13-мавзу. Sanoatkorxonalarida xodimlarni boshqarish Reja


Download 463.5 Kb.
bet7/10
Sana12.03.2023
Hajmi463.5 Kb.
#1262680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
13-маъруза сиртки

Boshqarish


Marketing xizmati

Reklama

Sotuvni qo‘llab-quvvatlash

Pablik releyshnz

Izlanish (tadqiqot)

Sotuvni bashorat qilish

Sotuvni nazorat qilish

Mahsulotni ishlab chiqarish

Sotuvni rejalashtirish

Mahsulotni rejalashtirish

Mahsulotni rivojlantirish

Narxni tashkil etish

Sotish

Tashqi xizmat

Xaridorlarga xizmat ko‘rsatish

Jo‘natish va omborlar

O‘rash (upakovka)

Tashqi soha

Reklama agentligi

1-chizma. Marketing faoliyatiga yo‘naltirilgan korxonani tashkil etish.


Mavjud tovarlarni o‘rganish va kelgusi tovarlarni rejalashtirish, ya’ni assortiment, parametrik qatorlar va qadoqlashni hisobga olgan holda yangi tovarlarni yaratish yoki eskirganlarini moderinizatsiya qilish kontseptsiyasini ishlab chiqish. Eskirgan va belgilangan daromadni keltirmaydigan tovarlar ishlab chiqarishdan va eksportdan olib tashlash.
Tovar harakati va sotilishini rejalashtirish kerak bo‘lgan taqdirda do‘kon va omborlarni hisobga olish bilan tegishli sotish tizimini yaratishni o‘z ichiga oladi.
Xaridor agent va bevosita sotuvchilarga yo‘naltirilgan reklamalarni kombinatsiyalash, shaxsiy sotuvni yo‘lga qo‘yish, obro‘li nosavdo tadbirlar («Pablik releyshnz») va turli xildagi iqtisodiy rag‘batlantirishlar orqali talabni shakllantirishni ta’minlash va sotishni rag‘batlantirish.
Eksport qilinuvchi mahsulotlarga narxlar darajasi va tizimini rejalashtirish, narx, kredit muddatlari, chegirma va boshqalarni ishlatish «texnologiya»larini aniqlashni o‘z ichiga oluvchi narx siyosatini ta’minlash.
Mahsulot ishlatilishini tegishli havfsizlik darajasini ta’minlash, atrof muhitni himoyalash majburiyati, ahloq-odob qoidalariga mos kelishini, iste’mol tovarlari xususiyatlarini muvofiqlik darajasini ifodalovchi korxona mahsulotlarini import qiluvchi mamlakatning texnik va ijtimoiy me’yorlarini qondirish.
Marketing faoliyatini tizim sifatida boshqarish, ya’ni marketing dasturlari va korxona ishida qatnashuvchi har bir ishchining individual majburiyatlarini bajarish va nazorat qilish, tavakkalchilik va foyda darajasi, marketing qarorlarini samaradorligini baholash kabilar kiradi.
Yuqorida ta’kidlangan tadbirlarni amalga oshirish uchun marketing strategiyalarini
o‘tkazilishini samaradorligi bog‘liq bo‘lgan, ya’ni ishlab chiqaruvchilarni va xizmat ko‘rsatish korxonalarini, ulgurji va chakana savdo korxonalarni, marketing bo‘yicha mutaxassislarni va turli xil iste’molchilarni o‘zida mujassamlashtirgan marketing subyektlarining katta rolini hisobga olish zarurdir. Ta’kidlash lozimki, marketing funksiyalarini bajarish ma’suliyati turli uslublar orqali taqsimlansada, ularni ko‘p hollarda umuman bajarmaslik mumkin emas, ular albatta biror kim tomonidan bajarilishi lozim.
Marketing jarayoni xaridorni o‘rganish va uning talablarini aniqlash bilan boshlansa, xaridor tomonidan mahsulotni xarid qilish va uning aniqlangan talabini qondirish bilan ushbu jarayon o‘z nihoyasiga etadi.
Marketing subyektlari amal qilayotgan bozorlarni ikkiga bo‘lishimiz mumkin. Bu korxona o‘zining mahsulotini realizatsiya qilayotgan «sotuvchi bozori» va kerakli bo‘lgan ishlab chiqarish komponentlarini xarid qila oladigan «xaridor bozori». SHunday qilib marketing mahsulot sotuvchilari va xaridorlari uchun zarurdir.
Ammo qiziqtirgan hamkorlar bilan aloqani o‘rnatishdan avval quyidagilarni aniqlash lozim:
- o‘zga tomon bunga qiziqishi bormi yoki yo‘qmi;
-texnik aloqa vositalari (telefon, faks) mavjudmi va aloqa uchun mas’ul shaxs bormi.
Mavjud yoki potentsial hamkorlar bilan aloqa va biznes muloqot marketingning muhim bo‘limlaridan biridir.

2.Marketing maqsad va vazifalari: mumkin bo‘lgan maksimal yuqori iste’molga erishish, iste’molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish.


Marketing jarayoni xaridorni o‘rganish va uning talablarini aniqlash bilan boshlansa, xaridor tomonidan mahsulotni xarid qilish va uning aniqlangan talabini qondirish bilan ushbu jarayon o‘z nihoyasiga etadi.


Marketingni boshqarishni asosiy mazmuni bu talabni boshqarish deb qaraladi. SHunday ekan talabni turlari va bu talabning turli holatlarida marketingning qanday yo‘l tutishini ko‘rib chiqish kerak. Talabning asosiy turlari 8 ta bo‘lib, ular qo‘ydagilardan iborat:
Qarshi talab. Bunda bozor qarshi talabga uchragan bo‘lib, tovarni yoqtirmaganlar bu tovarni chetlab o‘tish uchun qo‘shimcha harakat qilishga ham tayyor bo‘ladi. Bu holatda marketingning vazifasi - nega bozor tovarni yoqtirmayapti degan savolni tahlil qilib, bu holatni marketing dasturi orqali tovarni o‘zgartirish, narxini pasaytirish bilan hal qilish mumkinmi degan savolga javob topishi kerak.
Talabning yo‘qligi. Bunda xaridorlar tovarga nisbatan qiziqishlari yo‘q yoki umuman befarq bo‘ladilar. Marketing bu holatda xaridorlarni tovarga qiziqishlarini oshirish yo‘llarini topishi zarur.
Yashirin talab. Ko‘p xaridorlar o‘z ehtiyojlarini namoyon qiladilar, ammo bu ehtiyojlarni qondirib bo‘lmaydi. Marketing bu holatda iste’molchi talabini qondiruvchi samarali tovar va xizmatlarni yaratishi lozim.
Pasayuvchi talab. Erta yoki kech har bir korxona talabning pasayishi bilan to‘qnashadi. Marketing bunda bu tendentsiya (ziddiyat)ni tovar taklifini o‘zgartirish orqali teskarisiga aylantirishi lozim.
Doimiy bo‘lmagan talab. Ko‘pchilik korxonalar mavsumi, kunlik tarzda ishlaydi va ishning ortib ketishi va kamayib ketishi muammosi kelib chiqadi. Marketing bunday talabni vaqt bo‘yicha taqsimlanishini egiluvchan narxlar orqali to‘g‘irlashi zarur.
To‘liq talab. Korxona o‘z savdo oboroti bilan mamnun bo‘ladi. Marketing bunda mavjud talabni kuchayayotgan raqobatga qaramasdan ushlab turishi lozim.
Ortiqcha talab. Ko‘p korxonalarda talab hajmi ular qondira olish hajmidan yuqoridir. Marketing bunda vaqtincha yoki doimiy talabni pasaytirish yo‘llarini izlab topishlari zarur.
Ratsional bo‘lmagan talab. Sog‘liq uchun zararli bo‘lgan tovarlarga talabni kamaytirishga harakat qilish zarur. Marketing bunda har xil qo‘rqinchli xabarlarni tarqatib, narxni tezda ko‘tarib, odamlarni o‘zi sevgan zararli odatlarni tashlashga undaydi.
Marketing subyektlari amal qilayotgan bozorlarni ikkiga bo‘lishimiz mumkin. Bu korxona o‘zining mahsulotini realizatsiya qilayotgan «sotuvchi bozori» va kerakli bo‘lgan ishlab chiqarish komponentlarini xarid qila oladigan «xaridor bozori». SHunday qilib marketing mahsulot sotuvchilari va xaridorlari uchun zarurdir.
Ammo qiziqtirgan hamkorlar bilan aloqani o‘rnatishdan avval quyidagilarni aniqlash lozim:
- o‘zga tomon bunga qiziqishi bormi yoki yo‘qmi;
-texnik aloqa vositalari (telefon, faks) mavjudmi va aloqa uchun mas’ul shaxs bormi.
Mavjud yoki potentsial hamkorlar bilan aloqa va biznes muloqot marketingning muhim bo‘limlaridan biridir.

Marketingni boshqarish jarayoni quyidagilardan iborat:


Bozor imkoniyatlarini tahlil (analiz) qilish.
Maqsadli bozorlarni tanlab olish.
Marketig kompleksini ishlab chiqish.
Marketing maqsadlarini amalda tadbiq qilish.
Bozor imkoniyatlarining tahlili. Bozor imkoniyatlarini tahlil qilish uchun bozor to‘g‘risidagi to‘liq va to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lishga intilish kerak bo‘ladi. Buning uchun shu tanlangan bozorda tadqiqot ishlarini olib borish va aniq ma’lumotlarga asoslanib uning sistemasini tuzish yaxshi natijalar beradi. Bozor qanday bo‘lishidan qat’iy nazar uni har tomonlama o‘rganish kerak bo‘ladi. Bozordagi individual iste’molchilarni va korxona ko‘rinishidagi iste’molchilar talabini o‘rganib, ularni solishtirish, qaysi birining ko‘p talabgorligini o‘rganish lozimdir. Chunki bu ishlab chiqarilishi kerak bo‘lgan mahsulotlarni bozorda joylashtirilishi uchun muhimdir.
Maqsadli bozorni tanlash. Aniq bir bozorni tanlashda bozorlardagi talab kengligini o‘rganib, ularni o‘lchash lozim bo‘ladi. Buning uchun o‘z oldiga bozorni segmentlarga bo‘lib o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladigan maqsadlar qo‘yish talab etiladi. Eng muhimi tovarning bozordagi o‘rnini va holatini to‘g‘ri o‘rganib aniq maqcad uchun yo‘naltira oladigan imkoniyatlarni izlashdan iboratdir.
Marketing kompleksini ishlab chiqish. Buning asosini tovarlarni ishlab chiqarish, tovar bahosini aniqlash, tovarni joylashtirish metodlarini ishlab chiqish va tovar sotishni rag‘batlantirish jarayonlari tashkil qiladi. Va albatta maqsadli aniq bozorni tanlagandan so‘ng o‘sha bozorga mos tovar ishlab chiqarish zarur. Yana shu bozorga mos tovar narxini belgilash va shu tovarni imkon qadar ko‘p foyda keltiradigan qilib bozorga olib kirish va tarqatish zarur bo‘ladi.
Marketing tadbirlarini hayotga tadbiq etish. Barcha olingan ma’lumotlar yangiliklarni, izlanishlarni real ruyobga chiqara olish yo‘llarini tanlab ularni hayotga tadbiq qila olish, eng muhimi barcha qilingan tadbirlar va bajarilgan ishlar ustidan to‘g‘ri nazoratni olib borish muhimdir. Har bir maqsadni rejalashtirib va uni bajarilish nazoratini to‘g‘ri tashkillashtira olish - bu marketing boshqaruvining asosi bo‘lib hisoblanadi.
Marketingni to‘g‘ri boshqarish va shu yo‘l bilan foyda olish imkoniyatlarini ochib berishda quyidagi misollarni keltirish mumkin.



3-rasm. Marketingni boshqarish jarayoni.
Misol uchun hammaga ma’lum bo‘lgan «Elen Kertis» firmasini olaylik. Bu firma Chikagoda joylashgan bo‘lib, tualet va yuvinish anjomlarini ishlab chiqaradi. Bu firmaning 4 xil yo‘nalishlarga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchi bo‘limlari bor. U erda asosiy tovarlar, bu shampun, sochni oziqlantiruvchi vositalar, terini parvarishlash uchun losonlar, sovunlar va boshqa turli xil mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Faraz qilaylik, bu korxonaning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi, bu -bozordagi yangi imkoniyatlarni qidirishi. SHularni hisobga olgan holda «Elen Kertis» firmasining imkoniyatlarini topish kerak bo‘ladi.
Buning uchun korxona va uning rahbari yoki marketing bo‘limlari bozordagi o‘zgarishlarni kuzatishlari, raqobatchilarning faoliyatlari bilan chuqurroq tanishishlari, gazeta, jurnal yoki Internet tarmog‘idan yangi imkoniyatlar, g‘oyalarni izlashlari, asosiysi kerakli ma’lumotga ega bo‘lishlari muhim. Misol ko‘rinishida shu firmaning «Suav» shampuni imkoniyatlarini aniqlab ko‘raylik.
Birinchidan, bu shampun turini o‘zgartirmagan holda unga bo‘lgan talabni oshirish imkoniyatlarini izlashi tushuniladi. Buning uchun «Suav» shampunining narxini pasaytirish, unga qilinadigan reklama sifatini oshirish, uni iloji boricha magazinlarga ko‘proq joylashtirish ishlarini olib borishi.
Ikkinchidan, «Suav» shampuni ma’lum bo‘lmagan, to‘yinmagan yangi bozorlarni izlashi, yangi bozorlarni tanlashda bozorlarning demografikligiga ya’ni, yosh bolalar yoki o‘quvchilar, kattalar, qariyalar, yoshlar tashkil qilishiga diqqatni qaratishi. Yana kasalxonalarga, sog‘lomlashtirish markazlariga, go‘zallik salonlariga e’tibor qaratiladi. Geografik jihatdan esa shu bozor qaerda joylashganligiga ahamiyat beriladi.
Uchinchidan, «Suav» shampunini yangilangan holda ishlab chiqish ya’ni, shampun hidini, tarkibini yoki uning ustki qismiga o‘zgartirish kiritish bilan unga bo‘lgan talabni oshirish.
To‘rtinchidan, bu umuman shampunga aloqasi bo‘lmagan, yangi rivojlanib kelayotgan sohalarga ahamiyatni qaratib, umuman boshqa yo‘nalishdagi tovarlar ishlab chiqarish orqali bu korxona o‘z maqsadlariga erishishidir. Masalan, kompyuter o‘yinlari, programmalari va boshqalarni chiqazishi kabilardir.
Beshinchidan, bozor iqtisodiyotini va O‘zbekiston Respublikasi o‘zining oldiga qo‘ygan maqsadini hisobga olgan holda, shuni aytish mumkinki, bozor imkoniyatlarini izlash va undagi marketing faoliyatini to‘g‘ri boshqarish muhim va juda ahamiyatlidir. Chunki O‘zbekiston sharoitini hisobga olgan holda xususiy tadbirkorlikka, yangi ishlab chiqarish, mahsulotlar turi va sifatini oshirish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ya’ni jismoniy yoki yuridik shaxc uchun, o‘zining maqsadiga erishishda erkinliklar yaratilmoqda. SHularni hisobga olgan holda biror bir marketing faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan oldin uning imkoniyatlarini, maqsadlarini to‘g‘ri va aniq bilib olish, undan so‘nggina marketing jarayonlarini bir-biridan uzmagan holda olib borish kerak, bular boshqaruv nazoratini olib borishdir. Bularni boshqarish uchun kelajakda to‘g‘ri va asosli qaror qabul qila oladigan professional menejerlar kerak bo‘ladi. Marketingni boshqarishda menejerlarning o‘rni kattadir. Chunki ular har doim izlanishda ya’ni, yangiliklardan, yangi texnologiyalardan, tadqiqotlardan, raqobatchilardan xabardor bo‘lib turadilar va shunday bo‘lishlari talab qilinadi. Hozirgi kunning bunday tez suratda rivojlanish jarayonida va raqobat kuchaygan bir vaqtda ular zamon bilan barobar ildam qadam tashlashlari zarur. Marketing esa shularning asosi bo‘lib hisoblanadi.
Kompaniya doimo o‘z maqsadi va mahsulot assortimentini ma’lum bozorda muhimligini saqlanishiga ishonishi kerak. Gar qanday kompaniya qiyin va o‘zgaruvchan marketing muhitida faoliyat olib boradi. Yashovchanligini saqlab qolish uchun u biron guruhga kerakli tovarni ishlab chiqarib, taklif qilishi kerak.
Hozirgi kunda marketing har birimizning hayotimizga chuqur kirib borgan. Marketing o‘zida turli xil faoliyatlarni jumladan, bularga marketing tadqiqotlari, tovarga ishlov berish, korxonani shu tovarni tarqatishi, narx qo‘yish, reklama va shaxsiy savdo kiradi. Har bir ishlab chiqaruvchi o‘z marketingini boshqarishni rivojlantirishga harakat qiladi. Marketingni boshqarishni yuqorida ta’riflab o‘tildi. Uni rivojlantirish darajasini oshirishda, ya’ni unga yo‘naltirish beruvchilik vazifasini ko‘rib o‘tilgan 5 kontseptsiya bajaradi. Bu kontseptsiyalar bir-biridan farq qilinib ular yordamida ishlab chiqaruvchilarning mavqeining oshishi yoki pasayishi yaqqol misollarda ko‘rib chiqildi. Bu bilan marketing boshqarishni rivojlantirishga ushbu kontseptsiyalardan o‘z vaqtida foydalanganda erishish mumkin deb atalsa bo‘ladi. Masalan, bozorda har xil holat yuz berishi mumkin. Tovar bozorda yaxshi ketmasa sababini aniqlab, sifatini yaxshilash, narxi, ishlab chiqarishni mukammallashtirish, zamonaviy texnologiya bilan jihozlash hisobiga pasaytirish, shu tovar iste’molchiga zarur ekanligiga ishontirish, iste’molchining ehtiyoji va talabini o‘rganib, ularni qondirish ishlarini amalga oshirish kerak. Bu sanab o‘tilgan ishlar yuqoridagi 5 kontseptsiyada o‘z aksini topgan. Demak, ushbu kontseptsiyalardan unumli foydalanish marketingni boshqarishni rivojlanishiga ta’sir etadi. Marketingni boshqarishni rivojlantirish malakali mutaxassislarga ham bog‘liq. Chunki ular marketing holatlarini tahlil qilish, rejalashtirish, hayotga tatbiq etish bilan, ya’ni marketingni boshqarish bilan shug‘ullanadilar. Bu esa ular zimmasiga ulkan mas’uliyatni yuklaydi. Bu xodimlarning malakasi yuqori darajada bo‘lishi lozim, shundagina rivojlanish bo‘ladi.
SHunday qilib, xodimlar marketing kontseptsiyalaridan samarali foydalanish va albatta kommunikatsiya aloqalarini yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi marketingni boshqarishni rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
3.Jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda , ichki bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab –quvvatlashning iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolishdagi ahamiyati.
M
Korxonalar o’rtasida barqaror kooperatsiya aloqalarini o’rnatish va ularni kengaytirish bo’yicha boshlangan ishlarni davom ettirish, bu jarayonga kichik biznes va xususiy tadirkorlik sub’ektlarini keng jalb etish zarur. Respublika sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi ishini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish lozim.

Download 463.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling