14- mavzu. Marketing tizimida tovar va narx siyosati


Sotishlar hajmining o‘zgarish foizi


Download 313.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana30.04.2023
Hajmi313.3 Kb.
#1407407
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
14-мавзу

 
Sotishlar hajmining o‘zgarish foizi 
Talab elastikligi =
 
Narxning o‘zgarish foizi 
Agar bozor bir xil ehtiyojlarni qondirish qobiliyatiga ega bo‘lgan ko‘p sonli tovar va 
xizmatlar bilan to‘yingan bo‘lsa, talabning narx yelastikligi birdan katta bo‘ladi. Talab 
elastikligini aniqlash asosida sotish hajmini oshirish uchun narxlarga qanday yo‘nalishda 
ta’sir etishni, raqobatchi sotayotgan tovar markalaridan qaysi biri ko‘proq bozor kuchiga 
ega yekanligini bilib olish mumkin bo‘ladi. 
 
14.5. Narx shakllanishi uslublarini tanlash 
Korxona tovarga bo‘lgan talabni, tovar ishlab chiqarish uchun sarf bo‘lgan yalpi 
xarajatlarni hisoblab chiqib va raqobatchilar narxini o‘rganib, o‘zining tovariga narx 
shakllanish uslublarini belgilaydi. Odatda, tovarning narxi juda past va juda yuqori ham 
bo‘lmasdan, balki shu ikki ko‘rsatkich oralig‘ida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Buning 
sababi shundaki, past narx foydani taminlamaydi, yuqori narx esa talabni shakllantirmaydi. 
Quyidagi chizmada korxona rahbarining uch mulohaza asosida o‘z tovariga narx belgilashi 
keltirilgan. 
Juda past narx 
 
Mumkin bo‘lgan narx 
Juda yuqori narx 


Bu narxda foyda olish 
mumkin emas 
Mahsulot Raqobatchi 
tannarxi lar narxi
Tovarning 
tengi 
yo‘q
xususiyatlari 
Bu 
narxda 
talab 
shakllanmaydi 
Narx belgilashdagi asosiy mulohazalar 
Keltirilgan chizma ma’lumotlarida ko‘rsatilganidek, tovarning mumkin bo‘lgan 
minimal narxi mahsulot tannarxi asosida aniqlansa, mumkin bo‘lgan maksimal narxi esa 
tovarning boshqa tovarlardan farq qiluvchi qandaydir tengi yo‘q xususiyatlari asosida 
aniqlanadi. 
14.3-chizma. Narx shakllanishi uslublari 

Download 313.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling