13-variant i-topshiriqga javob: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning predmetlarni idrok qilish, taqqoslashning o'zigaxos xususiyatlari Bolalarda predmet tushunchasi


Download 1.14 Mb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1559051
1   2   3   4
Bog'liq
Adolat Turayeva

III-topshiriqga javob:

Mavzu: Narsalarni taqqoslash (rangi, shakli bo’yicha)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o’quvchilarga turmushda bir xil, har xil, shakldagi narsalar haqida bilim berish
T K 1: fikrnin mantiqiy izchillikda ifodalay olish; TK2 axborotlarni statistik ma’lumotlar ko’rinishlarning bir turudan boshqa turga o’tkaza olish; FK: real obyektlarni geometrik shakl modellari bilan bog’lay olish;
Tarbiyaviy: o’quvchlarga kattalarga hurmatda bo’lish kerakligini eslatib o’tish. TK4: atrofdagilar bilan o’zaro muloqat chog’ida odob–ahloq qoidalariga rioya qilish va guruhlarda ishlash;
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarga geometric shakllarning bir- biriga nisbatan joylashuvini o’zgartirish sezgirligini oshirish. FK2 o’rganilgan matematik tushunchalar,faktlar va algoritimlarni kundalik vaziyatlarda qo’llay olish.
Dars turi: yangi tushuncha ,bilimlarni shakllantiruvchi
Dars metodlari : savol-javob,suhbat,tezkor so’rov,amaliy mashg’ulot,didaktik o’yin.
Dars jihozi: 1-sinf “Matematika’’darsligi, mavzuga mos rasmlar, slaydlar, tarqatmali materiallar, raqamlar yozilgan kartochkalar, geometrik shakllar.
Darsning texnologik xaritasi

Dars bosqichlari

Bajariladigan ishlar

Bagariladigan ishlar shakli

Ajratilgan vaqt

Tashkiliy qism

O’quvchilarni darsga tayyorlash. Navbatchi axboroti

Suhbat

2 minut

Uy vazifasini so’rash

Uy vazifasini tekshirish. Savol va topshiriqlar berish, xulosalash. Matematik diktant yechish.

Savol- javob

5 miut

Yangi mavzuni tushuntirish

Yangi mavzuni tushuntirish, misol va masalalar yechish

Ko’rgazmalilik, “zanjir” o’yini, amaliy mashg’ulot

14 minut

Yangi mavzuni mustahkamlash

Xotirani jamlash oyini, raqamli kartochkalar orqali sonlar hosil qilish

Guruhlarda ishlash

18 minut

Darsni yakunlash

Test topshiriqlari

Baholash

4 minut

Uyga vazifa berish

Uyga vazifa berish

Tushuntirish

2 minut

Darsning borishi :


-Salomlashish;
-Oqituvchi; Salom aziz bolalarim,
Gulu rayhon bolalarim.
Qani tinglang so’zlarim
Jajji o’g’il qizlarim.
Ona yurt egasisiz
Istiqlol ertasisiz
Bo’ling aqlu rasolar
Ham bilmdon donolar.
-Navbatchi axborati;
-O’qituvchi; Qani ayting bolalar
Kim navbatchi bo’ladi
Ushbu kunning hisobin,
Menga aytib beradi.
-Navbatchi o’quvchi; Bugun sinfda men navbatchiman . Sinfda 33 nafar o’quvchidan
33 tasi darsga tayyor.
-O’qituvchi: Hozir darsimiz matematika
-O’qituvchi: Darsimizning shiori;
-O’quvchilar: Ilmdan yaxshiroq xazina bo’lmas
-Qo’lingdan kelgancha yig’a olsang bas
-O’qituvchi: Oldimizga qo’ygan maqsadimiz.
O’qib- o’rganamiz, ijod qilamiz,
Shu ozod Vatanni obod qilamiz.
O’quvchilarni guruhlarga bo’lish.
1-guruh Muhammad Yusuf . 2-guruh Amir Temur
Har bir guruhga sardorlar saylanadi. Guruh sardorlari guruh nomlariga ta’rif beradilar.
O’qituvchi darslik kitobi o’quvchilarga ko’rsatadi va savol beradi.
-Bu qanday kitob?
-O’quvchilar ; Matematika
-O’qituvchi; Kitobni bizga kim bergan?
-O’quvchilar; Prezidentimiz Sh. M Mirziyoyev
-O’qituvch; Nima uchun berganlar?
-O’quvchilar; Bilim va ta’lim olib vatanga munosib farzand bo’lish uchun.
-O’qituvchi; Bu darslikni qadriga yetishni uni asrab avaylash kerakligini o’quvchilarga tushuntiradi. Matematika fanini raqamlarsiz tasavvur etib bo’lmasligini aytadi .Raqamlar shunda tilga kiradi.
“0”raqami
Diqqat mening nomim nol
O’quvchim sen ogoh bo’l.
Yolg’iz tursam yo’qman men,
Sherik bo’lsa to’qman men
Yozilishim qiyinmas
Dum-dumaloq chizsang bas!
“1” raqami
Bir degan sanoq sonman,
Sanash uchun osonman
Bitta yurak bitta bosh,
Bitta oy, bir quyosh,
Yozishga ham qulayman,
Qoziqchaga o’xshayman
“2”raqami
Ikki degan nomim bor,
Ikki birdan men tayyor.
Ikki qo’l, ikki oyoq,
Ikki ko’z, ikki quloq
Nimaga o’xshayman xo’sh
Xuddi ko’ldagi oqqush!
“3” raqami
Uchta birman nomim uch,
Birlashganda bo’lar kuch.
Uchgacha sanayman deb,
Shart o’ynagan har bir sher.
Yozish uchta qiyinmas,
Tishlangan ikki kulcha.
“4” raqami
Men to’rt degan raqamman,
Ikki ikkida jamman.
Bo’lsa ikki juft o’rtoq,
To’tta ulfat o’sha choq
Yozishni qil mashq picha,
Bir o’yog’i narvoncha!
“5” raqami
Besh degulik nomim bor,
Raqamlar ichra ilg’or.
Bir- bir qo’shsa anchaman,
Qo’ldagi besh panjaman.
Yaxshi tirish yozmoqqa,
Sal o’xshayman qalmoqqa.
”6”raqami
Beshdan keyin oltiman
Raqamlarning oldiman
Ikki uchni qo’shsang bas,
Hech qachon sedan chiqmas.
Yozishni lozim bilmoq
Go’yoki oddiy ilmoq
“7 raqami”
Mening nomimdir yeti,
Endi demanglar mitti.
Oltidan bitta ko’pman,
Yetti yulduzman to’pman.
Chizgingda kichik o’roq ,
Beliga boyla belboq.

“8 raqami”


Sanamay demang sakkiz,
Ikki to’tni qo’shsangiz,
Hosil bo’laman shu on,
Yaxshi bilgin ukajon
Yozilishim bil qani,
Tasavvur qil pillani.

“9 raqami”


Men to’qqizman to’qqizman,
Sonlar ichra yolg’izman.
Sakkizdan bitta katta ,
Bilib qo’ygin albatta.
Yozishni o’rgan asta.
Ilmoqman dumli pastda
Otgan mavzuni mustahkamlash.
O’quvchilar bilan uy vazifasini o’yin orqali tekshiriladi.
O’quvchilarga toq va juft sonlar tarqatiladi. Ular qo’llaridagi sonlarni juf yoki toq ekanligini aniqlab doskaga guruhlab yopishtirishadi. O’quvchilar uy ishlarini shu orqali o’zlari tekshiradilar.
Juft sonlar; 16,20,68,86,34
Toq sonlar; 27,31,45,57,75
Yangi mavzu bayoni.
Ekranda predmetlar hosil bo’ladi. Ularning nomlarini ayting topshirig’i beriladi

O’quvchilar rasmdagi narsalarning nomlarini birma-bir aytadilar. O’qituvchi ushbu rasmda berilgan buyumlar qanday shakda ekanligi so’raladi
-O’qituvchi; Qaysi buyum to’rtburchak shaklida berilgan?
-O’quvchilar; uycha , varrak, Dast romolcha
-O’qituvchi: qaysi buyumlar aylana shaklida berilgan?
-O’quvchilar: shar, doira, to’rt
-O’qituvchi: Narsa jonsiz buyumlar uchun ishlatiladi. Nima so’rog’iga javob bo’ladi. Shakl buyumlarni ko’rinishga ega ekanligini bildiradi.
-Bu nima? U qanday shaklda?
-Bu uy. To’rtburchak shaklda.
-O’qituvchi o’quvchilarni diqqatini ekranga qaratadi. Bir o’quvchi masala shartini o’qib eshittiradi. O’quvchilar masala mazmunini birma bir tushuntirib beradilar.

2- masala


Maktab oshxonasiga 14 kg un keltirildi. 4kg undan so’msa, 6kg undan shirin kulcha pishirildi. Oshxonada necha kilogram un qoldi?
-O’quvchilar masalaga qisqa yozuv va shu asosida ifoda tuzadilar.
Keltirildi -14kg un
Ishlatildi so’msaga -4kg un
Shirin kulchaga -6 kg un
Qoldi -?
Yechish; 14-(4+6)=14-10=4 javob; 4kg un
O’quvchilar bilan dam olish daqiqasi o’tkaziladi.
Kulrang g’ozlar uchdilar
Ko’lmakchaga qo’ndilar.
U yon bu yon qarashib,
Yana uchib ketdilar. 1,2,3…
O’quvchilar diqqatini darslikka qaratiladi. 3-misol og’zaki tartibda bajariladi.

Bunda o’quvchilar sonlarni xona birliklariga ajratadilar va nomalum sonni topadilar.


96=90+6 44=40+* 22=20+*
66=60+* 48=40+* 88=80+*


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling