13-мавзу. Sanoatkorxonalarida xodimlarni boshqarish Reja


Korxona xodimlarining malakaviy guruhlanishi


Download 463.5 Kb.
bet5/10
Sana12.03.2023
Hajmi463.5 Kb.
#1262680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
13-маъруза сиртки

5. Korxona xodimlarining malakaviy guruhlanishi
O’zbekistondagi tashkilot va korxonalarning barcha xodimlari quyidagi malaka belgilariga karab bo’linadi:
- ishlab chiqarish jarayonida bajariladigan vazifalarga kura kategoriyalar bo’yicha ishchilar (asosiy va yordamchi), muxandis-texnik xodimlar (MTX), xizmatchilar, kichik xizmat ko’rsatuvchi xodim (KXP), shogirdlar";
- xakikiy faoliyat xarakteriga (mashgulotlar turiga) karab. Bu o’rinda xodimni muxandis-texnik xodimlar (MTX) toifasiga kiritish uchun asos bo’lib uning ma’lumoti emas, balki egallab turgan lavozimi xizmat qiladi. Ma’lumotlarni tasniflashga asos kilib kasbiy va tarmok belgilarining birga ko’shilishi olinadi;
- ishchilarning texnologiya jarayonida ishtirok etish tamoyili bo’yicha. Ishchilar maxsulot ishlab chiqarish bo’yicha asosiy va yordamchi ishchilarga bo’linadi, MTX - raxbarlarga, mutaxassislarga va texnik ijrochilarga bo’linadi;
- ish muddati bo’yicha: doimiy, mavsumiy va muvakkat (vaqtincha) xodimlar.
Moddiy ishlab chiqarish soxasining barcha xodimlari ikki guruxga bo’linadi: a) asosiy faoliyatda band bo’lgan xodim. Sanoatda bu xodimlar sanoat ishlab chiqarish xodimini tashkil etadi; b) asosiy bo’lmagan faoliyatda ish bilan band yoki boshqa xodim. Bu kategoriyaga korxona tarkibiga kiradigan nosanoat tashkilotlari xodimi kiradi.
Ma’muriy-xukukiy tamoyili xodimlarni egallab turgan lavozimiga karab farklashni nazarda tutadi: zavod direktori, stex boshligi, bosh rejachi, bosh buxgalter va xokazolar
Funkstional tamoyili boshqaruv xodimlarini kasblar (mutaxassisliklar) buyicha guruxlarga bo’lishni nazarda tutadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona xodimi deyilganda, fakat yollanib ishlayotganlarnigina emas, balki samarali xo’jalik faoliyatini ta’minlovchi mulkdorlarni xam tushunmok lozim.
Zamonaviy korxonaning tuzilishi quyidagichadir:
1. Korxona xodimlari.
2. Boshqaruvchilar (menejerlar).
3. Akstiyadorlar.
4. Direktorlar kengashi. U firmaning faoliyati uchun va firma strategiyasi darajasida boshqaruvga oid qarorlar qabulqilinishi uchun to’lik javobgar bo’ladi(15-20 kishi).
5. Firmaning faoliyat ko’rsatishidan manfaatdor bo’lgan guruxlar yoki tomonlar.
Xalkaro Mehnat Tashkilotining (XMT) Ma’muriy kengashi qabulqilgan ta’rifga muvofik "tajribali mutaxassislar" (professional wozkezs) kategoriyasiga quyidagilar kiradi:
- yuqori darajadagi ma’lumot yoki kasb tayyorgarligiga yoxud ilmiy, texnik va ma’muriy soxalarda e’tirof qilingan ekvivalent tajribaga ega bo’lgan kishilar;
- yollanish asosida yuqori darajada akliy faoliyat, tashabbus ko’rsatishni, mas’uliyat talab qiladigan vazifalarni bajaradigan kishilar.
Bu ta’rif korxona yoki tashkilotning bir kismini boshqaradigan va u erda xodim bo’lib ishlaydigan kishilarga xam taalluklidir.
"Mersedes-Benst" va "Folksvagen" korporastiyalarida mutaxassislar soni keyingi vaqtlarda 20-25% kamaytirilgan.
Bu sirtdan karaganda, xamma joyda mutaxassislar soni ortib borishi tendenstiyasiga zid keladi; xakikatda esa, u sanoati rivojlangan mamlakatlarga va o’rta bo’gin xodimlariga taalluklidir.
Ro’y berayotgan o’zgarishlarning yo’nalishi rejalashtirish, boshqarish va nazorat qilish vazifalarini bevosita maxsulot ishlab chiqaruvchilarning o’zlariga topshirishga qaratilgan.
"Raqobat kurashining ortishi bilan yaqinvaqtlarda birorta xam korxona 10-15% dan ortik o’rta bo’gin mutaxassislarini saqlab turolmaydi. Bu mutaxassislar ancha katta ish xaki oladi va ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydi", - deyiladi yollanma mehnat kishilari, texnik xodimlar va mutaxassislar Xalkaro Federastiyasidagi ma’ruzada. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, yaqinvaqtlar ichida bevosita ishlab chiqaruvchilar va yuqori daraja boshqaruvchilari umuman o’rta bo’gin mutaxassislarisiz kun kechirishlari mumkin.Bunday sharoitda mazkur kategoriyadagi mutaxassislar fakat bilim va tajribalaridan ajralib kolmasdan, shu bilan birga firmaning raqobatbardoshligi bilan unda xamkorlik qilish ruxini saqlab kolish zarurligi o’rtasida sezilarli ixtilof kelib chiqadi.
Mutaxassislar bilan korxonalar o’rtasidagi ajralishga barxam berish uchun shartlashib olish zarur, toki mutaxassislar javobgarligini va korxonaning vazifalarini aniq belgilab ko’yish lozim bulsin.
Davlat xizmatchilari bilan xususiy sektor xodimlari o’rtasidagi muxim fark mazkur faoliyat soxalaridagi vazifalarni bajarish xarakteridadir. Davlat xizmatchilari tomonidan bajariladigan vazifalar ulardan xolislikni, tadbirkorlikni, vazminlikni, talabchanlik va sezgirlikni talab qiladi. Aks xolda fukarolarning asosiy xukuklari xavf ostida koladi. Bularning xammasi shunga olib keladiki, davlat xizmatchisi davlat bilan uzviy ravishda boglangan bo’ladi. Ana shunga muvofik mazkur xodimlarni tanlash tizimi, ularning davlat ish beruvchisiga nisbatan majburiyatlari, ular foydalanadigan xukuklar kelib chiqadi.
Davlat xizmatchilari bilan xususiy sektor xodimlari o’rtasidagi asosiy fark shundan iboratki, davlat xizmatchilarining faoliyati ustav va belgilangan tartib doirasida kechadi, xususiy sektor xodimlari esa ish beruvchilar bilan fakat shartnoma munosabatlarida bo’ladilar.

Download 463.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling