Narx belgilashning raqobatchilar narxiga asoslangan usuli. Korxonaning narx
siyosatiga raqobatchilarning narxlari va bozorda narx o‘zgarishiga raqobatchilarning
munosabati katta ta’sir ko‘rsatadi.
Agar bozor sof raqobatchilar bozori bo‘lsa, unda sotuvchi bozordagidan yuqori narxni talab
qilishi mumkin emas, chunki xaridorlar ushbu bozor narxi bo‘yicha tovarning xohlagan
miqdorini ochiq sotib olishlari mumkin. Demak, bu yerda narxlar talab va taklif asosida
belgilanadi. Bunda narxlar qat’iy va ularga alohida korxona tomonidan ta’sir ko‘rsatish
deyarlik mumkin emas. Bunday sharoitda korxona narxni o‘zgartirishi uchun keng
imkoniyatlarga ega.
Narx belgilashning raqobatchilar narxiga asoslangan usuliga korxonaning bozorda
mustahkam o‘rin egallab turgan yetakchi korxona belgilangan narxiga qarab narx
belgilashini ham kiritish mumkin. Bunday holda korxona o‘z tovariga bozor yetakchisi
belgilagan narxdan ko‘ra pastroq narx belgilaydi.
14.6. Narx strategiyalari
Narx strategiyasi deganda narxlashtirish sohasidagi qarorlar va tadbirlarning kompleksi
tushuniladi. Ma’lumki, bozor sharoitida ishlaydigan har bir korxona, dastavval, narxlarni
aniqlashning strategiyasi va tamoyillarini ishlab chiqish talab yetiladi. Ana shularga amal
qilsagina korxona o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishi mumkin
bo‘ladi. quyidagi narx belgilash sohasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan strategiyalarning
ba’zi birlari bilan tanishamiz.
Bozorda barqaror vaziyatni saqlash strategiyasi. Bu strategiyani korxona faoliyatining
rentabelligi va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlari barqaror bo‘lgan hollardagina qo‘llash
mumkin bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda rentabellik (fondlarga nisbatan) 10-15 foizni tashkil
yesa, bu korxona qoniqarli faoliyat ko‘rsatayotgan korxona deb hisoblanadi.
Foydani maksimallashtirish, rentabellik darajasini oshirish strategiyasi. Narx
belgilashning bu strategiyasidan maqsad daromadlarni oshirish va korxonaning takror
ishlab chiqarish, shuningdek, investision imkoniyatlarini ham kengaytirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |