14-ma`ruza. Ishlab chiqarish omillari. (Kapital qo`yilmalar va kapital bozori. Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish.) Reja
Download 0.72 Mb.
|
14-mavzu. Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14.8-rasm. Differentsial renta
- 3. Mehnat bozorining umumiy tavsifi
Differentsial renta. Absolyut rentani qaraganimizda, erning sifati, joylashuvi bir xil deb faraz qilgan edik. Haqiqatda esa erlar hosildorligi bo`yicha hamda joylashuviga ko`ra bir-biridan farq qiladi. Faraz qilaylik, tabiiy hosildorligi bo`yicha 3 xil er bo`lsin, ya`ni, yaxshi, o`rtacha va yomon erlar. Bu erlarning hosildorligi har xil bo`lganligi uchun, ularning teng o`lchamdagi uchastkalariga teng miqdorda kapital va mehnat sarflasak, turli xil natija olamiz. Hosildorligi yuqori bo`lgan erdan, boshqa erlarga nisbatan ko`proq hosil olamiz va bu ortiqcha olingan hosil erning faqat tabiiy hosildorligi bilan bog`liqdir. Yaxshi hosildor erga renta o`rtacha er rentasiga ko`ra yuqori, o`rtacha er rentasi esa yomon er rentasiga ko`ra ko`p bo`ladi, yomon er egasi esa sof iqtisodiy renta oladi (17.8-rasm).
Eng yaxshi er egasi har bir gektar erdan har oyiga differentsial renta ni oladi, o`rtacha er egasi - rentani. Yomon erning rentasi nolga teng. Xuddi shunga o`xshash differentsial rentalarni erlarning joylashuviga ko`ra ham aniqlash mumkin. 14.8-rasm. Differentsial renta Er narxi er rentasini kapitalizatsiya qilish yordamida aniqlanadi. Faraz qilaylik, ma`lum bir er uchastkasi o`lchami er egasiga bir yilda renta (so`mda) keltirsin. Demak, er narxi kelajakda olinadigan er rentasining diskontirlangan (keltirilgan) qiymatiga teng: 3. Mehnat bozorining umumiy tavsifi Ishlab chiqarish omillari bozori deganda, mehnat, xom ashyo, kapital, er va boshqa ishlab chiqarish resurslari bozori tushuniladi. Resurslar bozoridagi talab va taklif iste`mol tovarlari bozori ta`sirida shakllanadi. Shuning uchun ham resurslarga bo`lgan talab hosila talab bo`lib, firmaning ishlab chiqarish hajmidan va uning xarajatlariga bog`liq. Ishchi kuchiga bo`lgan talabni alohida firma uchun qaraymiz. Bozor (tarmoq) talabini aniqlash uchun tarmoqqa qarashli firmalar talablari yig`ib chiqiladi. Faraz qilaylik, firma ishlab chiqarish omillaridan foydalanib mahsulot ishlab chiqaradi. Boshqaruvchi firmaga yana qo`shimcha qancha ishchi kuchini yollashni aniqlamoqchi. Buning uchun firma har bir qo`shimcha ishchi kuchini yollashdan qancha daromad olishni va ushbu birlik yollangan ishchi kuchidan foydalanish uchun qancha xarajat ketishini bilishi kerak bo`ladi. Qo`shimcha yollangan bitta ishchi kuchidan olinadigan qo`shimcha daromad mehnatning chekli daromadliligi deyiladi va u orqali belgilanadi. Mehnatning chekli daromadliligi ning iqtisodiy ma`nosi shundan iboratki, ya`ni u qo`shimcha bir birlik ishchi kuchidan foydalanib qo`shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini , qo`shimcha bir birlik ishlab chiqarilgan mahsulotdan olinadigan qo`shimcha daromad ga ko`paytirish orqali aniqlanadi: , (1) bu erda - mehnatning chekli daromadliligi; - mehnatning chekli mahsuloti; - chekli daromad. Ushbu muhim bo`lgan (1) munosabat iste`mol bozori raqobatlashganmi yoki yo`qmi har qanday raqobatlashgan omillar bozori uchun o`rinlidir. Masalan, kapital bozori uchun: bu erda - kapitalning chekli daromadliligi; - kapitalning chekli mahsuloti; - chekli daromad. Er bozori uchun: . Raqobatlashgan bozor sharoitida chekli daromad bozor narxiga teng, ya`ni bo`lgani uchun, chekli mehnat daromadliligi quyidagicha aniqlanadi: (2) Chekli daromadning kamayish qonuniga ko`ra, mehnatning chekli mahsuloti ish vaqti uzayishi bilan kamayib boradi. Demak, chizig`i narx o`zgarmasa ham pastga qarab yo`nalgan bo`ladi (16.1-rasm). Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling