus, kosinus, ayniyat, romb, parallelogram, teorema, aksioma va h.
- mantiq: predikat, subyekt, obyekt, hukm, tushuncha va h.
- kibernetika (yoki komputer texnologiyasi): EHM, axborot, fayl,disk, internet va h.
2) kelib chiqishiga ko`ra:
a) umumxalq leksikasidan olingan terminlar. Bundatilning o`zida mavjud bo`lgan so`zlar termin sifatida maydonga chiqadi. Masalan, tilshunoslikka oid ot, sifat, son, fe’l, ravish, ko`makchi, bog`lovchi, yuklama, gap, so`z kabi, me’morchilikka oid pardoz, davra, namoyon, o`ymakor, taqsim kabi7, temirchilikka oid pesh, tana, yelka, charxdor, dam kabi8 atamalar bunga misol bo`la oladi.
b) chet tillardan olingan terminlar. Bundatilimizga hozirgi paytda aloqa vositasi hisoblangan chet tillardan olingan atamalar nazarda tutiladi. Masalan, yadro fizikasiga oid activator, barion, diproton, kvant;9botanikaga oidazaliya, valeriana, gortenziya, magnoliya;10 logopediya faniga oid anamnez, giperkinez, distoniya, patogenez kabi11, zargarlik kasbiga oid parma, bargak, peshxalta, dahanda kabi12 atamalar shunga misol bo`la oladi. .
4. Vulgarizm va varvarizmlar
Tilda so`kish, qarg`ash ma’nolarini ifodalaydigan so`zlar vulgarizmlar (lot. vulgaris “qo`pol” degani)13 deb ataladi. Masalan: haromi, qiztaloq, yеr yutkur, oqpadar va b. Vulgarizmlarni ham qo`llanish doirasi chegaralangan leksikaga kiritsa bo`ladi, chunki bu guruh so`zlar ham har doim ishlatilavermaydi. Bunday so`zlar badiiy asarlarda qahramonlarning xarakterini chuqurroq ochish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |