13-mavzu. Valyuta operatsiyalari hisobi. Reja: O„zbekiston Respublikasi valyuta munosabatlarini tartibga solish
Download 279.07 Kb. Pdf ko'rish
|
13-mavzu
Debet 10109840 -
«Yo ʻ ldagi naqd pullar va boshqa to ʻ lov hujjatlari», Kredit10101840 - «Aylanma kassadagi naqd pullar» hisobvarag ʻ i. b) Chet el valyutasi bank-agentning filialiga kelib tushganda (Bosh kitob valyuta bo ʻyicha): Debet 10101840 - «Aylanma kassadagi naqd pullar», Kredit 22203840 - «Bosh bank/filiallarga to ʻ lanadigan mablag ʻ lar — Naqdsiz pullar» hisobvarag ʻ i. v) Bank-agent filialidan olingan chet el valyutasi kelib tushganligi to ʻgʻrisidagi xabarnomaga asosan Chilonzor filialida (Bosh kitob valyuta boʻyicha): Debet 16102840 - «Bosh bank/filiallardan olinadigan mablag ʻ lar — Naqdsiz pullar», Kredit 10109 840- «Yo ʻ ldagi naqd pullar va boshqa to ʻ lov hujjatlari» hisobvarag ʻ i. Bank-agent filiali naqd chet el valyutani qabul qilib olishi bilan o ʻzining Bosh bankiga shuncha miqdordagi (belgilangan tarif bo ʻyicha xizmat haqini chegirib qolgan holda) chet el valyutadagi vakillik hisobvarag ʻidan mablagʻlarni naqdsiz ko ʻrinishda naqd chet el valyutasini yuborgan Chilonzor filiali Bosh bankining chet el valyutadagi vakillik hisobvarag ʻiga oʻtkazib berishi haqida elektron xabarnoma yuboradi. Bank-agentning Bosh banki tomonidan naqd chet el valyutasini jo ʻnatgan ATIB ―Ipak yoʻli‖ (Bosh bank) ning chet el valyutadagi vakillik hisobvaragʻiga mablag ʻlarni oʻtkazib berganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi: a) Bank-agentning Bosh bankida (Bosh kitob valyuta bo ʻyicha): Debet 16102840 - «Bosh bank/filiallardan olinadigan mablag ʻ lar - Naqdsiz pullar», Kredit10301840 - «Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag ʻ i - Nostro» yoki 10501840 - «Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari - Nostro» hisobvarag ʻ i. b) ATIB ―Ipak yoʻli‖ da (Bosh kitob valyuta boʻyicha): 156 Debet 10301840 - «Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag ʻ i - Nostro» yoki 10501840 - «Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari - Nostro» Kredit 22203840 - «Bosh bank/filiallarga to ʻ lanadigan mablag ʻ lar - Naqdsiz pullar » hisobvaragʻi. Chilonzor filiali tomonidan bank-agentga yuborilgan naqd chet el valyuta uchun naqdsiz ko ʻrinishda chet el valyutadagi mablagʻlarni olgan ATIB ―Ipak yo ʻli‖( Bosh bank) ushbu mablagʻlarni belgilangan tartibda olingan madad puli uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishga yo ʻnaltirishi lozim. Chilonzor filiali HKKMdan olgan madad puli uchun mablag ʻlarni naqd pulsiz oʻtkazib beradi va bunda quyidagi buxgalteriya o ʻtkazmasi amalga oshiriladi (Bosh kitob milliy soʻm bo ʻyicha): Debet 29896000 — «Boshqa majburiyatlar» — ATIB ―Ipak yo ʻ li‖ Chilonzor filiali, Kredit 19997000 — «Boshqa akreditivlar» — Markaziy bankning HBB HKKM . Chilonzor filiali tomonidan chet el valyutasini xarid qilish uchun ishlatilmay qolgan madad puli, agar u bo ʻyicha toʻliq hisob-kitob amalga oshirilmagan boʻlsa va ushbu madad puliga ehtiyoj bo ʻlmasa uch kun muddat ichida Markaziy bankning HBBga inkassatsiya xizmati orqali qaytarilishi shart. Chilonzor filialida ishlatilmay qolgan madad puliga kelgusida ehtiyoji mavjud bo ʻlsa, bu haqda Markaziy bankning HBBga ushbu pullarning butligini va faqat belgilangan maqsad uchun yo ʻnaltirilishini taʼminlash boʻyicha kafolat xati bilan murojaat qilishi lozim. Unda yana qo ʻshimcha madad puliga ehtiyoj mavjud boʻlsa, belgilangan tartibda madad puli berish to ʻgʻrisida Markaziy bankning HBBga buyurtma beradi. Download 279.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling