Yetakchi orqasidan yurish strategiyasi. Narxlarning bozor darajasi bozorda harakat
qilayotgan yirik korxonalarning soni va ularning narx strategiyasiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Bunday sharoitda kichik korxonalar narx jihatidan yetakchi bo‘lgan korxonalarning
ta’sirida bo‘ladi. Demak, bu yerda korxona narxlashtirishning yetakchi orqasidan yurish
strategiyasini qo‘llashi foydadan holi emas. Albatta, yetakchi
vaziyatni egallab turgan
korxona maqsadga muvofiq narx belgilashga harakat qiladi.
"Qaymog‘ini olish" strategiyasi. Agar korxona marketing imkoniyatlaridan samarali
foydalanib, yangi
tovarining noyob, yagona xususiyatlarga ega yekanligini ajratib
ko‘rsata olsa, shuningdek, tovar sotishning va ishlatishning yaxshirok seriyasini
ta’minlasa, unda bu korxona raqobatchilarga nisbatan narx belgilashda ma’lum
erkinliklarga ega bo‘ladi.
Natijada, korxona o‘z tovarlariga yuqori darajadagi narxni
belgilaydi.
"Yorib o‘tish" strategiyasi. Bu strategiya ko‘pincha ishlab chiqarish texnologiyasi juda
oddiy va ommabop iste’molga mo‘ljallangan yangi mahsulotni bozorga kiritishda
qo‘llaniladi. Bunda tovar bozorga
juda past narxda chiqariladi, bozorni egallashi bilan
normal darajaga qaytadi. Ayniqsa, bu strategiyani korxona raqobatchilarga nisbatan katta
hajmdagi mahsulotni bozorga kiritishi mumkin bo‘lgan hollarda qo‘llash maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
"Kirib borish" strategiyasi. Bu strategiya past narxlar orqali yangi bozorga tez kirib
borish uchun ishlatiladi. Mazkur strategiya talabning yuqori yelastikligi vaziyatida yuqori
samara beradi.
"Batamom foydalanish" strategiyasi. Bu strategiyaning asl mohiyati,
yangi tovarlarni
bozorga kiritish bosqichida, sotiladigan tovarlarning hajmi kam bo‘lganda ularga juda
yuqori narx belgilashdan iboratdir. So‘ngra bu narx bozorning va raqobatchilarning o‘sishi
bilan kamayib boradi.
"Korxonaning yeksport imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan narx"
strategiyasi. Korxona narxlashtirishda bu strategiyani qo‘llash uchun mamlakatning ichki
va tashqi bozorida narxlashtirish xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Shularni o‘rganib
aniq bozor sharoitlariga bog‘liq holda o‘ziga xos narx siyosatini tanlashi mumkin bo‘ladi.