14-ma`ruza. Ishlab chiqarish omillari. (Kapital qo`yilmalar va kapital bozori. Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish.) Reja


-rasm. Har xil ish sharoitidagi ish haqi


Download 0.72 Mb.
bet19/22
Sana08.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1254356
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
14-mavzu. Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot

14.25-rasm. Har xil ish sharoitidagi ish haqi.

Bu erda og`ir ishni bajaruvchi, qo`shimcha ish haqi oladi, .



  1. Daromadlarni taqsimlanishi

Daromadlar turi. Daromadlar iqtisodiyot nazariyasiga ko`ra ishlab chiqarishda qatnashgan omillarning shu ishlab chiqarishdan olinadigan umumiy daromadga qo`shgan hissasi bo`yicha taqsimlanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlardan tushadigan daromadni bunday taqsimlanishi jamiyat uchun kerakli bo`lgan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishni rag`batlantiradi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar jamiyatdagi insonlarning turmush darajasini belgilab beruvchi baza hisoblanadi va bu boylikdan jamiyatdagi har bir shaxsning o`z ulushini olishi bozor sharoitida tengchilikka asoslanmaydi. Lekin, bunday taqsimlanishning tenglikka asoslanmaganligi ko`pchilikni qoniqtirmaydi. Shuning uchun ham davlat daromadlardagi notekislikni yumshatish uchun o`zining daromad siyosatini amalga oshiradi.
Ishlab chiqarish omillari egasining daromadi omillar bozorida aniqlanadi. Ma`lumki, korxona egalari ishlab chiqarish omillarining egalariga (ishchi kuchi, kapital, erga) har bir omilning chekli mahsulotiga ko`ra haq to`laydi. Ishlab chiqarish resurslari xarajatlarini to`lagandan keyingi qolgan daromad korxona ixtiyorida qoladi va unga korxona egalarining iqtisodiy foydasi deyiladi.

Mukammallashgan bozor nazariyasiga ko`ra, mukammallashgan bozorda ishlab chiqarish omillari egalari korxonadan, shu korxonada ishlatilgan omillari uchun olgan haqi, shu omillarning chekli mahsulotiga aniq teng bo`lsa, u holda iqtisodiy foyda nolga teng bo`ladi (agar masshtab samarasi o`zgarmas bo`lsa).


Ma`lumki, korxonalar o`z kapitaliga ega, shu sababli ular o`z kapitalini ishlatgani uchun foyda oladilar.
Shunday qilib, bozor sharoitida quyidagi daromadlar asosiy daromadlar hisoblanadi: ishchi kuchi daromadi, kapitalga daromad (foizlarda), kichik firmalar daromadi, renta - er egalari daromadi, sof foyda.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling