14-bilеt pеdagоgik mahоrat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faоliyatida tutgan o’rni va ahamiyati
Download 95 Kb.
|
14 bilet
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’qituvchining demokratik uslubdagi muloqoti
- Tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishda demokratik yondashuv.
- O’ z – o’zini baholash va o’z ustida ishlash . O‘z-o‘zini baholash
- Yunon faylasuflari asarlarida pedagoglar hamda ularning notiqlik san’ati to ’g’risidagi g’oyalar.
- Tayanch tushunchalarga izoh bering : mahorat, qobiliyat, pedagogik texnika, kommunikativlik , emotsiya , persepsiya Mahorat
- Qobiliyat
14-BILЕT Pеdagоgik mahоrat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faоliyatida tutgan o’rni va ahamiyati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan har bir Qarorda barkamol avlod tarbiyasi va ularning kasbiy mahoratini awalo ta'lim muassasalarida oshirib borishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Xususan 2010 yilning "Barkamol avlod yili" deb eion qilinishi ham pedagoglar va tarbiyachilar zimina-siga ulkan mas'uliyatlar yukladi. Jumladan, Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning "Barkamol avlod yili" Davlat dasturi to'g'risidagi Qarorida "Mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o'z ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit—qizlarini XXI asr talablariga to'liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo'yicha keng ko'lamli aniq yo'naltirilgan chora—tadbirlarni amalga oshirish"" muhim vazifa sifatida belgilangan. Ushbu vazifalarni bekamu ko'st amalga oshirilishi uchun bugungi kunda awalo, bo'lajak o'qituvchilarning saviyasini va bilimini uzluksiz takomillashtirib borishga mustahkam zamin yaratilishi kerak. Oliy pedagogik ta'lim muassasalarida ushbu muammolarning echimini topishda "Pedagogik mahorat" fanini chuqur o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni egalJash uchun nimalarni bilish kerak? Hozirgi zamon pedagogikasi va psixologiyasi «pedagogik mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi. Jumladan, "Pedagogik ensik!opediya,'da ta'rif quyidagicha izohlangan: "O'z kasbining mohir ustasi bo'lgan, yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta ola-digan, tarbiyalash va o'qitish uslubiyatini mukammal egallagan muta-xassis". Ushbu ta'rifning mohiyatidan kelib chiqib o'qituvchining pedagogik mahorati tushuncbasi mazmunini shunday izohlash mumkin: 1.Madaniyatning yuqori darajask bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko'rsatkichi. 2.O'z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi. O'quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi. Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o'zaro bir-biri bilan bog'liq bo'lgan asosiy komponentlardan iborat: Pedagogik insonparvarlik talablariga bo'ysunishi. Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda muka- mmal bilish. Pedagogik qobiliyatga ega bo'lish. Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash. Barcha kasblar orasida. o'qituvchilik kasbi o'zgacha va muhim ijti-moiy ahamiyat kasb etadi. Zero, o'qituvchi yosh avlod qalbi kamoioti-ning me'mori, yoshlarga ta'lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarni g'oyaviy - siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o'rgatadi, yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlarida ko'maklashadi va jamiyat uchun muhim bo'lgan ijfimoiy-iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu mas'uliyat o'qituvchidan o'z kasbining mohir ustasi bo'lishni, o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, iste'dodi, e'tiqodi va amaliy ko'nikmalarini har tomonlama rivojlantirish yo'llarini izlab topadigan kasb egasi bo'lishni talab etadi. Buning uchun doimo o'qituvchilarning kasbiy mahoratini, ko'nikma va malakalarini oshirib borish, ularga har tomonlama g'am-xo'rlik qilish, zarur shart - sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy - metodik hamda texnik yordam ko'rsatish, o'qituvchilarning ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko'maklashish loziin. Shunga asosan, «Pedagogik mahorat» fani, mahoratli o'qituvchilarni tayyorlashga xizmat qiladi, o'qituvchilar va tarbiyachilarning kasbiy faoliyati sirlarini, mohirligini o'rgatuvchi va uni takomillashtirish to'g'-risida ma'lumotlar berib boruvchi fan bo'lib, o'qituvchilarda pedagogik mahoratning mohiyat mazmunini, hozirgi zamon talablari doirasida kasbiy faoliyatini rivojlantirishning yo'llarini, vositalarini, shakllarini o'rganadi. Pedagogik mahorat o'qituvchilar va tarbiyachilarga pedagogik ijod-korlik, pedagogik texnika, ta'lim - tarbiya jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hamkorligi. muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati, tafakkuri, tarbiyachining ma'naviy - ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarini tashkii etish va amalga oshirish, bu jarayonda xulq-atvorni va hissiyotni jilovlay olish xususiyatlarini o'rgatadi va o'z kasbini rivoj-lantirib boruvchi pedagogik faoliyatlar tizimi to'g'risida ma'lumotlar beradi. Pedagogik mahorat o'qituvchilaming pedagogik faoliyati zami-rida takomillashib boradi. Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyoilash uchun jamiyat oldida. davlat oldida javob beradigan, ta'lim-tarbiya beri-shda maxsus tayyorlangan o'qituvchilar mehnati faoliyatidir. BoTajak o'qituvchilar o'z pedagogik faoliyati jarayonida faoliyatning quyidagi tarkibiy qismlarini bilishi lozim; O’qituvchining demokratik uslubdagi muloqoti O'quvchilar bilan bo'lajak muloqotni modellashtirishning muhim sharti o'qituvchi va o'quvchilaming o'zaro emotsional bhiigi bo'lib, u o'qituvchiga darsning quyidagi ehtimoliy atmosferasini oldindan ko'ra bilish imkoniyatini beradi: bo'lajak darsda o'quvchilar jamoasi bilan ro'y berishi mumkin bo'lgan turli vaziyatlarni oldindan ko'ra olish; o'quvchilar bilan o'zaro demokratik va erkin munosabatning har xil darajalarini taslikillashtirish, uni rivojiantirish istiqbollarini beigilash; darsda o'quvchilaming bilishga boigan qiziqishini va ijodiy kayfiyatini vujudga keltirish. Ilg'or o'qituvchilar ish tajribasining tahlili shuni ko'rsatadiki, dars jarayonida o'quvchilar bilan bo'lajak muloqotni modellashtirish juda muhim. Zero, bu jarayon darsning didaktik tamoyillarini har tomonlama belgilab beradi, o'qituvchini ijodiy faoliyatga yo'naltiradi, unda o'quvchilar bilan o'zaro hamkorlikning mukammal shakllariga nisbatan turli muloqot modellarini takomillashtirish imkoniyati paydo boiadi. Muloqotni modellashtirish bevosita yangi dars oldidan tezda bajarilishi mumkin, ba'zan esa doimiy xarakter kasb etadi. U o'qituvchiga o'zining dars jarayonidagi kommunikativ munosabatini va emotsional xulqini, his- tuyg'ularini oldindan ko'ra bilish imkoniyatini yaratadi. Muloqotning ikkinchi boshlang 'ich yo 'nalishida - o'quvchilar bilan bevosita munosabatni tashkil qilish uchun o'qituvchi tashabbuskorlikni va kommunikativ ustunlikni o'z qo'liga olishi kerak, bu unga keyingi yo'nalishlarda doimiy muloqotni o'zi boshqarish imkoniyatini beradi. Muloqotda tashabbuskorlikni qo'lga olish, o'qituvchining ta'lim-tarbiya- viy jarayonni hamisha oqilona, ziddiyatsiz boshqarishini ta'minlaydi. Ta'kidlash joizki, barcha o'qituvchilar hamisha sinf jamoasi bilan kommunikativ muloqotda ustunlikka erishish imkoniyatini qo'lga kirita olmaydilar. Ikkinchi boshlang'ich yo'nalishda bo'lajak muloqotning shart-sharo-itlari va tizimi aniqlashtiriladi, oldindan rejalashtirilgan muloqot modeli tatbiq etiladi. Kommunikativ muloqotning dastlabki daqiqalaridayoq o'qituvchi tanlangan ta'lim metodlaridan foydalanish imkoniyatlarini aniqlashtirishi, o'quvchilarning umumiy kayfiyatini, ulardagi ijodkorlikni va ishchanlik kayfiyatini his qilishi lozim. Tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishda demokratik yondashuv. Muloqot jarayonida o'qituvchi o'quvchini ijtimoiy qadriyat deb tan olishi, har bir bola, o'smir va o'spirinning betakror va o'ziga xos xususiyatlarini hurmat qilishi, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini e'zozlashi lozim. Zero, taiimni isloh qilishdan asosiy maqsad, tarbiyada demokratiyaning ustunligi, tarbiyani ma'muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo'yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchining bir-birlariga o'zaro ishonchi, hamkorlik asosida pedagogik munosabat mohiyatini ijobiy tomonga yo'naltirish demakdir. Muloqotni demokratik uslubda tashkil etishdan maqsad, taiim-tarbiyani insonparvarlashtirish, pedagogik faoliyat markazida inson shaxsi turganini unutmaslik, insonga nisbatan bebaho boylik sifatida munosabat tuyg'ularini o'quvchilarda ham shakllantirish vazifasi bajariladi. Demokratik uslub asosida faoliyat olib boradigan o'qituvchining bosh shiori o'quvchilarda mustaqii va erkin fikr yuritish ko'nikmalarini va ongli intizomni hosil qilishdan iborat. O'qituvchining muloqoti barcha demokratik talablar asosida quriladi. Zero, «Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi»\ Ushbu uslubni mukammal egallagan o'qituvchi o'z pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlarni mujassamlashtiradi: -pedagogik faoliyatda sinf jamoasining fikr mulohazalariga tayanib taiim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi; -sinf jamoasining tashabbusini ma'qullaydi, rivojlantiradi, o'quvchilaming erkin fikr bildirishlariga imkoniyat yaratadi; -muloqot jarayonida o'quvchilar fikr-mulohazalarini inobatga olib, pedagogik faoliyatida qo'llaydi; -muloqotga kirishishning asosiy shakllari: iltimos, maslahat berish, samimiy muomala. Demokratik uslubda muloqotni tashkil etuvchi o'qituvchi hozirgi zamon talablariga, ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlardan kutilayotgan maqsadlarga javob bera oladi. O'qituvchining vazifasi barkamol inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb bilgan holda, yuksak ongli, mustaqii fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan tengdoshlariga namuna boiadigan bilimli, ma'rifatli, aql-zakovatli, yuksak ma'naviyatli o'quvchilarni tarbiyalash uchun qizg'in pedagogik faoliyat olib borishi lozim. Muloqot jarayonida o'quvchilarning jamoa bo'lib birlashishlari, ularda o'zaro yordam tuyg'usini o'stirishga xizmat qilishi kerak. Samarali demokratik tarbiyaviy jarayon, sinf jamoasi a'zolarining qobiliyat va iste'dodlarini yuzaga chiqaradi, o'quvchining jamoada har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar paydo qiladi. O'quvchilar bilan muloqotning erkin demokratik asosda tashkil eiilishi sinfning ahil jamoa bo'lib birlashib, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlarga erishishiga zamin yaratadi. Yaxshi uyushgan jamoada har bir o'quvchining fikri ulkan tarbiyaviy kuchga ega.
O’z – o’zini baholash va o’z ustida ishlash. O‘z-o‘zini baholash - o‘quvchining qobiyalitini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordam beradi. O‘z-o‘zini baholash o‘zining imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, baholash, chetdan turib xolisona baho berish, o‘zidan qoniqish hosil qilishda yordam beradi. Tarbiya qoidalarining turmush bilan bog‘liqligi, diniy va dunyoviy xarakteri. Nazariy bilimlarning amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan bog‘lab olib borish ta’limning yetakchi qoidalaridan hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya sohasidagi yutuqlar, eng avvalo nazariya bilan amaliyotning o‘zaro bog‘liqligiga asoslanadi. Shundagina o‘quvchi-talaba o‘rganayotgan o‘quv materiallarining tub mohiyatini tushunib yetadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o‘qituvchi ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmoq lozim. Faol ishtirok esa bilimlarni ongli, tushunib o‘zlashtirilishga olib keladi. Talabalar o‘zlashtirib olgan bilimlarini imkoniyatlariga qarab sekin-asta amaliyotga qo‘llay boshlaydilar. Talabalar bilan bo‘lgan muloqotda, ularga bilim berish jarayonida o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini samarali boshqarishi lozim. Ta’lim-tarbiya jarayoni uzviy jarayondir. Ta’lim berish jarayonida tarbiyalayotganligimizni unutmasligimiz lozim. Suxandonlik, kinoyasiz so‘zlash, o‘qituvchiga xos kiyinish etikasi, fikrni erkin bayon qilish va uni tamasiz etkaza olish xususiyatlari o‘quvchilar uchun amaliy ko‘rgazma ekanligini unutmaslik kerak. Ta’lim berishda o‘qitish metodlari asosiy o‘rinni egallaydi. Pedagogik masala: Ota o‘z o‘g‘lining yetuklik attestatini olishi va 16 yoshga to‘lishi munosabati bilan ziyofat berdi. U o‘ziga va o‘g‘liga hamqadah to‘ldirdi, o‘g‘lini bugungi baxtli kuni bilan tabriklab o‘g‘liga qadah uzatadi. Siz oila a’zolarining bu voqeaga bo‘lgan munosabatlarini qaysi birini to‘g‘ri deb o‘ylaysiz? a) dadasi – o‘g‘lim muborak yoshing bilan tabriklayman, shu munosabat bilan bir qadah ko‘taraylik! b) buvisi – jon bolam, sen spirtli ichimliklarga o‘g‘lingni o‘rgata ko‘rma, hech qachon ichmasin, martabasi ulug‘ bo‘lsin, baxtli bola bo‘lsin. v) bobosi – mayli, dadangni so‘zi yerda qolmasin, do‘stlari oldida izza qilma, qadahni urishtirib, bir ho‘plab bera qol. g) oyisi – o‘g‘lim, dadang senga qadah uzatib, bu spirtli ichimliklarning qanchalik zararli ekanligini bilish yoki bilmasligingni sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi. Bu tarzdagi test savollari muammoli tarbiyaviy masala, o‘quvchining aqliy va axloqiy bilimini kengaytiradi. Ongini, tafakkurini charxlaydi. Insonlarga bo‘lgan muomala madaniyatini takomillashtiradi. Shunga o‘xshash masalalarni muttasil yechib borgan, aqliy va axloqiy bilimlar ko‘nikmasiga ega bo‘lgan talaba komillikka erishib boradi.
Yunon faylasuflari asarlarida pedagoglar hamda ularning notiqlik san’ati to ’g’risidagi g’oyalar. Antik davrdagi maktablar Sparta, Afrna va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar. Qadimgi Yuno-nistonda bunday joylar akademiya deb nomlangan. «Akademiya» so'zi afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi V asrda Afrna yaqinidagi Akadema so'zi bilan nomlanuvchi joy-da Platon o'z shogirdlariga ma'ruzalar o'qigan bo'lib, keyinchalik ta'lim-tarbiya berish uchun tashkil etiluvchi maskanlar ham shunday nom bilan atala boshlangan. Qadimgi Yunonistonda bolalarga taiim-tarbiya berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan edi. Ular notiqlik san'atining yetuk namoyondalari bo'lib, o'zlarining chiroyli so'zlari, baland va ta'sirchan ovozlari bilan taiim oluvchilarning tafakkuriga, ongiga kirib borganlar, ta'lim va tarbiyada ulkan yutuqlarga erishganlar. Shu sababli, notiqlik san'ati va nutq madaniyatining nazariyasiga, uning cheksiz tarbiyaviy ahamiyatiga ilk marotaba qadimgi Yunonistonda asos solinganligi ilmiy adabiyotlarda bayon etiladi. Yunonistonda epos, lirika, drama, haykaltaroshlik, musiqa va me'mor-chilik san'ati bilan birga notiqlik san'ati ham murakkab va muhim san'at asari sifatida tan olingan. Notiqlik san'atini davlatning muhim ijtimoiy-siyosiy ishlariga taalluqli faoliyatdagi ahamiyati uchun hamda yosh avlodni tarbiyalashda ular ongi va tafakkuriga qizg'in ta'sir etuvchi murakkab vosita sifatida rivojlantirganlar. Eramizdan avvalgi V asr Yunonistonda yoshlarga ta'lim-tarbiya berish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning eng takomil-lashgan davri bo'lgan. Shu sababli "Notiqlik san'ati" ham qizg'in rivojlangan davr hisoblanadi. Bu davrda notiqlikning uchta qonuniyati umumiy shior sifatida e'tirof etilgan: • o'quvchilarga tushuntirish (ma'lum bir mavzuni); • o'quvchilar ongini uyg'otish (inson tafakkurini, ongini, maq-sadini);
Yunon faylasuflari o'qituvchilarning ta'lim va tarbiya berishda og'zaki nutqning shakl va qonuniyatlarini, mulohaza va isbot kabi mantiq ilmi qoidalarini chuqur o'zlashtirishlari lozimligini qat'iy talab qilganlar. Shuning uchun pedagog o'qituvchilar o'z fikrlari va tuyg'ularini o'quvchilar hamda tinglovchilar tafakkuri va ongiga chuqur singdira olganlar va keskin ta'sir o'tkazganlar. Har bir pedagog o'zlarining notiqlik san'ati ustida tinimsiz mashg'ulotlar olib borganlar, sehrli ovoz sohibi bo'lish uchun nutq texnikasining barcha qonuniyatlariga amal qilganlar. Ular o'z nutqlarini mafkuraviy va siyosiy kurash hamda yosh avlodni tarbiyalash quroli deb hisoblaganlar. Mashhur faylasuf olim Sokrat (eramizdan avvalgi 469—399) o'quvchilar bilan savol-javob usuli orqali ta'lim-tarbiya berishning sulibat metodiga asos solgan. Sokratning shogirdi Platon o'z ustozi g'oyalarini davom ettirib, o'quvchilar bilan savol-javob usulini notiqlik san'atining bir shakli sifatidagi ahamiyati cheksiz ekanligini bayon etadi hamda uni inson tafakkuri va ongini, dunyoqarashini og'zaki nutq bilan boyituvchi noyob uslub sifatida baholaydi. Yunonistonda yoshlarga ta'lim-tarbiya berishda notiqlik san'atining ahamiyatini yoritib berish hamda uning rivojlanishi faylasuf olim Demosfen (eramizdan avvalgi 384—322) nomi bilan uzviy bog'langan. U yoshlik yillaridanoq notiqlik san'atiga qiziqdi. Tug'ma duduq bo'lishiga qaramasdan, o'quvchi va tinglovchilaming istehzolariga bardosh berib, qizg'in va shiddatli mehnati bilan notiqlik mahoratini namoyish eta olgan. Barcha dunyoviy bilimlarni faqat notiqlik san'atining olijanob qudrati asosida tinglovchilar tafakkuriga etkazish mumkin deb ta'kid-lagan edi faylasuf. Faqat Demosfen Yunonistonda notiqlik san'atining yetuk namoyondasi, ya'ni elitasi sifatida mashhur boidi. U davlat tribu-nasini siyosiy va mafkuraviy kurash maydoniga aylantirdi. Tayanch tushunchalarga izoh bering: mahorat, qobiliyat, pedagogik texnika, kommunikativlik, emotsiya, persepsiya Mahorat – bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o‘rganadi. Qobiliyat – insonning individual salohiyati, imkoniyatlari pedagogik texnika – o’qituvchining o’quvchilarga shaxsan ta'sir o’tkazish usullarining yig’indisidir. kommunikativlik – bu ơqituvchining aloһida xususiyati bơlib, unda ơquvchilar va һamkasblari bilan ơzaro һamkorlik muloqoti nazarda tutiladi. emotsiya – (frans. lot. — larzaga keltiraman, hayajonlantiraman) — odam va hayvonlarning tashqi va ichki qoʻzgʻatuvchilar taʼsiriga nisbatan subʼyektiv reaksiyalari persepsiya – Download 95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling