14- mavzu. Marketing tizimida tovar va narx siyosati
Download 313.3 Kb. Pdf ko'rish
|
14-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar.
- 14.1. Marketing tizimida tovar tushunchasi va uning o‘rni. Tovar
14- MAVZU. MARKETING TIZIMIDA TOVAR VA NARX SIYOSATI 14.1. Marketing tizimida tovar tushunchasi, tovar siyosati va uning o‘rni 14.2.Tovarning hayotiy davri va bosqichlari 14.3. Yangi tovar ishlab chiqarish strategiyasi 14.4. Marketing tizimida narx tushunchasi va narxning shakllanishi 14.5. Narx shakllanish uslublarini tanlash 14.6. Narx strategiyalar Tayanch so‘z va iboralar. Tovar, tovarlar klassifikasiyasi, raqobat, tovar raqobatdoshligi, tovar yashash davri konsepsiyasi, tovar modifikasiyasi, mahsulot differensiasiyasi, yangi tovar, yangi tovar ishlab chiqarish, Narx, raqobat, xarajat, qaymogini olish, kirib borish, talab, narx siyosatining shakllanishi, narx turlari 14.1. Marketing tizimida tovar tushunchasi va uning o‘rni. Tovar ehtiyojlarni qondirish uchun yaratilgan va e’tiborni jalb qilish, sotib olish, foydalanish yoki iste’mol qilish maqsadida bozorda taklif yetiladigan mahsuldir. Bular turli xil jismoniy ob’yektlar, xizmatlar, shaxslar, joylar, tashkilotlar va g‘oyalar bo‘lishi mumkin. . Demak, haqiqiy tovarning uchta asosiy tashkil yetuvchilari mavjud: foydalilik; bozordagi obro‘-e’tibor; to‘g‘ri keladigan narx. Kotlerning tasnifiga ko‘ra tovar uch guruh alomatlar (o‘lchamlar)ga ega: 1. Tovarni yaratish g‘oyadan, ya’ni iste’molchi oladigan asosiy manfaatni aniqlashdan boshlanadi. g‘oya, albatta, biror tayanch ehtiyojga qaratilishi kerak. 2. Tovarning texnik tasnifi, dizayni (go‘zalligi), narxi, o‘rami, markirovkasi, uslubi va sifati haqidagi savollarni, ya’ni real bajarilishini har tomonlama o‘ylab ko‘rish kerak. 3. Tovarni sotish, yetkazib berish va o‘rnatish, sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish, kafolatlar, kreditlash va rag‘batlantirish, ya’ni yordamchi kuch (quvvatlangan tovar) haqida oldindan o‘ylash kerak. Tovarga baho berishda uning sifati asosiy o‘rinda turadi. Bu tushuncha quyidagilarni o‘z ichiga oladi: texnik-iqtisodiy tavsiflar; tayyorlash texnologiyasi; ishonchlilik va uzoq vaqt davomida ishlatilishi; mo‘ljallanadigan maqsadga mos kelishi; ekologik xususiyatlari (atrof-muhitni himoya qilish talablariga mos kelishi); ergonomik xususiyatlari (inson organizmining tuzilishi va xususiyatlarini hisobga olish); estetik xususiyatlari (tashqi shakli va ko‘rinishi, jozibaligi, ifodalanishi). Tovarning ko‘zda tutilayottan xususiyatlarining tahlilini tizimli ravishda amalga oshirish zarur. Download 313.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling