II-topshiriqga javob:
Matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning mohiyati va mazmuni
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish. Matematikadan «sinfdan tashqari ish» deyilganda o'quvchilarning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog'liq bo'lgan material asosida ixtiyoriylik tamoyiliga asoslangan mashg'ulotlar tushuniladi. Sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirsh va kengaytirish, murakkab misol va masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog'liq bo'lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba'zi savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi.
Sinfdan tashqri ishlarning mаqsаdi: Sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’quv jarayonini mustahkamlash va o’quvchilarni fanlarga qiziqishini shakllantirish, darslarda faollashtirish, ma’naviy tarbiya berish, tasavvur va tafakkurni rivojlantirishga, shuningdek, sinfdan tashqari ishlarning mazmun va mohiyati teran va boy mazmunga ega bo’lib samarali bilim salohiyatiga ega bo’lish kasb-hunarga qiziqtirishga ham xizmat qiladi.
Sinfdan tashqri ishlarning vazifalari : -bolalarda ijodkorlik tuyg’ularini rivojlantirish, bir biri bilan samimiy yaxshi munosabatda bo’lish , bir birini hurmat qilishga o’rgatish;
-bolalarda ijodiy faoliyatning turli qirralariga jalb etish;
-sinfdan tashqari ishlar uchun ijodkorllik va muqobil shart sharoitlardan foydalanishga yo’naltirish;
-bolalarni bilim va ko’nikmalarini tizimini aniqlash;
-ta’lim- tarbiya jarayonida fanlardan o’zlashtirishi qiyintchilikka duch kelgan o’quvchilar bilan korretsion ishlar olib borish.
Sinfdan tashqari ishlar orqali quyidagilar amalga oshiriladi:
Bilimlarni va amaliy ko'nikmalarni chuqurlashtirish hamda kengaytirish;
O'quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matematik ziyrakliklarini rivojlantirish;
Matematikaga qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish;
Talabchanlik, irodani tarbiyalash, mehnatga muhabbat, mustaqillik, uyushqoqlik va insoniylikni tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |