13-мавзу. Sanoatkorxonalarida xodimlarni boshqarish Reja


Download 463.5 Kb.
bet8/10
Sana12.03.2023
Hajmi463.5 Kb.
#1262680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
13-маъруза сиртки

I.Karimov (ma’ruzadan)
a’lumki, mehnat taqsimoti va unga bog‘liq ravishda mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashish mehnat unumdorligini o‘stirish, tayyorlanayotgan mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini kamaytirish uchun imkoniyat yaratadi. Ayni paytda, u yoki bu mahsulot turiga ixtisoslashish ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun xom ashyo, butlovchi qismlarni boshqa ixtisoslashgan korxonalardan sotib olish ehtiyojini keltirib chiqaradi. SHu tariqa korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini o‘rnatishga zarurat yuzaga keladi.

Bugungi kunda kooperatsiya aloqalarining xom ashyo etkazib berishdan iborat oddiy ko‘rinishidan tortib to franchayzing tizimini qo‘llash kabi murakkab turlarigacha mavjud.

Kooperatsiya aloqalari – mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha bir yoki bir necha korxonaning hamkorligi.
Franchayzing – yirik kompaniya (franchayzer) hamda kichik firmalar (franchayzi) o‘rtasidagi shartnoma tizimi bo‘lib, unga asosan franchayziga franchayzerning mahsulotlarini uning tovar belgisidan foydalangan holda sotish huquqi beriladi.

Korxonalarning bozorlarda qaysi mahsulot yoki xom ashyoga ehtiyoj borligini bilishlari, uni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishlari uchun zarur bo‘lgan materiallar va xom ashyoni qaysi korxonalardan olishlari mumkinligi to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishlari ularning rivojlanishi, umuman mamlakat iqtisodiyotining yuksalishida muhim omil hisoblanadi.
Bunday axborotlarning etarli emasligi va ularni olishdagi qiyinchiliklar mavjudligi sababli mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yoki ishlab chiqarish imkoniyati mavjud bo‘lgan xom ashyo, butlovchi qismlar, materiallar yoki tayyor mahsulotlarni valyuta evaziga, ko‘pincha qimmat narxlarda xorijdan olib kelish hollari mavjud. Bunga barham berish maqsadida mamlakatimizda tarmoq, tarmoq ichidagi va xalqaro sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda.
Mamlakatimiz korxonalarining kooperatsion aloqalarini kengaytirish bir necha vazifalarni hal etish imkonini beradi (3.3.4-rasm).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 noyabrdagi «Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 3937-sonli Farmoniga ko‘ra tashkil etilgan Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
- tarmoq ichidagi va tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish;
- mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarni mamlakatimizning turli hududlarida ishlab chiqarilayotgan, import qilinayotgan va o‘zlashtirilishi istiqbolli bo‘lgan tovarlar bilan tanishtirish;
- ishlab chiqaruvchilarga sheriklarni izlab topishda hamda o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni etkazib berish yuzasidan xo‘jalik shartnomalari tuzishlarida ko‘maklashish;
- mamlakatimiz korxonalari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni, shu jumladan, mahalliylashtirilayotgan mahsulotlarni xorijiy foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lgan axborot resurslari orqali keng reklama qilish.


Download 463.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling