14-ma`ruza. Ishlab chiqarish omillari. (Kapital qo`yilmalar va kapital bozori. Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish.) Reja
Download 0.72 Mb.
|
14-mavzu. Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14.6 - rasm. Erga talab
14.5 - rasm. Er taklifi
Erga talab. Erga bo`lgan talab ikki xil bo`ladi: qishloq xo`jaligida foydalanish uchun bo`lgan erga talab va noqishloq xo`jaligida foydalanish uchun bo`lgan talab. D = Dq/x +Dnoq/x , bu erda: D - umumiy talab; Dq/x - qishloq xo`jaligi uchun talab; Dq/x - noqishloq xo`jaligi talabi. Ushbu talablarni grafikda quyidagicha tasvirlash mumkin (17.6-rasm). 14.6 - rasm. Erga talab Bu erda qishloq xo`jaligi uchun bo`lgan talab chizig`i manfiy yotiqlikka ega. Nega deganda, er unumdorligining kamayish qonuniga asosan, mavjud texnika va texnologiya o`zgarmaganda foydalaniladigan erning ortib borishi, uning hosildorligini kamayib borishiga olib keladi. D.Rikardoning (1772-1823) ilmiy asarlari er unumdorligining kamayish qonunini keng tarqalishida muhim rol’ o`ynagan. Noqishloq xo`jalik sohalarining erga bo`lgan talab chizig`i ham manfiy yotiqlikka ega. Bu erda ham qurilish uchun nafaqat shahar ichidagi erlardan foydalaniladi (ular cheklangan), balki shahar atrofidagi erlardan ham foydalanishga to`g`ri keladi. Hozirgi vaqtda qishloq xo`jaligi bilan bog`liq bo`lmagan sohalar uchun erga bo`lgan talab o`sish tendentsiyasiga ega. Ushbu talab o`z ichiga uy-joy qurish uchun bo`lgan talabni, infratuzilma ob`ektlari uchun va sanoat ob`ektlari qurish uchun bo`lgan talablarni oladi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo`lganda ko`pchilik ortiqcha pulini er sotib olishga sarflaydi (erga bo`lgan inflyatsion talab). Shuning uchun ham er boylikni saqlash va uni ortishini ta`minlash ob`ekti sifatida qaraladi. Noqishloq xo`jalik erlarga talab erning hosildorligiga bog`liq bo`lmay, ko`proq uning qulay joylashuviga (shaharga yaqin) bog`liqdir. Odatda shahar markazlaridagi er narxi yuqori bo`ladi, shahar markazidan yiroqlashgan sari esa uning narxi kamayib boradi. Qishloq xo`jaligi uchun kerak bo`lgan erlarga talab uning hosildorligiga va bu hosildorlikni oshirish imkoniyatlariga, erning joylashuviga (qishloq xo`jalik mahsulotlari iste`molchilaridan uzoqlashish darajasiga) bog`liq. Qishloq xo`jalik erlariga talab oziq-ovqat mahsulotlariga bo`ladigan talab bilan belgilanadi. Ma`lumki, oziq-ovqat mahsulotlariga talab noelastikdir. Insonlar oziq-ovqatsiz yashay olmaydilar. SHuning uchun am oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlariga bo`lgan talab, ularning narxi qanchalik oshmasin, kam o`zgaradi. Oziq-ovqat mahsulotlariga talabning noelastikligi shuni bildiradiki, ularning taklifini kam miqdorda qisqartirish, mahsulotlar narxini keskin oshib ketishiga sabab bo`lishi mumkin va aksincha, taklifning ko`payishi (hosildor yil kelganda), oziq-ovqat mahsulotlari narxini keskin kamayib ketishiga olib kelishi mumkin. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling