14-ma`ruza. Ishlab chiqarish omillari. (Kapital qo`yilmalar va kapital bozori. Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish.) Reja


-rasm. Individual shaxsning mehnati taklifi chizig`i


Download 0.72 Mb.
bet16/22
Sana08.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1254356
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
14-mavzu. Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot

14.20-rasm. Individual shaxsning mehnati taklifi chizig`i.

Ish haqining birinchi bosqichida dan ga o`sishi, ish vaqtini dan soatga oshiradi. Bu erda o`rnini bosish samarasi daromad samarasidan yuqori bo`ladi. Ish haqining ikkinchi bosqichidagi dan ga o`sishi, ish vaqtiga ta`sir qilmaydi, ishchi soat ishlaydi, o`rnini bosish samarasi daromad samarasiga teng. Uchinchi bosqichdagi ish haqining dan ga o`sishi, ish vaqtini dan ga qisqartiradi, o`rnini bosish samarasi daromad samarasidan kam bo`ladi. Ko`rinib turibdiki, daromadning o`sishi dam olishga bo`lgan talabni oshiradi. Ushbu hol ish vaqtini qisqarishi va dam olish vaqtini oshishida o`z ifodasini topgan. Ish haqining oshishi bilan birga dam olishning narxi ham oshadi. Odatda, rivojlangan mamlakatlarda aholining o`rtacha daromadi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi aholining o`rtacha daromadidan ancha yuqori bo`lgani uchun, ular ko`proq dam olishga harakat qiladi (Daromad samarasi, o`rnini bosish samarasidan yuqori). Rivojlanayotgan davlatlarda ish haqi past bo`lgani uchun, ish haqining o`sishi, ishchilarni ko`proq vaqt ishlab, ko`proq daromad qilishga undaydi (o`rnini bosish samarasi, daromad samarasidan yuqori bo`ladi).


Mehnat bozorida monopsoniya bo`lgan hol. Bunday hol ko`proq kichik shaharlarda uchraydi. SHaharda yagona ishlab chiqarish korxonasi bo`lib, u shahar aholisining asosiy qismini ish bilan ta`minlaydi.
Shaharda boshqa ish joylari kam bo`lgani uchun, ushbu vaziyat monopsonik bozor vaziyatiga yaqin bo`ladi. Monopol korxona mahalliy mehnat bozorida ishchi kuchini sotib oluvchi yagona korxona bo`lgani uchun ham u ish haqiga ta`sir qila oladi. Korxona ishga yollaydigan ishchilar sonini qisqartirsa, ishga kiruvchilar o`rtasida raqobat kuchayadi va bu ish haqini muvozanat darajasidan pastga tushiradi (14.20-rasm).


14.21-rasm. Monopsonist mehnat bozori.
Raqobatlashgan mehnat bozorida muvozanat holat nuqtada o`rnatiladi. nuqtada talab va taklif chiziqlari kesishadi. Muvozanat holatida ishchi miqdordagi ish haqi bilan ta`minlanadi. Monopsonist har bir birlik mehnat uchun bir xil ish haqi to`lagani uchun taklif chizig`i o`rtacha xarajat chizig`idan iborat bo`ladi. Chekli mehnat xarajatlari chizig`i o`rtacha xarajat chizig`idan yuqorida yotadi. va chiziqlarini kesishgan nuqtasi monopsonik holatda qancha ishchi bilan band bo`lishini aniqlaydi. Bu erda monopsonik muvozanat holati sharti. Demak, monopsonist ishchilar sonini dan qisqartirib, ish haqini dan ga qisqartirishga erishadi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling